Informatika – axborot texnologiyalari vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish, uzatish usullarini, ya’ni axboriy jarayonlarni va axborot texnologiyalari vositalarining faoliyat ko`rsatish tamoyillarini, ularni boshqarish usullarini sistemali ravishda o`rganuvchi fandir.
Informatikada analog (uzluk-siz) va raqamli (diskret) axborotlar ishlatiladi. Inson sezgi a’zolari analog (uzluksiz) axborot bilan ish ko‘rishga moslashgan bo‘lsa, hisoblash texnikasi esa raqamli (diskret) axborot bilan ishlaydi.
AXBOROT MANBALARI
Jahon tajribasidan maʼlumki, davlat axborot infrastrukturasining rivojlanishi barcha sohalarni, shuningdek, odamlarning dunyoqarashi va ularning ijtimoiy hayotiga jiddiy taʼsir oʻtkazadi. Bugungi kunda axborot texnologiyalari, avtomatlashtirilgan tizimlar va maʼlumotlar bazasi davlat strukturalarini, iqtisodiyotni va mamlakat xavfsizligini boshqarishning ajralmas qismi boʻlib kelmoqda.
Axborot bozori salohiyati, xavfli yoki foydaligidan qatʼiy nazar bolalarga tovar sifatida axborotni taklif etmoqda. Bu axborotlar bolalarni yo saodatga yetaklaydi, yoki falokatga duchor qiladi.
Bugungi kunda kitob, ommaviy axborot vositalari bilan bir qatorda bolalarga Internet global tarmogʻi behisob va turli mavzudagi axborotlarni jamiyatga, xususan, bolalarga taqdim etib kelmoqda. Axborot bozori salohiyati, xavfli yoki foydaligidan qatʼiy nazar bolalarga tovar sifatida axborotni taklif etmoqda. Bu axborotlar bolalarni yo saodatga yetaklaydi, yoki falokatga duchor qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |