Mavzu: Axborot va qaror qabul qilish tizimlari Reja


Mavzu: Ekspert tizimlardan foydalanish


Download 61.92 Kb.
bet4/12
Sana18.12.2022
Hajmi61.92 Kb.
#1028476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Axborot tizimlari mustaqil ish

Mavzu: Ekspert tizimlardan foydalanish
Reja:
1. Ekspert tizimlari
2. Ekspert tizimlaridan foydalanish
Ekspert tizimlar — bu sun'iy intellektning yorqin va tez rivojlanadigan sohalaridan biridir. ETlar maslahat beradi, tahlil qiladi, sinflarga ajratadi va diagnoz qo'yadi. Ular odatda mutaxassis tomonidan ekspertiza o'tkazilib, yechiladigan masalalarga yo'naltirilgandir. Protsedura tahlil ishlatadigan mashina dasturlaridan farq qilib, ETlar deduktiv fikrlash asosida kichik predmet sohada masalani hal etadi, bu tizimlar ko'pgina hollarda yaxshi tuzilmagan va aniqlanmagan masalalarning yechimini topa olish bilan farqlanadi. Ular evristik qoidalar yordamida masalani aniq bo'lmagan qismlarini mantiqan to'ldirishadi, bu esa kerakli bilimlar yoki vaqt yetishmasligi bois butunlay tahlil qilib bo'lmaydigan tizimlarga juda ham to'g'ri keladi. ETlarning afzal shundaki, ular bilimlarni to'play olish, uzoq vaqt saqlash, eskilarini yangilay olish kabi xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar ma'lum bir korxonada ma'lum vaqtgacha mutaxassislarsiz, nisbatan mustaqil ishlash imkoniyatini yaratadi. Bilimlarni to'plash, eng yaxshi va tekshirilgan yechimlarni qoilab, korxonada ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish imkonini beradi. Sun'iy intellektning mashina sanoati va iqtisodda qo'llanishi ETlarga asoslangan. Ular yordamida mahsulot sifatini oshirish va vaqtni tejash, shuningdek ish unumi va mutaxassis malakasini oshirish yaxshi natijalar bermoqda .
Mahsulot tizimlari uchta asosiy komponentlardan iborat:
• Bilim bazalari yoki qoidalar to'plami;
Ishchi xotira;
• Chiqarish mexanizmi.

Hatto, hozirda katta EHM da ham, kichik EHM da ham yaxshi ishlaydigan


Ekspert tizimlar odam ekspertga nisbatan ma'lum chegaralanishga ega.
1. Ko'pchilik ET foydalanuvchi tomonidan ishlatishga yaroqli emas. Agar siz bu tizimlar bilan avvaldan ishlamagan bo'lsangiz, unda siz katta qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Ko'pchilik tizimlar faqatgina bilimlar bazasidan yaratuvchi ekspertlar tomonidan foydalanishlari mumkin.
2. Odatda bu tizimlarda qo'llaniladigan savol-javob rejimi, yechimni olishni qiyinlashtiradi. Masalan, MYCIN tizimidan foydalanmagan vrach, tizimdan foydalanganga nisbatan yechimga tezroq ega bo'lishi mumkin (ko'pgina hollarda shunday bo'ladi).
3. Ekspertiza seansidan keyin tizimni ishlata bilish darajasi o'zgarmaydi.
4. Ekspertlardan olingan bilimlarni mashinada effektiv holda ishlatadigan ko'r
inishga keltirish haligacha muammoligicha qolmoqda.
5. ET larni o'qitish mumkin emas, ular ongli fikrlay olmaydi. Uy mushugi maxsus o'rgatmasdan ham oddiy vazifalarni bajarishi mumkin, yosh bolaning idishdagi suvni ustiga ongli holda to'ka olmasligi tabiiy holdir, lekin kompyuter klaviaturasiga kofeni to'ka boshlasangiz, uning klaviaturani tortib olishga «aqli» yet-masligi aniqdir.
6. ET larni katta predmet sohada qo'llab bo'lmaydi. Ulardan foydalaishda ekspaert bir necha minut yoki bir necha soatda yechimni bera olishi mumkin bo’lgan kichik predmet sohalar bilan chegaralangan.
7. Ekspertlar bo'lmagan soha (masalan, astrologiya) da ET lardan foydalanib bo'lmaydi.
8. ET larni faqat kognitiv masalalarni yechish uchun jalb qilish maqsadga muvofiq. Tennis, velosiped poygasi ET uchun predmet soha bo'la olmaydi, lekin bu tizimlarni futbol komandalarini tahrirlashda ishlatish mumkin.
9. Agar natijaning formal usullari yoki shu masalaga o'xshash masala bo'lmasa, inson-ekspert yechimni topish uchun masalaga ongli yondashadi.
10. Yechim ming xil hodisa va vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadigan o'zgaruvchilarga bog’liq bo'lsa, bilimlarga asoslangan tizimlar to'liq tahlil uchun yaroqsiz ekanligi kelib chiqadi. Bunday hollarda oddiy tildagi ma'lumotlar bazasi interfeysini ishlatgan ma'quldir.


Download 61.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling