Mavzu: axloqiy madaniyat va qadriyatlar
Oila tarqalishi ham mumkin
Download 91.5 Kb.
|
13 mavzu. Axloqiy madaniyat va qadriyatlar
Oila tarqalishi ham mumkin. Buning turli sabablari bor. Biri - oilaning axloqiylik nuqtai nazaridan tarqalishi.. Bunda bolalar balog‘atga etgach, erkin shaxs sifatida yangi oilaga asos bo‘lishlari - o‘g‘il bolalarning uylantirilishi, qizlarning erga berilishi nazarda tutiladi. Uylantirilgan o‘g‘illarga ham, erga berilgan qizlarga ham yangi oila qurish va uni moddiy jihatdan dastlabki paytlarda muhtojlikdan saqlab turish uchun etarli bo‘lgan uy-ro‘zg‘or ashyolari ajratiladi.
Shuningdek, oilaning tabiiy tarqalishi ham mavjud. Unda ota-onaning yoki otaning vafoti tufayli oila mulkining meros tarzida bir yoki bir necha farzandga o‘tishi munosabati bilan oila tarqalishi mumkin. Bundan tashqari, nikoh bekor qilinishi munosabati bilan oila tarqaladi. Aslida nikoh ham diniy, ham dunyoviy nuqtai nazardan buzilmasligi kerak. Lekin o‘rtada xiyonat sodir bo‘lishi yoki yana boshqa bir xil sabablar tufayli nikohni faqat axloqiy obro‘ga ega, qonun bilan tan olingan idoralar, masalan, sud, vakolatli ruhoniy bekor qilishi mumkin, zero u, aytganimizdek, axloqiy hodisa. Har bir jamiyat mana shu so‘nggi turdagi oila tarqalishiga qarshi kurashadi. Bunday oila buzilishi qancha kamaysa, u o‘sha jamiyatning axloqiy jihatdan takomillashib borayotganini anglatadi Qur’on oilaviy hayotda er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar, baxtli nikox, oilaviy turmush, farzand tarbiyasi, ajralish va uning yo‘l-yo‘riqlari haqida tegishli ko‘rsatmalar beradi. Hadis - Qur’ondan keyingi Muhammad Payg’ambarning hayoti, faoliyati va ko‘rsatmalarini aks ettiruvchi manba. Hadis ko‘p jildli to‘plamlarda saqlangan, mutlaqo ishonchli bo‘lishi uchun puxta tartibga solingan va maxsus tekshiruvlardan o‘tkazilgan. Bu manba odamlar orasidagi tortishuvlar, oilaviy kelishmovchiliklar va hokazolarni hal etishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilgan. Hadislar Payg’ambarning turli vaziyatlardagi xulq-atvorini eng kichik tafsilotlariga qadar ta’riflab bergan va bamisoli axloq kodeksiga, axloq tuzugiga aylangan, chunki Xudoning erdagi elchisining xulq-atvori o‘zini chin musulmon deb biladigan musulmon uchun shak-shubhasiz taqlid qilinishi kerak bo‘lgan amaldir. Hadislarda aniq ma’noni istalgan muqobil so‘z shakliga o‘tkazish mumkin, ayni paytda Qur’on matnida esa so‘z ifodasini umuman o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qur’on va Hadislar nikoh qurish, farzand ko‘rish, balog’atga etish, oilaviy hayot va o‘lim singari insonlar hayotidagi muhim voqealarda nimalar qilinishi zarurligini ko‘rsatadi. Oila haqida qayg’urish islom dinida puxta ishlab chiqilgan keng qamrab oluvchi nikoh tizimida namoyon bo‘ladi. Oilagacha boshlanadigan bu tizim «Nikoh» bilan mustahkamlanadi va oilaviy munosabatlarda davom etadi. U oilaning har bir a’zosi (ham ota-ona, ham farzand) huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini aniq tasvirlab beruvchi oliy tushunchalardan iborat. Oilaviy munosabatlar o‘z-o‘zidan rivojlanadigan, o‘zaro nazorat qilinadigan, rahm-shafqatli va sevgi-muhabbatga to‘la bo‘lishi kerak. Xudbinlik, g’azab, e’tiborsizlik, begonalik hamda jismoniy va axloqiy tahqirlash kabi xislatlar ularga begona bo‘lishi kerak. Oilaga nisbatan islom dinining bunday nuqtai nazari Quronning oilaviy munosabatlarga taalluqli asosiy printsiplaridan kelib chiqadi. Nikoh munosabatlarining to‘g’ri boshlanish muvaffaqiyat va ularning xotirjam yuksalishining garovi bo‘lishi muhimligini anglash zarur. Qur’on nikoh - sunnaning bir qismi ekanligini eslatadi va uning eng yaxshi misollarini ko‘rsatish uchun Alloh payg’ambarlarni tanlagan: «Darhaqiqat, sizdan ilgari ham (ko‘p) payg’ambarlar yuborganmiz va ularga juftlar va zurriyotlar berganmiz». Hadislardan birida Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) shunday deydilar: «Nikoh mening an’anamdir, bu an’anadan yuz o‘girgan kishilar men bilan emasdir». Islom dinida nikoh - bu farzandlar tarbiyalash va baxtli oila qurish uchun o‘zaro yordam, samimiylik va sabr-matonatlilik prinpiplariga tayangan holda bir-birini sevadigan va xohlaydigan erkaklar va ayollarning birgalikda yashashidir. Qur’on erkak va ayol o‘rtasidagi aloqalarni juda aniq tarzda tasvirlaydi: «U zot sizlar hamdam bo‘lishlaringiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratishi va o‘rtalaringizda oshnolik va mehr-muhabbat paydo qilishidir». Hadislarda keltirilishicha Muhammad (s.a.v.) payg’ambarimiz bunday degan: «Sizlarning qaysingiz xuddi men singari o‘z oilasi (xotini) uchun namuna hisoblansa, o‘sha eng yaxshi kishidir». Oila ma’naviy va axloqiy tomondan qanchalik mustahkam bo‘lsa, uning xursandchiligi va baxti shuncha ishonchli bo‘ladi. Download 91.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling