Mavzu: Axborotlarni himoyalash usullarini tahlil qilish


Download 68.5 Kb.
bet1/4
Sana02.05.2023
Hajmi68.5 Kb.
#1421037
  1   2   3   4
Bog'liq
L a b o r a t o r i ya i sh i


L a b o r a t o r i ya i sh i № 15
Mavzu: Axborotlarni himoyalash usullarini tahlil qilish.


Maqsad: Fayllarni arxivlash, ya'ni ma'lum bir qoida asosida siqish, ixchamlangan xolatda diskda saqlashni, kompyutеr viruslarini o’rganish,va ulardan ximoyalashni o’rganish.

  1. Fayllarni arxivga joylash. RAR programmasi.Katalogdagi fayllarni arxivlash.

  2. Viruslardan ximoyalanishning asosiy vositalari.

  3. Viruslar bilan kurashuvchi dasturlar (antiviruslar).

  4. WINDOWS uchun DOCTOR.WEB antivirusi va Kasperskiy dasturi bilan ishlash.

Mashqlar:

    • Ma'lumot kiritilgan faylni PKZIP va ARJ arxivatorlari yordamida arxivlang.

    • Arxivlangan faylni oching. Diskеtani virusga tеkshiring.

    • Fayllarni virusga tеkshiring va davolang.

Sistemaning xavfsizligi deganda, uning foydalanuvchi yoki egalariga, turli qasddan yoki tasodifiy qilingan ta’sirlar natijasida, katta talofotlar etkazishga bardosh bera olish xususiyati tushuniladi. Boshqacha so’z bilan aytganda, sistema xavfsizligi deganda uning ish jarayonining bir maromda ketishiga xalaqit beruvchi to’siqlar, tasodifiy yoki ataydan puxta o’ylangan xalaqitlar, shuningdek, uning tashkil etuvchilarini o’g’irlash, o’zgartirish yoki buzishga qaratilgan urinishlarga qarshi himoya qobiliyati tushuniladi.
Sistemaning xavfsizligiga 3 ta asosiy printsiplarni ta’minlash bilan erishiladi:
1) Sistema tashkil etuvchilarining butunligi – sistema xususiyatlarining uning ish jarayonida o’zgarmasligi. Ekspluatatsiya jarayonida sistema administratori tomonidan bir qator foydali o’zgartirishlar o’tkaziladi va bu o’zgartirishlarning kam-ko’sti to’ldirilib oxirigacha etkaziladi (masalan - WinNT sistemasiga qo’shimcha to’latuvchi paketni o’rnatish), lekin bunda talab qilingan xususiyatlar o’zgarmaydi - ilgarigidek foydalanuvchini identifikatsiya qilish va uning sistemadagi ishini ta’minlashi kerak.
2) Informatsiyaning ishonchliligi – bu informatsiyaning shunday xususiyatiki, bunda u sistemaning faqat ruxsat etilgan va tekshiruvdan o’tgan sub’ektlarigagina (foydalanuvchilar, programmalar, jarayonlar va h.) ma’lum bo’ladi.
3) Sistema tashkil etuvchisidan foydalanuvchanligi – faqat muallif sub’ektlarning sistema tashkil etuvchisidan ixtiyoriy paytda foydalana olish xususiyati. Boshqacha aytganda, sistemaning har bir foydalanuvchisi identifikatsiya qilingan va foydalanuvchining foydalanish darajasiga muvofiq holda sistema tashkil etuvchilaridan foydalanishga ruxsat etilgan bo’lishi kerak. Bunda foydalanish darajasi xizmatchining xizmat mavqei bilan emas, balki uning qat’iy funktsional majburiyatlari bilan aniqlanadi.

Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling