Mavzu: Axborotlarni himoyalash usullarini tahlil qilish
Arxivatorlar va ularning vazifalari
Download 68.5 Kb.
|
L a b o r a t o r i ya i sh i
- Bu sahifa navigatsiya:
- ARJ arxivator va u bilan ishlash
Arxivatorlar va ularning vazifalari
Arxivatorlar-maxsus dasturlar bo’lib, ular ma’lumotlarni to’la saklagan holda bir yoki bir nechta fayllarning xajmini kichraytirish hisobiga magnit disklarida joyni tejash uchun xizmat qiladi. Arxivator tomonidan arxivda joylashtirilgan fayllar–arxivli fayllar deyiladi. Arxivli faylga yangi fayllarni qo’shish yoki olib tashlash mumkin. Har bir arxivli fayl o’zining mundarijasiga ega bo’lib, uning yordamida arxivdagi fayllarning nomi, xajmi hamda yaratilgan sana va vaqti haqida ma’lumotlarga ega bo’lish mumkin. Arxivdagi fayllarni aynan oldingi holga qaytarib tiklash jarayoni - arxivli faylni ochish orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun fayllarni arxivlarga joylashtirish yoki ularni qayta ochish jarayonlari uchun arxivator - dasturlardan foydalanish lozim. Xozirgi paytda o’nlab arxivator - dasturlar (ARJ, RAR, ZIP, LHA, EXPAND, AIN) mavjud bo’lib, ular asosan imkoniyatlari, funktsiyalari hamda ish rejimlari bilan bir - biridan farq qiladi. Keng tarkalgan ARJ arxivator-dasturi bilan tanishib chiqamiz. ARJ arxivator va u bilan ishlash ARJ arxivator-dasturining quyidagi imkoniyatlari mavjud: joriy katalogdagi fayllarni (jami 32000 faylga) yagona arxivli faylga joylashtirish; arxivga yangi fayllarni kushish yoki arxivdan olib tashlash; arxivli fayl tarkibini ko’rish; arxivator haqida ma’lumotga ega bo’lish; arxivdagi fayllarni ketma-ketligini tartiblash, izohlarni fayllarda ko’llash; o’z - o’zini ochuvchi arxivli fayllarni yaratish va hokazo. ARJ arxivatori hakida to’la ma’lumot olish uchun buyruq satrida quyidagini kiritish kerak. ARJ - ? yoki ARJ / ? Uning umumiy formasi quyidagi kurinishga ega: ARJ < buyruq > [<1-kalit> [<2-kalit>...]] Bu parametrlardan ikkitasi, ya’ni: a - fayllarni arxivga yig’ish; u - yangi fayllarni arxivli faylga qo’shish; f - fakat yangi fayllarni arxivga qo’shish; e - arxivdagi fayllarni joriy katalogda ochish; d - fayllarni arxivdan o’chirish; t - arxivni to’la testdan o’tkazish; w - matnli qatorni arxivdan topish va xokazo; < Arxiv ismi > parametrida arxivli faylning ismi beriladi. Arxivli faylning kengaytmasini yozish shart emas, chunki yangi arxivli fayl Hosil qilinganda, u avtomatik ravishda o’zlashtiriladi (ARJ kengaytmasini oladi). Arxivatorning umumiy ko’rinishidagi kvadrat kavs ichida keltirilgan parametrlar majburiy bo’lmagan parametrlardir. Unda Har bir kalit " _ " belgi bilan boshlanadi. Bundan tashkari kalit belgi sifatida " / " belgini ham ishlatish mumkin. ARJ arxivatorining asosiy kalitlariga quyidagilar kiradi (kalitdan oldin albatta "-" yoki " / " belgilar turishi shart): g - arxivni Hosil qilishda parol quyiladi. Agar g? klavishalari terilsa, ekranda kurinmaydigan parol quyiladi; u - arxivni ochishda joriy katalogda bulmagan fayllar ochiladi; y - arxivatorning barcha savollariga oldindan "xa" deb javob berishni bildiradi; je - arxivatorsiz o’z - o’zini ochuvchi arxivli fayl hosil qilishni bildiradi; jm - maksimum darajada xotiradan joyni tejashni bildiradi va xokazo. ARJ arxivatorini amalda qullash bo’yicha misollar ko’rib chiqamiz: 1. Masalan DOCUMENT nomli katalogdagi fayllarni arxivga yig’ish talab etilsin. Unda DOCUMENT katalogiga kirib, MS – DOS ning buyruq satriga quyidagi buyruq beriladi: arj a dokument (Enter) bu erda arj - arxivator; a - arxivga yigish buyrug’i; dokument - arxivli faylga berilgan nom. Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling