Mavzu: Аxborot urushining milliy xavfsizlikka taxdidi. Аxborot urushi kontseptsiyasi. Аxborotli urush xususiyatlari. Аxborot qurolini qoʼllashning asosiy obʼektlari


Download 7.96 Kb.
bet2/2
Sana20.06.2023
Hajmi7.96 Kb.
#1633084
1   2
Bog'liq
2-amaliy ish

Аxborot quroli deganda axborot massivlarini yo’qotish, buzish yoki o’g’irlash vositalari, himoyalash tizimini yo’qotish, qonuniy foydalanuvchilar faoliyatini chegaralash asbob-uskunalar va butun kompyuter tizimi ishlashi tartibini buzish vositalari tushuniladi.
Hozirda hujumkor axborot quroli sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
- kompyuter viruslari – ko’payish, dasturlarda o’rnashish, aloqa liniyalari, maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari bo’yicha uzatilish, boshqarish tizimlarni ishdan chiqarish va shunga o’xshash qobiliyatlarga ega;
- mantiqiy bombalar - signal bo’yicha yoki o’rnatilgan vaqtda xarakatga keltirish maqsadida harbiy yoki fuqaro infratuzilmalariga o’rnatiluvchi dasturlangan qurilmalar;
- telekommunikatsiya tarmoqlarida axborot almashinuvini bostirish vositalari, davlat va harbiy boshqaruv kanallarida axborotni soxtalashtirish;
- testli dasturlarni betaraflashtirish vositalari;
- obʼyekt dasturiy taʼminotiga ayg’oqchilar tomonidan atayin kiritiluvchi turli xil xatoliklar.
Аxborot quroli qo’llanilishini oldini olish yoki qo’lllanishi oqibatlarini bartaraf qilish uchun quyidagi choralarni ko’rish lozim:
- axborot resurslarining fizik asosini tashkil etuvchi moddiy- texnik obʼyektlarni himoyalash;
- maʼlumotlar bazalari va banklarining meyoriy va muttasil ishlashini taʼminlash;
- axborotdan ruxsatsiz foydalanishdan, uni buzilishidan yoki yo’q qilinishidan himoyalash;
  • axborot sifatini saqlash (o’z vaqtidaligi, aniqligi, to’laligi va foydalanuvchanligi).
  • Davlatning dunyo ochiq tarmog’iga ulanishining iqtisodiy va ilmiy- texnik siyosatini axborot xavfsizligi orqali ko’rish lozim. Bu ochiq, fuqarolarning axborotga va intellektual mulkga ega bo’lish qonuniy huquqini saqlashga mo’ljallangan siyosat mamlakat hududida tarmoq asbob-uskunalarini unga axborot quroli elementlarining kirishidan saqlashni ko’zda tutish lozim. Bu muammo hozirda, chet el axborot texnologiyalarini ommaviy sotib olinayotgan paytda o’ta muhimdir.


E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.


Download 7.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling