Mavzu: Axborot xavfsizligining keng tarqalgan tizimlari. Axborot tizimlarida ma’lumotlarga nisbatan xavf-xatarlar. Virus va antiviruslar tasnifi. Antiviruslar, ularning xususiyatlari Reja
Privivka – fayllarda xuddi virus zararlagandek iz qoldiradi. Buning natijasida viruslar «privivka qilingan» faylga yopishmaydi. Filtrlar
Download 22.04 Kb.
|
Mavzu
Privivka – fayllarda xuddi virus zararlagandek iz qoldiradi. Buning natijasida viruslar «privivka qilingan» faylga yopishmaydi.
Filtrlar – qo‘riqlovchi dasturlar ko‘rinishida bo‘lib, rezident holatda ishlab turadi va viruslarga xos jarayonlar bajarilganda, bu haqda foydalanuvchiga xabar beradi. Revizorlar – eng ishonchli himoyalovchi vosita bo‘lib, diskning birinchi holatini xotirasida saqlab, undagi keyingi o‘zgarishlarni doimiy ravishda nazorat qilib boradi. Detektor dasturlar kompyuter xotirasidan, fayllardan viruslarni qidiradi va aniqlangan viruslar xaqida xabar beradi. Doktor dasturlari nafaqat virus bilan kasallangan fayllarni topadi, balki ularni davolab, dastlabki holatiga qaytaradi. Bunday dasturlarga Aidstest, Doctor Web, Kasperskiy va hokazo dasturlarini misol qilib keltirish mumkin. Yangi viruslarning to‘xtovsiz paydo bo‘lib turishini hisobga olib, doktor dasturlarini ham yangi versiyalari bilan almashtirib turish lozim. Filtr dasturlar kompyuter ishlash jarayonida viruslarga xos bo‘lgan shubhali harakatlarni topish uchun ishlatiladi. Bu harakatlar quyidagicha bo‘lishi mumkin: • fayllar atributlarining o‘zgarishi; • disklarga doimiy manzillarda ma’lumotlarni yozish; • diskning ishga yuklovchi sektorlariga ma’lumotlarni yozib yuborish. Tekshiruvchi (revizor) dasturlari virusdan himoyalanishning eng ishonchli vositasi bo‘lib, kompyuter zararlanmagan holatidagi dasturlar, kataloglar va diskning tizim maydoni holatini xotirada saqlab, doimiy ravishda yoki foydalanuvchi ixtiyori bilan kompyuterning joriy va boshlangach holatlarini birbiri bilan solishtiradi. Kompyuterni viruslar bilan zararlanishidan saqlash va axborotlarni ishonchli saqlash uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozim: - kompyuterni zamonaviy antivirus dasturlar bilan ta’minlash; - disketalarni ishlatishdan oldin har doim virusga qarshi tekshirish; - qimmatli axborotlarning nusxasini har doim arxiv fayl ko‘rinishida saqlash. Kompyuter viruslariga qarshi kurashning quyidagi turlari mavjud: - viruslar kompyuterga kirib buzgan fayllarni o‘z holiga qaytaruvchi dasturlarning mavjudligi; - kompyuterga parol bilan kirish, disk yurituvchilarning yopiq turishi; - disklarni yozishdan himoyalash; - litsenzion dasturiy ta’minotlardan foydalanish va o‘g‘irlangan dasturlarni qo‘llamaslik; - kompyuterga kiritalayotgan dasturlarning viruslarning mavjudligini tekshirish; - antivirus dasturlaridan keng foydalanish; - davriy ravishda kompyuterlarni antivirus dasturlari yordamida viruslarga qarshi tekshirish. Antivirus dasturlaridan DrWeb, Adinf, AVP, VootCHK va Norton Antivirus, Kaspersky Security kabilar keng foylalaniladi. Bu viruslar va zararkunanda dasturlarga qarshi ko‘plab antivirus dasturlari va tizimlari ishlab chiqilgan. Ularning asosiy vazifasi obyektlarni tekshirish, zararkunanda dasturlarni aniqlash va ularga chora ko‘rish (davolash, o‘chirib tashlash yoki alohida papka ochib, o‘sha yerga joylashtirish) amallarini bajarishdir. Hozirgi kunda eng keng qo‘llanayotgan antiviruslardan McAfee VirusScan Professional 2006, CA eTrust Antivirus, Norton Antivirus 2006, Antivir_Workstation, Antivirus Kasperskogo 6.0, Symantec Antivirus ning bir necha xil variantlari, DrWeb, AVP va hokazolarni sanab o‘tish mumkin. Ularning har biri o‘zining imkoniyatlari va funktsiyalari bilan boshqalaridan ajralib turadi. Misol tariqasida, Kasperskiy laboratoriyasida ishlab chiqilgan antiviruslar haqida to‘xtalib o‘taylik. Bu antiviruslarning turli operatsion tizim, muhit va maqsadlarga mo‘ljallangan bir qancha variantlari mavjud. Ular o‘z himoyalarining to‘liqligi va ishonchliligi, turli masshtablarga oson moslashtirilishi, oson boshqarilishi bilan ajralib turadi. Pochta trafiki, ma’lumotlar omborlari va shunga o‘xshash boshqa obyektlar, operatsion tizimlar va ilova dasturlarini ishonchli himoyalashi, himoya holatining uzluksiz monitoringi, zararlangan obyektlarga nisbatan turli ishlov berishi, ularni ajratib qo‘yishi, axborot oqimini filtrlashi, antivirus banklarini avtomat ravishda yangilab turishi, virus epidemiyalariga qarshi vositalarga egaligi hamda kuchli hisobot berish tizimi mavjudligi bilan sifatlanadi. Antiviruslarga bog‘liq yangiliklar haqida chuqurroq ma’lumotlar olish uchun yurtimizda chop etiladigan Softline jurnali sahifalariga murojaat etishingiz mumkin. Hozirgi kun antiviruslari nafaqat viruslar bilan kurashishga, balki axborot xavfsizligining boshqa barcha vazifalarini ham o‘z ustiga olishga harakat qilmoqda. Masalan, biz muhokama qilgan Kasperskiy laboratoriyasi o‘z mahsulotlarida axborot xavfsizligining barcha servislarini aks ettirishga, ularga tarmoqlararo xavfsizlik xizmatlari xususiyatlarini berishga urinmoqda. Nazorat uchun savollar: 1. Qanday virus toifalarini bilasiz, mantiqiy bomba degan atamaning sababini bilasizmi? 2. Nima uchun zararkunanda dastur chuvalchang deb atalgan? 3. Troyan otining viruslarga bog‘liq qanday sifati bor? 4. Virus qaysi yo‘llar bilan tarqalishi mumkin? 5. Viruslarni siz qanday sinflarga ajratgan bo‘lar edingiz va o‘sha sinflarning bu yerda taklif etilganidan nima ustunligi bo‘lar edi? 6. Makroviruslarni boshqa viruslardan tubdan farqlaydigan qaysi xususiyatini bilasiz? 7. Sizningcha hech qachon yengib bo‘lmaydigan virus yaratish mumkinmi? 8. Virus olamidan qanday qiziqarli ma’lumotlar keltira olasiz? 9. Antiviruslar bilan ishlab ko‘rganmisiz va ular haqida fikringiz qanday? 10. O‘zingiz bilgan xavfsizlik servislarini sanab bering. Download 22.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling