Mavzu: Axborotni himoyalashning biometrik himoya qilish
Download 226.57 Kb.
|
aaaaaaaaaaaaa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barmoq izlarining skanerlari
Biom etrik autentifikatsiyalashning daktiloskopik tizimi. Biometrik tizimlaming aksariyati identifikatsiyalash parametri sifatida barmoq izlaridan foydalanadi (autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi). Bunday tizimlar sodda va qulay, autentifikatsiyalashning yuqori ishonchliligiga ega. Bunday tizimlarning keng tarqalishiga asosiy sabab, barmoq izlari boyicha katta ma’lumotlar ba’zasining mavjudligidir. Bunday tizimlardan dunyoda asosan politsiya, turli davlat va ba’zi bank tashkilotlari foydalanadi.Autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi quyidagicha ishlaydi. A w a l foydalanuvchi ro'yxatga olinadi. Odatda, skanerda barmoqning turli holatlarida skanerlashning bir necha varianti amalga oshiriladi. Tabiiyki, namunalar bir-biridan biroz farqlanadi va qandaydir umumlashtirilgan namuna, «pasport» shakllantirilishi talab etiladi. Natijalar autentifikatsiyaning ma’lumotlar bazasida xotirlanadi. Autentifikatsiyalashda skanerlangan barmoq izi ma’lumotlar bazasidagi «pasportlar» bilan taqqoslanadi.Barmoq izlarining skanerlariBarmoq izlarining skanerlari Barmoq izlarini skanerlovchi an’anaviy qurilmalarda asosiy element sifatida barmoqning xarakterli rasmini qaydlovchi kichkina optik kamera ishlatiladi. Ammo, daktiloskopik qurilmalami ishlab chiqaruvchilarning ko'pchiligi integral sxema asosidagi sensorli qurilmalarga e’tibor bermoqdalar. Bunday tendensiya barmoq izlariga asoslangan autentifikatsiyalashni qo‘llashning yangi sohalarini ochadi. Bunday texnologiyalami ishlab chiquvchi kompaniyalar barmoq izlarini olishda turli, xususan, elektrik, elektromagnit va boshqa usullami amalga oshiruvchi vositalardan foydalanadilar.Skanerlardan biri barmoq izi tasvirini shakllantirish maqsadida teri qismlarining sig‘im qarshiligini o’lchaydi. Masalan, Veridicom kompaniyasining daktiloskopik qurilmasi yarim-o‘tkazgichli datchik yordamida sig'im qarshiligini aniqlash orqali axborotni yig‘adi. Sensor ishlashining prinsipi quyidagicha: ushbu asbobga qo‘yilgan barmoq kondensator plastinalarining biri vazifasini o ‘taydi (6.6- rasm). Sensor sirtida joylashgan ikkinchi plastina kondensatorning 90000 sezgir plastinkali kremniy mikrosxemasidan iborat. Sezgir sig‘im datchiklari barmoq sirti do‘ngliklari va pastliklari orasidagi elektrik maydon kuchining o ‘zgarishini o‘lchaydi. Natijada 166 do‘ngliklar va pastliklargacha boMgan masofa aniqlanib, barmoq izi tasviri olinadi.Download 226.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling