Mavzu: Axborotlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Download 61.8 Kb.
|
5-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2781-modda. Axborotlashtirish qoidalarini buzish
- 2782-modda. Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
- 2784-modda. Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish
- 2786-modda. Zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish
Mavzu: Axborotlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik Bugungi kunda kompyuter yordamida bank faoliyati, iqtisodiyot, havo kemalarini boshqarish amalga oshirilmoqda, katta hajmli ma’lumotlarni yaratish, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish bilan bog‘liq axborot texnologiyalari ishlatilmaydigan biror-bir faoliyat sohasi qolmadi. Axborot texnologiyalari nafaqat ma’lumot, u yoki bu hodisa to‘g‘risida bilim olish, balki butun jamiyatni boshqarishning asosiy vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish, kompyuter firibgarligi, kompyuter vaqtini o‘g‘irlash, ruxsati bo‘lmagan holda axborotlashtirish tizimiga kirish, zararli dasturlarni tarqatish, axborotlashtirish tizimidagi ma’lumotlarni yo‘qotish, o‘zgartirish yoki ularni qalbakilashtirish va shu kabi boshqa qilmishlar sodir etilmoqda. Axborot texnologiyalari sohasida sodir etiladigan jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi shundaki, ular chegara bilmaydi, istalgan bankdan katta miqdordagi mablag‘lar boshqa hisob raqamiga o‘tkazilishi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumot bazasining kodini buzish kabi xilma-xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Axborot texnologiyalaridan jinoiy maqsadlarda foydalanishning oldini olishga qaratilgan bir qator xalqaro hujjatlar mavjud bo‘lib, sakkizlik tarkibiga kiruvchi davlatlar rahbarlari tomonidan 2000 yil 22 iyulda imzolangan Okinava global axborot jamiyati xartiyasi, Yevropa Kengashining 1981 yil 28 yanvardagi Shaxsiy ma’lumotlarni avtomatlashtirib ishlov berish odatlarida jismoniy shaxslarni himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiyasi hamda 2001 yil 23 noyabrdagi Kibernetik jinoyatchilik to‘g‘risidagi konvensiyasi. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar ijtimoiy xavfli bo‘lib, axborotlashtirish qoidalarini buzish, kompyuter axborotidan, tizimidan qonunga xilof ravishda foydalanish, kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish, kompyuter sabotaji, zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish kabi harakatlarda namoyon bo‘ladi. 2781-modda. Axborotlashtirish qoidalarini buzish Axborotlashtirish qoidalarini buzish, ya’ni belgilangan himoya choralarini ko‘rmagan holda axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va banklarini, axborotga ishlov berish hamda uni uzatish tizimlarini yaratish, joriy etish va ulardan foydalanish hamda axborot tizimlaridan ruxsat bilan foydalanish fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon etkazilishiga sabab bo‘lsa, —eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar etkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi. 2782-modda. Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish Kompyuter axborotidan, ya’ni axborot-hisoblash tizimlari, tarmoqlari va ularning tarkibiy qismlaridagi axborotlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, agar ushbu harakat axborotning yo‘q qilib yuborilishi, to‘sib qo‘yilishi, modifikatsiyalashtirilishi, undan nusxa ko‘chirilishi yoxud uning qo‘lga kiritilishiga, elektron hisoblash mashinalari, elektron hisoblash mashinalari tizimi yoki ularning tarmoqlari ishining buzilishiga sabab bo‘lsa, — eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 2784-modda. Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish, ya’ni kompyuter tizimida saqlanayotgan axborotni qonunga xilof ravishda o‘zgartirish, unga shikast etkazish, uni o‘chirish, xuddi shuningdek bila turib unga yolg‘on axborotni kiritish fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon etkazilishiga sabab bo‘lsa, — eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 2786-modda. Zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish Kompyuter tizimida saqlanayotgan yoki uzatilayotgan axborotni ruxsatsiz yo‘q qilib yuborish, to‘sib qo‘yish, modifikatsiyalashtirish, undan nusxa ko‘chirish yoki uni qo‘lga kiritish maqsadini ko‘zlab kompyuter dasturlarini yaratish yoki mavjud dasturlarga o‘zgartirishlar kiritish, xuddi shuningdek maxsus virus dasturlarini ishlab chiqish, ulardan qasddan foydalanish yoki ularni qasddan tarqatish — eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Download 61.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling