Mavzu: Axborot xavfsizligining keng tarqalgan tizimlari. Axborot tizimlarida ma’lumotlarga nisbatan xavf-xatarlar. Virus va antiviruslar tasnifi. Antiviruslar, ularning xususiyatlari Reja
Download 22.04 Kb.
|
Mavzu
Fayl viruslari yaqin–yaqinlargacha eng ko‘p uchraydigan viruslar sirasiga kirar edi. Ular faol fayllar–dasturlar tanasiga yopishib olib, u bilan birga ishga tushar va xotirada turib olib «o‘tganning o‘rog‘ini, ketgannin ketmonini olar”, ya’ni ishga tushirilgan har bir dastur yoki murojaat etilgan faylga yuqar edi. Agar zararlangan disketa boshqa kompyuterga olib borilsa, u yerda ham shu virus paydo bo‘lar edi. Hozirgi kunda yangi operatsion tizimlar paydo bo‘lishi va ulardagi ishlash tamoyillarining eskilarinikidan farq qilishi natijasida ko‘pgina viruslar yo‘qolib ketdi. Yuklash sektorlarini zararlovchi viruslar disketa yoki qattiq diskdagi ma’lum sektorlarda (shu sektorlardagi ma’lumotlar asosida operatsion tizim ishga tushadi) joylashadilar va operatsion tizim ishiga xalaqit berish, disketlar orqali boshqa kompyuterlarga ”sayr” qilish bilan shug‘ullanadilar. Ularning shtamplari (ya’ni, shu nomli virusning turli ko‘rinishlari) kamligiga qaramasdan fayl viruslaridan ham ko‘proq tarqagan payti bo‘lgan. Windows 95 dan boshlab bu viruslar keskin kamayib ketdi, chunki opertsion tizimlar ularning ko‘payishiga qulay bo‘lmay qoldi. Makroviruslar asosan dasturlar emas, ma’lumotlar fayllari bilan birga ”sayohat” qiladilar. Bu viruslar kelajak viruslari bo‘lib, turli operatsion tizimlarda birday ishlashi mumkin. Ba’zilari xatto iste’molchini virusni o‘rnatish, ishga tushirish va ko‘paytirishga ham majbur etadigan psixologik omillardan foydalanadilar. Antiviruslar hozirgi kunning xaridorgir mahsulotlaridandir. Ularning ko‘pchiligi viruslarning tayin belgilari (masalan, kodining fragmentlari) saqlanadigan ma’lumotlar omborlariga ega va shu belgilarni fayllardan va xotiradan izlaydilar, zararsizlantiradilar. Lekin matematiklar hech bir mavjud antivirus ta’sir eta olmaydigan virus yaratish mumkinligini isbotlab berganlar. Kompyuter viruslari xarakterlariga nisbatan norezident, rezident, butli, gibridli va paketli viruslarga ajratiladi. Faylli norezident viruslar to‘liqligicha bajarilayotgan faylda joylashadi, shuning uchun ham u faqat virus tashuvchi dastur faollashgandan so‘ng ishga tushadi va bajarilgandan so‘ng tezkor xotirada saqlanmaydi. Rezident virus norezident virusdan farqli o‘laroq tezkor xotirada saqlanadi. Rezident viruslarning yana bir ko‘rinishi but viruslar bo‘lib, bu virusning vazifasi vinchester va egiluvchan magnitli disklarning yuklovchi sektorini ishdan chiqarishdan iborat. But viruslarning boshi diskning yuklovchi but sektorida va dumi disklarning ixtiyoriy boshka sektorlarida joylashgan bo‘ladi. Paketli virusning bosh qismi paketli faylda joylashgan bo‘lib, u operatsion tizim topshiriqlaridan iborat. Gibridli viruslarning boshi paketli faylda joylashadi. Bu virus ham faylli, ham but sektorli bo‘ladi. Tarmoqli viruslar kompyuter tarmoqlarida tarqalishga moslashtirilgan, ya’ni tarmoqli viruslar deb axborot almashishda tarqaladigan viruslarga aytiladi.
Viruslarning turlari: 1) fayl viruslari. Bu viruslar com, exe kabi turli fayllarni zararlaydi; 2) yuklovchi viruslar. Kompyuterni yuklovchi dasturlarni zararlaydi; 3) drayverlarni zararlovchi viruslar. Operatsion tizimdagi config.sys faylni zararlaydi. Bu kompyuterning ishlamasligiga sabab bo‘ladi; 4) DIR viruslari. FAT tarkibini zararlaydi; 5) stels-viruslari. Bu viruslar o‘zining tarkibini o‘zgartirib, tasodifiy kod o‘zgarishi bo‘yicha tarqaladi. Uni aniqlash juda qiyin, chunki fayllarning o‘zlari o‘zgarmaydi; 6) Windows viruslari. Windows operatsion tizimidagi dasturlarni zararlaydi. Misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 1) Eng xavfli viruslardan biri Internet orqali tarqatilgan «Chernobil» virusi bo‘lib, u 26 aprelda tarqatilgan va har oyning 26-kunida komp’yuterlarni zararlashi mumkin. 2) I LOVE YOU virusi Filippindan 2000 yil 4 mayda e-mail orqali tarqatilgan. U butun jahon buyicha 45 mln. kompyuterni zararlagan va ishdan chikargan. Moddiy zarar 10 mlrd. AQSh dollarini tashkil kilgan. 3) 2003 yil mart oyida Shvetsiyadan elektron pochta orqali GANDA virusi tarqatilgan va u butun dunyoda minglab kompyuterlarni zararlagan. Bu virusni tarqatgan shaxs hozir qulga olingan va u 4 yil kamoq jazosiga hukm etilishi mumkin. Asoslangan algoritmlari bo‘yicha dasturli viruslarni quyidagicha tasniflash mumkin:
Download 22.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling