Mavzu: Axborotni himoyalashning biometrik himoya qilish


Download 226.57 Kb.
bet1/5
Sana06.04.2023
Hajmi226.57 Kb.
#1331730
  1   2   3   4   5
Bog'liq
aaaaaaaaaaaaa

Mavzu: Axborotni himoyalashning biometrik himoya qilish

Oxirgi vaqtda insonning fiziologik parametrlari va xarakteristikalarini, xulqining xususiyatlarini oichash orqali foydalanuvchini ishonchli autentifikatsiyalashga imkon beruvchi biometrik autentifikatsiyalash keng tarqalmoqda.

Biometrik autentifikatsiyalash usullari an’anaviy usullarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:

- biometrik alomatlarning noyobligi tufayli autentifikatsiyalashning ishonchlilik darajasi yuqori;

- biometrik alomatlarning sog‘lom shaxsdan ajratib bo’lmasligi;

- biometrik alomatlarni soxtalashtirishning qiyinligi

Foydalanuvchini autentifikatsiyalashda faol ishlatiladigan biometrik alomatlar quyidagilar:

barmoq izlari; • qo‘l panjasining geometrik shakli; • yuzning shakli va oichamlari; • ovoz xususiyatlari; • ko‘z yoyi va to‘r pardasining naqshi.

Autentifikatsiyaning biometrik qismtizimi ishlashining namunaviy sxemasi quyidagicha. Tizimda ro‘yxatga olinishida foydalanuvchidan o'zining xarakterli alomatlarini bir yoki bir necha marta namoyish qilinishi talab etiladi. Bu alomatlar tizim tomonidan qonuniy foydalanuvchining qiyofasi sifatida ro‘yxatga olinadi. Foydalanuvchining bu qiyofasi tizimda elektron shaklda saqlanadi va o ‘zini qonuniy foydalanuvchi deb da’vo qilgan har bir odamni tekshirishda ishlatiladi. Taqdim etilgan alomatlar majmuasi bilan ro‘yxatga olinganlarining mosligi yoki mos kelmasligiga qarab, qaror qabul qilinadi.

• xatolik inkorlar koeffitsienti FRR (false-rejectrate); • xatolik tasdiqlar koeffitsienti FAR (false-alarmrate).

Iste’molchi nuqtayi nazaridan biometrik autenfikatsiyalash tizimi quyidagi ikkita parametr orqali xarakterlanadi:

Xatolik inkor tizim qonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlamaganda pay do bo‘ladi (odatda FRR qiymati, taxminan, 100 dan birni tashkil etadi). Xatolik tasdiq tizim noqonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlaganida paydo boiadi (odatda FAP qiymati, taxminan, 10000 dan birni tashkil etadi). Bu ikkala koeffitsient bir-biri bilan bog‘liq xatolik inkor koeffitsientining har biriga ma’lum xatolik tasdiq koeffitsienti mos keladi. Mukammal biometrik tizimda ikkala xatolikning ikkala parametri nolga teng bo‘lishi shart. Afsuski, biometrik tizim ideal emas, shu sababli nimanidur qurbon qilishga to‘g‘ri keladi. Odatda tizimli parametrlar shunday sozlanadiki, mos xatolik inkorlar koeffitsientini aniqlovchi xatolik tasdiqlaming istalgan koeffitsientiga erishiladi.


Download 226.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling