Axborot texnologiyalari – ob’ektning holati, jarayon yoki xodisa to’g’risidagi yangi sifatli axborot olish uchun, birlamchi axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatish vositalaridan birgalikda foydalanish jarayonidir. Telekommunikatsiya - kompyuter tarmoqlariga va zamonaviy aloqa texnik vositalariga asoslanib ma’lumotlarni masofaga uzatish. . Axborotlashgan jamiyat bu – jamiyatning ko’pchilik a’zolari axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir. Insoniyat jamiyatining ko`p asrli rivojlanish jarayonida quyida qayd etilgan to`rt turdagi jamiyat borligi ma`lum: - Qo`l mehnatiga asoslangan jamiyat – asosiy omil alohida olingan insonlarning mehnati bo`lib, unda jamiyat a`zolari turli xil mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqaradi va ularni boshqalari bilan almashadi.
- Yollanma mehnatga asoslangan jamiyat – asosiy omil insonlarni ekspluatatsiya qilish asosida turli xil mahsulotlar ishlab chiqarish (quldorlik, majburiy va yollanma ishchilar).
- Sanoat ishlab chiqarishga asoslanga jamiyat – asosiy faktor sanoat korxonalarida ishlaydigan ishchi-xizmatchilar.
- Axborotlashtirilgan jamiyat – asosiy faktor informatsion sohalarda band bo`lgan xizmatchilar (oq yoqalilar, intellegentsiya, kapitalistlar).
Insoniyat tarixida hozircha qayd qilingan to`rtta axborot inqilobini keltirish mumkin: - Yozuvning yaratilishi – buning natijasida bilimlarni saqlash, boshqa insonlarga tarqatish va uni kelajak avlodlarga yetkazish imkoniyati paydo bo’ldi.
Birinchi inqilob
XVI asr o`rtalarida kitob nashr etish usulining kashf etilishi – natijada axborotni yig`ishga va uni keng miqiyosda boshqalarga yetkazishga imkoniyat yaratildi.
XIX asrda elektr to’kining kashf etilishi – telegraf, telefon, radio va televizorni paydo qildi va ular ma`lumotlarni tezkorlik bilan uzatish hamda tarqatish imkonini yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |