Mavzu: Axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti. Ishning maqsadi
Download 172.17 Kb.
|
1-lab 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli texnik vositalar
1– LABORATORIYA MASHG‘ULOT. MAVZU: Axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti. Ishning maqsadi: Talabalarga axborot texnologiyalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalari haqida tushuncha berish. Axborot texnologiyalarining vazifalari bilan tanishtirish. Kerakli texnik vositalar: Shaxsiy kompyuterlardan iborat kompyuter xonasi. Kerakli dasturiy vositalar: MS Windows operatsin tizimi. TEXNIKA XAFSIZLIGI Kompyuter va boshqa tashkiliy texnikalarda ishlovchilar uchun me’yorlar va sanitariya qoidalari. Umumiy qoidalar: Ushbu sanitariya qoida va me’yorlari har xil tarmoqlarda keng ishlatiladigan kompyuter (KT) va tashkiliy texnika (TT) larda ishlovchilarning mehnatini tashkil etib, qulay mehnat sharoitini yaratib berishga yo‘naltirilgan. Talab va qoidalarning amalda bajarishi mehnat sharotini qulaylashtirib, ish qobiliyatini oshirish va ishlovchilarning sog‘ligini saqlab qolishga yordam beradi. Kompyuter texnologiyasi ma’lumotlarni kiritish (to‘plash), uni ishlash va natijani uzatishga, ma’lumotlarnining nusxasini olishga mo‘ljallangan. Kompyuter bilan ishlaydiganlar quyidagi zararli ta’sirlarga uchrashi mumkin: elektromagnit maydoni – EHM (radiochastota, past quvvati rentgen nurlanishi, ultrabinafsha va infraqizil nurlanishi); elektrostatik maydonlarining kuchlanganligi; havoning ionizatsiyalanishi; kimyoviy omil, azon, lazerli printerlar ishlatilganda tener bo‘yoq moddasining changi; mateorologik omil joy iqlimining o‘ziga xosligi, yil fasli, ventilyatsiya hamda isitish tizimi va boshqa; mexanik va elektr qurilmalarida ishlaganda hosil bo‘ladigan shovqin; elektr tokidan jarohatlanish xavfi; ruhiy hissiyotlar zo‘riqishining ortib ketishi; ko‘rish analizitorining zo‘riqishi; barmoqlar va panjaning muskuli hamkorligida tez sur’atda bajariladigan bir xil chegaralangan harakat; tananing majburiy, bir xil ishchi holada turishi, gipokeneziya. Kompyuterlar bilan ishlashda havoning ionlashuvi, elektrmagnit maydonlarining kuchlanganligi, azon, bo‘yoq moddalarning changi, majburiy ishchi holat zararli va xavfli omillar hisoblanadi. Texnikaning vazifasiga, kasbga qarab, mehnat tartibi ishning alohidaligini inobatga olgan holda har xil bo‘lishi mumkin. Mehnat shariti va mehnat tartibi, aqliy mehnatining zo‘riqishi va boshqa yuklanishlar Kompyuter texnikasini da ishlaydiganlarning markaziy asab tizimi funksional holatining o‘zgarishiga, tayanch-harakat apparati va qo‘l panjalarining o‘ta zo‘riqishiga olib kelishi mumkin. Gipokineziya va ishning bir xilligi ishchining umumiy toliqishi (ish qobiliyatini pasayishi) vujudga keltiradi. Bundan tashqari, displey ekrani oldida uzoq vaqt bo‘lish ko‘rish analizatorining zo‘riqishiga hamda toliqish va ko‘rish qobiliyatining susayishiga olib keladi. Ishchilarda tez-tez asabiyalashish, uyquning buzilishi, charchoq, ko‘z bel, bo‘yin atrofi, qo‘l va boshqa a’zolarda og‘riqlar paydo bo‘lishi mumkin. Kompyuter texnikasida ishlovchilar mehnati og‘irligi va zo‘riqishi bo‘yicha bo‘yicha asosan 2-darajali zararli va zo‘riqishi mehnatiga kiradi. (Mehnat sharoitlarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha gigeyenik tasnifi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 1996-yil 19-martda tasdiqlangan). Kompyuter va tashkiliy texnika qurilmalarini rejalashtirish, joylashtirish va ishlatishga qo‘yiladigan talablar. Kompyuter texnikasini ishlatishga mo‘ljallangan korxona va tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari quyidagi qoidalarni hisobga olgan holda loyihalanadi: -Kompyuter texnikasini ishlatiladigan labaratoriyalar, bo‘limlar, sexlar, uchastkalar alohida xonalarda joylanmog‘i lozim.Ushbu xonalarni yerto‘lalarda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. -Xonalarni joylashtirishda bajarilayotgan ishlarning bir xilligiga e’tibor berish, ishchilarning mehnat sharoitini yaxshilash maqsadida xonalarga videomanitorlar o‘rnatish lozim. -Kompyuter texnikasinining konstruktiv va texnologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ish va o‘tish joylari quyidagi o‘lchamlarda bo‘lmog‘i lozim: ikki qatorli joylashtirishda old tomondagi pult va qurilma boshqaruv paneli orasi 1,2 m. dan kam bo‘lmasligi; -orqa va yon tomonida olinadigan panel va boshqa qurilmalarga ega bo‘lgan kompyuter texnikasiga xizmat ko‘rsatish oralig‘i 0,7 m.dan kam bo‘lmasligi; -Displeylarga ega bo‘lgan ishchi o‘rinlari orasidagi masofa 1,5 m.dan kam bo‘lmasligi; kompyuter texnikasi bir qatorlama joylashtirilgan devor orasidagi masofa 1,5 m dan kam bo‘lmasligi shart. Download 172.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling