Mavzu: Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish Mundarija Kirish I bob. O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi turlaridan foydalanish imkoniyatlari va o’quvchilarini nafosat va axloqiy tarbiyalash


II. bob. Xalq maqollari milliy qadriyat sifatida va tarbiyaviy ahamiyati


Download 63.45 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi63.45 Kb.
#1522543
1   2   3   4
Bog'liq
MAQOLAR 2

II. bob. Xalq maqollari milliy qadriyat sifatida va tarbiyaviy ahamiyati.
2.1. Xalq maqollari milliy qadriyat sifatida
Xalq ijodi oʻz mohiyatiga koʻra, hamisha yangilanib, yasharib, takomillashib, uzluksiz rivojlanib boradigan jarayon hisoblanadi. Bundan ming yillar burun yaratilib, hozirga qadar hech bir oʻzgarishsiz, “sof holida” yetib kelgan biror marosim yoki folklor asarini topish qiyin. Chunki har bir davr, har bir avlod bobomeros qadriyatlar silsilasiga oʻz badiiy-estetik mezonlaridan kelib chiqqan holda oʻzgarish kiritishi tabiiy. Shuning uchun ham biz folklorni doimiy harakatdagi ijod deya taʼriflaymiz.
Oʻzining asriy taraqqiyoti mobaynida xalqimizning milliy qiyofasi timsoliga aylangan udum va marosimlarimiz ham doimiy ravishda yangilanib, toʻlishib, tobora goʻzallashib va boyib kelgan. Ana shunday tarixiy taraqqiyotning qaysidir qatlamlarida ayrim udumlarning unutilishi, siz aytganday “tarixga aylanishi” hodisasi ham roʻy bergan albatta. Hatto xalq ogʻzaki badiiy ijodining janrlar tarkibi ham tarixiy-folkloriy jarayonning izchil taraqqiyoti davomida muttasil takomillashib, baʼzi janrlar yoʻqolib, boshqalari rivojlanishda davom etavergan. Masalan, ulugʻ bobokalonimiz, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy oʻzining “Mezon ul-avzon” asarida oʻsha davr oʻzbek folklorida mavjud boʻlgan janrlar xususida soʻz yuritar ekan, “Chun oʻzonlarning oʻzmogʻi va oʻzbaklarning budi-budoyi hech vazn bila rost emas erdi” deb yozgan. Bu oʻrinda oʻzon, yaʼni baxshi-shoirlar tomonidan ijro etilgan “oʻzmogʻ” hamda xalq lirikasining “budi-budoy” janri xususida gap bormoqdaki, bu janrga mansub matnlar bizning kunlargacha saqlanib qolgan emas. Shoir asarlarida “ayolgʻu” degan bir atama ham uchraydi. Garchi ayrim manbalarda bu soʻz “cholgʻuchi”, “sozanda” maʼnosini ifodalashi qayd etilsa-da, taniqli tilshunos olim Shayx Sulaymon Buxoriy oʻzining 1882 yilda yaratgan “Lugʻati chigʻatoyi va turki usmoniy” nomli asarida “ayolgʻu” soʻzini “bulbul sadosiday qalbga oziq beradigan yoqimli kuy, ohangga ega qoʻshiq” deb izohlagan. Afsuski, hozirgacha oʻtkazilgan folklor ekspeditsiyalarda xalq orasida shunday nom bilan ataladigan qoʻshiq turi mavjudligi aniqlanmadi. Nazarimizda, “ayolgʻu” xalq lirikasiga mansub qoʻshiqlardan boʻlib, keyinchalik u unut boʻlib ketgan yoki janr nomini bildiruvchi atama oʻzgarishga uchragan boʻlishi mumkin.
Lekin shunday marosim qoʻshiqlari borki, oradan necha asrlar oʻtganiga qaramay, muayyan oʻzgarishga uchragan holda boʻlsa-da, milliy folklorimizda yashashda davom etmoqda. Masalan, “chinka” qoʻshigʻini olib koʻraylik. Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asarida bu xususda “yana “chinga”durkim, turk ulusi zufof va qiz koʻchurur toʻylarida ani ayturlar” degan bir qaydnoma keltirilgan. Demak, yozma manbalarning guvohlik berishicha, XV asrda xalqimizning nikoh toʻyi marosimi folklori tarkibida “chinka”/“chinga”/“changi” deb nomlangan qoʻshiq ijro etilgan. Shunisi qiziqki, besh yuz yil burun yangragan bu qoʻshiqning aks-sadosi xalqimizning nikoh toʻyi marosimi bilan bogʻliq aytimlarning XX asrda yozib olingan namunalarida oʻz ifodasini topganligi maʼlum boʻldi. Hassos olima Muzayyana Alaviya oʻz folklor ekspeditsiyalari kundaliklaridan birida shunday yozgan edi: “Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Sijjak qishlogʻida qiz toʻyiga xabar qilayotganlarida “Habibanikiga chinkaga boringlar!” – deb qiz oʻltirishga chaqirar ekanlar. Unda oʻyin, qoʻshiq boʻlar ekan. Namangan viloyatining Chust tumanidagi Karkidon qishlogʻida qiz uzatarda qizning otasi fotiha bergandan keyin “yor-yor” aytishni “qiz chinkaga oʻtirdi” yoki “chinka boshlandi” der ekanlar.
Kim damidin tushti oʻt jonim aro, yor-yor”, ‒ deb yozgan edilar. “Chinka”ning ana shu “hech vazn bila rost kelmaydigan” turi unutilib ketgan boʻlib, ikkinchi navʼi “yor-yor” janri sifatida hozir ham keng ijro etib kelinmoqda.
Aytish joizki, urf-odat va marosimlar, xalq qoʻshiqchiligi anʼanalarining bunday oʻzgarib, yangilanib borishi nomoddiy madaniy meros rivojining oʻziga xos xususiyatlaridan biridir. Har bir davrning badiiy-estetik ehtiyoji va hayotiy voqeligi, xalqning turmush tarzi va badiiy tafakkuri taraqqiyotidan kelib chiqqan holda folklor anʼanalari ham ayrim uzvlarini yoʻqotib, baʼzilari esa yanada boyitilib, toʻlishib-takomillashib, oʻsib-rivojlanib boraveradi. Lekin shuni qayd etish kerakki, u yoki bu folklor janri, urf-odat yoki marosim unut boʻlib ketishining ham muayyan sabablari bor. Tarixiy-folkloriy jarayonning qonuniyatlariga koʻra, qadimda muayyan marosimni oʻtkazishga hayotiy-maishiy ehtiyojning yoʻqolishi, yaʼni ijtimoiy voqelikda oʻsha marosimni oʻtkazish ehtiyoji yoʻqligi bois koʻpgina marosimlar bolalar oʻyinlari sifatida oʻz shakli va funksiyasini oʻzgartirgan holatda yashashda davom etavergan. Xususan, bolakaylarimizning koʻklamgi oʻyinlaridan birida ijro etiladigan “Oftob chiqdi olamga” deb boshlanadigan qoʻshiq aslida qachonlardir surunkali yogʻingarchilik davom etganda “quyoshni chaqirish” maqsadida oʻtkazilgan mavsumiy marosimning verbal komponenti hisoblangan. Bu marosimni oʻtkazishga ehtiyoj yoʻqolgach esa u bolalar oʻyiniga aylangan.
Urf-odat va marosimlarimiz tizimidagi ana shunday oʻzgarish keyingi davrlarda ham roʻy berdi. Masalan, dalaga ilk bor qoʻsh olib chiqilayotganda, momolar katta-katta doshqozonlarda “qoʻsh oshi” pishirishgan. Ular “Ilohim oqlikka buyursin, toʻqlikka chiqaylik! Sening sharofating bilan togʻora-togʻora un elaylik!”, ‒ deb hoʻkizlarning shoxi orasiga bir chimdimdan un sepishgan. Dalaga qoʻsh chiqarayotgan keksa mirishkorlar esa: “Bu yil hosilimizga baraka bersin, moʻl-koʻlchilik boʻlsin, oyogʻing tekkan joyga Bobo dehqon nazar qilsin, xayru barakasini bersin!” deb yaxshi niyat bilan hoʻkizlarning oyoqlariga un surtib qoʻyishgan. Odatda “qoʻsh oshi”ni pishirishdan avval uyma-uy yurib, masalliq uchun un, don-dun yigʻishgan. Har bir oila kelayotgan yilda hosil moʻl, roʻzgʻor but, bola-chaqasi sogʻ-omon boʻlishini niyat qilib, “qoʻsh oshi”ga imkon qadar oʻz hissasini qoʻshishga harakat qilishgan. Qut-baraka va moʻl hosil gʻoyasini oʻzida mujassamlashtirgan bu udumning mavsumiy marosimlar silsilasidan tushib qolganligining sababi uni oʻtkazishga hayotiy ehtiyoj yoʻqolganligi bilan belgilanadi. Chunki endilikda yerlar texnika vositalari bilan shudgor qilinib, ekin ekishda hoʻkiz va omochdan foydalanishga ehtiyoj qolmaganligi bois, “qoʻsh oshi”, “shox moylar” singari marosimlar oʻtkazilmaydigan boʻldi. Ammo bu marosimlar butunlay xalq xotirasidan chiqib ketgani yoʻq, aksincha, oʻzining ikkilamchi talqindagi hayotida yashashda davom etaverdi.
Oʻtgan asrda shoʻrolar tuzumining mafkuraviy tazyiqi natijasida koʻplab udumlarimiz, asriy qoʻshiqlarimiz unutilish arafasiga kelib qolgan edi. Biz 80-yillarning boshlarida folklor ekspeditsiyasiga chiqqanimizda yilboshi-navroʻz bilan bogʻliq xalq qoʻshiqlari, roʻza paytida aytiladigan “yo ramazon” aytimlari, soʻz magiyasi bilan bogʻliq folklor asarlari ‒ afsun-avrash, badik, kinna, gulafshon singari janrlarga oid matnlarni yozib olishimiz juda qiyin kechgan. Chunki ijrochilar bunday folklor namunalarini aytib berishga choʻchishar edi. Shukurlar boʻlsinki, mamlakatimiz osmonida istiqlol quyoshi porlab, milliy anʼanalarimizni qayta tiklash va saqlab qolishning keng imkoniyatlari yuzaga keldi. Ayniqsa, marosim folklorining butun bir tizimi ‒ moʻl hosil va qut-baraka gʻoyasini oʻzida mujassamlashtirgan navroʻz bayrami va koʻklamni ulugʻlash bilan bogʻliq bahoriy qadriyatlari, barkamol avlod tarbiyasi bilan bogʻliq udum va oʻyinlar, nikoh toʻyi marosimi tarkibidagi koʻplab qadimiy rasm-rusumlar tiklanganligi yosh avlodni maʼnaviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashda muhim rol oʻynamoqda. Demak, har bir maqol kishiga izchil g‘oyaviy yo‘nalish beradi, undagi fikrlarning yuksalishiga ko‘mak beradi. Xaql maqolida shu xalqning tarbiyaviy qarashlari aks etgan ekan, bola tarbiyasida ham ijobiy o‘shish jarayonlarini yuzaga chiqaradi. Farzand adolat va ozodlik, tinchlik va hurlik, mardlik va bahodirlik, ezgulik, insonparvarlik do‘stlik va mehnatsevarlik tushunchalarini o‘z ong-u shuuridan o‘tkaza boradi. Xalqning orzu umidlari vatanparvarlik, insonparvarlik xislatlari, ilm-u hunar, mehnatsevarlik, odob-axloqqa ezgulikka chorlaydigan, xullas insonni kamolotga yetaklaydigan barcha ijobiy fazilatlarni, maqollar o‘z ta’siri ostida birlashtirgan bo‘ladi. Shu sababdan ham maqollarning tarbiyaviy ahamiyati benihoya kattadir.
Vatan haqidagi maqollarni eshitib, vataniga iliq mehr bilan qarashga o‘rganadi. Vatan ostonadan boshlanadi. Biz oila ostonasida qadam qo‘yib, ulg‘ayar ekanmiz, oilada vatan hissini tuya boshlaymiz. Maqollarimizda esa vatanga muhabbat, uni sevish va qadrlash bosh mavzu hisoblanadi. Chunki xalq hamma vaqt o‘z vatanini sevgan, ardoqlagan va uning dushmanlariga qarshi kurash olib borgan

2.2. O‘quvchilarni tarbiyalashda xalq maqollarining tarbiyaviy ahamiyati.


Maqol — xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli janr. Muayyan ritmik shaklga ega. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuy-gʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. Har bir tilimiz ko'rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafak-kurimiz mantiqini hayratomuz bir qudrat bilan namoyish etgan va eta oladigan bunday badiiyat qatralari xalqimizning ko'p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bamisoli bir oynasidir. Bu badiiy oynada uning hayotga, tabiatga, inson, oila va jamiyatga munosabati, ijtimoiysiyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy-estetik va falsafiyi qarashlari, qisqasi, o'zi va o'zligi to'la namoyon bo'lgandir. Shuning uchun ham maqollar g'oyatda keng tarqalgan bo'lib, asrlar davomida jonli so'zlashuv va o'zaro nutqiy munosabatlarda, badiiy, tarixiy va Yillararo, davrlararo ularning yangilari yaratilib turgan, eskilarining — jonli muomalada, tilda mavjudlarining ma'no doirasi kengayib yoki torayib borgan. Hatto ularning muayyan qismi unutilib ketgan.
Maqollar ko'p asrlik hayotiy tajribalar, doimiy kundalik kuzatishlar xulosasini tugal fikr tarzida qat'iy qutbiylikda ifodalar ekan, ularda har bir so'zning ma'no xilma-xilligi, iboralarning turg'unligi, shakliy barqarorlik ustunlik qiladi. Ammo qo'llanish o'rniga qarab ularning ma'no doirasi doimiy ravishda kengayib boradi. Shuning uchun ham maqoldagi har bir so'zga alohida e'tibor berish kerak. Ularda shunday so'zlar borki, bu so'zlar tarixan butunlay boshqa ma'nolarni anglatgan. Bundan tashqari har bir millatning o’z diniy e’tiqodi, yashash uslubi, madaniyati, dunyoqarashi borki, ular folklorshunoslikda o’rganiladigan maqollarda qisman o’z aksini topadi. Millatni madaniyatini, xalqning o’zligini milliy qadriyatlarini ko’rsatuvchi, ifodalovchi omillardan biri bu shu xalqqagina xos bo’lgan xalq og’zaki ijodidir.
Xalq og’zaki ijodining takrorlanmas janrlari va o’ziga xos durdonalari bo’lib shulardan xalq o’g’zaki ijodining eng muhim janrlaridan biri bo’lmish maqollar tilshunoslik va folklorshunoslikda o’rganilayotgan eng muhim mavzulardan biridir. Folklorning eng muhim janrlaridan biri bo’lgan maqollarni, umuman, xalq ijodiyotini o’rganish, tadqiq qilish, bugungi kunda juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Folklorshunos olimlar asrlar davomida maqollar yuzasidan o’z mamlakatlarining olis qishloqlariga ekspeditsiyalar uyushtirib kelishmoqda va xalq tilidan yildan yilga turli mavzularga doir bo’lgan takrorlanmas maqollarni jamlab kelishmoqda.
Maqollar dunyo xalqlarining yillar davomida to’plangan dono hikmatlari namunalaridir. Maqollardan insonlar tarbiyaviy masalalarga xos bolgan tushunchalarni, ota bobolardan qolgan eng muhim boylik hisobida e’zozlab foydalanib kelishadi. Til, falsafa va badiiy ijodning o’ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo’lgan bir janrdir. O’zbek folklorshunosligida maqolga adabiy nuqtai nazardan qiziqish, asar badiiyligini oshirish va badiy til ravonligini ta’minlash uchun undan foydalanish hamma zamon so’z sanatkorlarining diqqat markazida bo’lgan. Maqolga adabiy nuqtayi nazardan qiziqish, asar badiiyligini oshirish va badiiy til ravonligini ta'minlash uchun undan foydalanish hamma zamon so'z san'atkorlarining diqqat markazida bo'lgan. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Rabg'uziy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Abulg'ozi Bahodirxon, Munis, Ogahiy, Nodira, Muqimiy, Furqat, Avaz, Hamza, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek, G'afur G'ulom va boshqa o'nlab ijodkorlarning asarlari sinchiklab o'rganilsa, ularning tarkibida qanchadan qancha maqollar ba'zan aynan, ba'zan o'zgargan holda mavjudligiga ishonch hosil qilamiz. Ingliz xalq maqollari ham xuddi o’zbek xalq maqollari singari g’oyat mukammal va xalq o’gzaki ijodining eng sara namunalaridan biri hisoblanadi. Ishimizning asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda ingliz xalq maqollarini ingliz tilshunosligida o’rganilish tarixi juda muhim. Bu sohada ish olib borgan olimlar, va ularning qilgan ishlarini o’rganish mavzuyimizni yanada mustahkamlab beradi. Shu o’rinda quyida ingliz olimlari tomonidan qilingan ishlarni keltirib o’tamiz. Odatda tili va madaniyati bir xil bo’lgan millatlarning maqollari ham bir-biriga yaqin bo’ladi. Ingliz va butun butun G’arbiy Yevropa davlatlarining xalq o’g’zaki ijodi va aynan maqollarning tarqalishida, maqollar kitobi deb atalmish “Bible” ya’ni Biblyaning o’rni katta. Kitob ingliz xalq maqollarini o’zida jamlagan bo’lib, aynan qadimgi davrdagi ajdodlar tomonidan aytilgan maqollar keltirilgan.
Ko’plab ingliz olimlari tomonidan maqolga quyidagicha izohlar keltiriladi. Mashhur ingliz filklorshunosi, professor Mayder maqolni quyidagicha izohlaydi: “Proverbs are used in a wide range of situations and no limits to the use of the proverb. They can be used to: “strengthen our arguments, express certain generalizations, influence or manipulate other people, rationalize our own shortcomings, question certain behavioral patterns, satirize social ills, poke fun at ridiculous situations”. Ya’ni : “Maqollar juda keng ko’lamda qo’llanilib ularni qo’llashda chegara yuq. Maqollar bizning dalillarimizni mustahkamlash, umumiy va aniq fikrlarimizni ifodalash, boshqa insonlarni boshqarish yoki ularga ta’sir o’tqazish, jamiyatdagi illatlarni ifodalash”. Insoniyat tarixida buyuk XXI asr sari qadam qo’ymoqda kurrai zaminimizning barcha o’lkalarda siyosatdonlar, jiqtisodchilar , ijtimoiy soha namoyondalari, nufuzli xalqaro tashkilotlar XX asrga yakuniy xulosalar chiqarmoqdalar. Ular tomonidan bu shonli 100 yillikda bosib o’tilgan tarixiy yo’l atroflicha taxlil etilib, unda nimalarga erishilgani, qaysi voqea , xodisalar asrimizning eng ulug’ , buyuk ishlari, qaysilari tufayli insoniyat azob uqubat chekdi , qaysi sarqitlarni o’tgan asrga qoldirib, qaysilarini XXI asrga olib o’tish mumkin, XX asrdan qolgan dolzarb muammolarni qay yo’sinda hal qilish mumkinligini sarhisob qilinmoqda. Mamlakatimiz istiqlolining eng daslabki kunlaridanoq, buyuk ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni , xalqimiz yaratgan og’zaki yodlarni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirish, zaminini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga olib chiqish maqsadlariga favqulotda katta ahamiyat berildi. Ma’lumki har qanday millatning yangilanishi yoshlar tarbiyasidan boshlanadi. Yoshlar esa bugungi kunda oilada va asosan ta’lim-tarbiya munossabatlarida shakillantiriladi. Ta’lim vositalari o’quvchilarning ruhiy, jismoniy, genetik va mintaqaviy o’ziga xosliklarini to’liq hisobga olgandigana yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Respublika Prezidentining tashabbusi bilan o’sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy sog’lom , ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash, iste’dodini aniqlash va rag’batlantirish maqsadida “Mahalla” , “Kamolot” , “Sog’lom avlod uchun” , “Nuroniy” , “Ulug’bek” , “Umid” jamg’armalari tashkil etildi va ular ta’lim muassalari bilan hamkorlikda samarali faoliyat ko’rsatmoqdalar. Respublika iqtisodiyoti uchun har bir so’m o’ta zarur bo’lib turgan sharoitda yosh avlodning kelajagiga astoydil ishongan, uning insoniy kamolatini ta’minlashga intiluvchi, farzandlarimizga o’zgalar havas qiladigan darajadagi ozod va obod Vatan qoldirishni maqsad va shior qilib olgan. Ta’lim-tarbiya berish jarayonida xalq og’zaki ijodidan foydalanish ham juda samarali o’rin egallaydi. Xalq poetik ijodini o’rganish, ayniqsa ijtimoiy fanlar yuzasidan olib boriladigan ilmiy – tadqiqotlar uchun bebaho qiymatga ega. Chunki “Xalq og’zaki ijodini bilmaguncha mehnatkash xalqning xaqiqiy tarixini bilish mumkin emas”. Shunday ekan, xalq og’zaki ijodini o’rganish boshqa ijtimoiy fanlar kabi pedagogika tarixini o’rganish uchun ham g’oyat muhim ahamiyatga ega. Chunki “Xalq pedagogikasi asta-sekin xalq ommasi ichida tarkib topa boradi va xalq ijodining topishmoq, matal, maqol, ertak, doston va qo’shiq kabi yodgorliklarida aks ettiriladi”.
Xalq ommasining turmush faoliyat jaroyonida to’plangan tarbiya borasidagi tajriba va bilimlar yig’indisi xalq pedagogikasining mazmuni ifodalaydi. Ya’ni xalq pedagogikasi – mehnatkash xalq va xalq donishmandlarining zamon yoshlarini kutilgan maqsadga muvofiq kishilar qilib yetishtiradigan tarbiyaning maqsad va vazifalariga bo’lgan qarashlari hamda xalq ommasi tomonidan ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish bobida qo’llanib kelingan usul vosita , ko’nikma va malakalar birligi ifodalovchi tajribalar asosida to’plangan bilim va ma’lumotlar yig’indisidir. Boshqacha qilib aytganda, xalq pedagogikasi xalq ommasining og’zaki tarzda yaratgan avloddan avlodga o’tib kelayotgan tarbiya haqidagi ma’lumotlar – pedagogik ijodlari yig’indisidir. Biroq bu pedagogik ijodlar yig’indisi pedagogika fani ilmiy pedagogika bo’la olmaydi. U pedagogika fanining predmeti , muhim tekshirish obe’ktidir. Badiy adabiyotda bo’lganidek , fol’klor asarlari ham tuzilishi va g’oyaviy-badiiy hususiyatlariga ko’ra , o’zaro o’xshash hamda farqli tomonlarga ega bo’lib, muayyan guruxlarni tashkil etadi. O’zbek fol’klori asarlari, avvalo ikki katta guruhga bo’linadi : 1.Urf – odat va marosimlar bilan bog’liq asarlar. 2.Turli urf – odat va marosimlar bilan bog’liq bo’lmagan janrlari. Birinchi guruhga: a)mehnat qo’shiqlari;b)mavsum qo’shiqlari; v)marosim qo’shiqlari; g) olqish, afsun va qarg’ishlar; d)aytimlar kiradi. Ikkinchi guruhga: epik , lirik, dramatik va kichik janrlarni o’z ichiga oladi. Har bir janr o’z navbatida yana ichki turlarga bo’linadi.Maqol hayotiy foqelarni badiiy uydirmalar vositasida hikoya qiluvchi realistik xarakerdagi og’zaki ijod turlaridan bo’lib, g’oyaviy – tematik jihatdan rang- barangdir. Maqollar tarixiy voqealar va ayrim shaxslar bilan bog’liq bo’lgan hodisalarni, ijtimoiy hayot va turmush, geografik joylar – sahro, ko’l, cho’l, dengiz, shaxar, qishloq, saroy va boshqalarning barpo bo’lishi hamda vayron qilinishi haqida hikoya qilishi mumkin. Har bir maqolda hamisha «ta`lim ulushi» ibrat mavjud bo`ladi: maqol tagida ibrat tusidagi aniq ramzni tushuniladi, bu ibrat haetning turli ko`rinishlarini umumlashtirib, tugal jumla holiga kelgan bo`ladi. Maqollar mehnatkashlarning ko`plab ma`naviy ehtiejini qondiradi, ular aqliy bilim, ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lishi, odamiylik, ahloqiy fazilatlar va hoqazolarni anglatishi mumkin. Maqollar qadimiy e o`tmish hodisa bo`lmay, xalqning jonli ovozidir, xalq bugungi zarur bo`lgan va ertaga asqotadigan narsani xotirasida saqlaydi. Maqolda o`tmish to`g`risida gap ketsa, u hozir va kelajak nuqtai nazaridan baholanadi, hikmatlarda aks etgan o`tmishning xalq orzu-niyatlari, ezgu maqsadlariga qay darajada muvofiqligiga bog`liq ravishda qoralanadi ma`qullanadi. Maqolni butun xalq yaratadi, shu bois unda jamoatchilik fikri o`z ifodasini topadi. Unda xalqning hayotga bergan bahosi, xalq zakovatining kuzatishlari joetilgan bo`ladi. Yakka shaxs yaratgan yaxshi hikmat, agar u ko`pchilikning fikrini ifoda etolmasa, maqol bo`la olmaydi. Juda bo`lmaganda, umumxalq fikri va yakka shaxs fikri bir vaqtning o`zida yonma-yon kelishi mumkin, xolos. Xalq maqollari eslab qolish uchun qulay shaklga ega bo`lib, etnopedagogik vosita sifatida ular ma`nosini kuchaytiradi.
Maqollar xotiraga mahkam o`rnashadi. So`z o`yinlari, so`zlarning turlicha jarangi, qofiyadoshligi, ohangdorligi, goho shu qadar jozibali bo`lidiki, kishi oson esda saqlab qoladi. Ayni holda she`riyat donolikni, tarbiya va uning hosilasi xulqni ifoda ebilish faoliyati tajribasini asrash va targ`ib qilish vazifasini ado etadi. Maqolning asil vasitasi tarbiyadir, ular qadim zamonlardan buyon ta`lim vasitasi bo`lib xizmat qilib kelmoqda. Bir tomondan, ular ta`lim g`oyasidan iborat, ikkinchi tomondan tarbiyaviy ta`sir ko`rsatib, ta`lim vazifasini bajaradi, xalq tasavvurlariga mos keluvchi tarbiya ta`sirining vositalari, uslublari tug`risida hikoya qiladi, shaxsning ijobiy eski salbiy jihatlarini baholaydi, shaxsning shakllanish maqsadlarini u eki bu tarzda aniqlab, tarbiyalanishga chorlaydi, o`zlarining tarbiyaichdek qutlug` vazifalarini mensinmaydigan katta yoshdagi odamlarni qoralaydi va hokazo. Maqollarning eng keng tarqalgan shakli o`gitdir. Ta`lim nuqtai nazaridan o`gitlar uch toifaga bo`linadi: Bolalar va yoshlarni yaxshi xulqli bo`lishga, shu jumladan, muloyim bo`lishga undaydigan tanbehlar. Katta yoshdagi odamlarni o`ziga yarashadigan xulqu odobga o`rgatadigan tanbehlar Katta yoshdagi odamlarni o`ziga yarashadigan xulqu odobga o`rgatadigan tanbehlar va nihoyat, tarbiya natijalarini aks ettiruvchi, ta`lim maslahatlaridan iborat o`ziga xos nasihatlar. Bu, ayniqsa, ta`lim tajribasini umumlashtirishning o`ziga xos shakli sanaladi. Maqollarda bolalarning tug`ilishiga, ularning xalq hayotidagi o`rniga, tarbiya maqsadlari, vositalari va uslublariga, rag`batlantirish va jazolashga, o`qish mazmuniga,mehnat va ahloq tarbiyasiga, bolalarning ota-onalar fe`l atvoridagi fazilatlarni meros qilib olishiga, atrof muhit va jamoatchilik fikrlarining ta`siriga daxldor ta`lim g`oyalari o`z aksini topgan va h.k. Xalq va avlodlarning ta`lim mubohasasida kattayu kichik barcha xalqlar beistisno ishtirok etadi. Bolaning dunyoga kelishi uchun bayram, farzandsiz ikkin jonning yashashi dushvor. O`zbek maqollarida bolalar haqidagi yaxshi gaplar ko`n takrorlanadi: «O`g`il bilan qiz - bir juft qizil gul», «O`g`il bilan qiz - uyning mehmoni», «O`g`il bilan qiz - tun bilan kun», «O`g’il oftob, qiz mohtob», «Bolalar osmondagi yulduzlar, qorong`u tunni yorug` kunduz qiladi», «O`g`li yo`qning o`rni yo`q, qizi yo`qning qadri yo`q». Bolani har kim ham tug`adi, lekin tarbiya har kimning qo`lidan kelavermaydi. «Tug`ishga tug`ib, tarbiya qilolmaydi» ham ota, ham onaga tegishli bunday tanbehlar har bir xalqda uchraydi. Xalq tarbiyaning boshlanishi haqida muayyan fikrlarni aytadi: qancha erta boshlasa, Xalq tarbiyaning boshlanishi haqida muayyan fikrlarni aytadi: qancha erta boshlasa, shuncha yaxshi. Tarbiyani bola tug`ilishdan boshlagan yaxshi, chunki tarbiya bola tug`ishdan ham muhimroqdir. «Dunyoga keltirgan ota va ona emas, edirib-ichirgan, yaxshi tarbiya bergan ota va ona». Ota bilan ona faqat ota-onagina emas, tug`ilish bu boshlanishi, ota bilan ona eng avvalo tarbiyachilardir, faqat shundagina ular o`z vazifalarini tugal ado etgan hisoblanadilar. «Ona maktabi» otadan ko`ra muhimroqdir: «Otasi yaxshining bittasi yaxshi, onasi yaxshining hammasi yaxshi», «Ona miyasiga quyganni ota sug`urib ololmaydi». Xalq tafakkurida merosxo`rlik, meros va ota-onalar ta`lim faoliyatining natijalari uzviy bir butunlikda namoen bo`ladi. «Yaxshi xotinning bolalari ham yaxshi bo`ladi» (rus), «Aql katta bo`lganda kiradi, tarbiya tug`ilgandan boshlanadi» (o`zb), «Yaxshi go`shtning sho`rvasi totli, yaxshi odamning bolasi totli» (qir) va hoqazo. Lekin, bolaning o`z qilmishlari uchun shaxsan mas`ulligi ham inkor etilmaydi: «Ahmoq o`g`ilga ota ham aql bo`lolmaydi», «Ahmoq o`g`ilni ota ham yo`lga sololmaydi». Har bir xalqning milliy oʻzligini koʻrsatadigan qadimiy urf-odat va marosimlari, ezgulikni ulugʻlaydigan boqiy anʼanalari boʻladi. Xususan, bizning milliy qadriyatlarimiz ham maʼnaviyatimizning yuksalishiga, millat sifatida shakllanishimizga alohida hissa qoʻshib, asrlar davomida xalqimizga juda katta ruhiy-maʼnaviy quvvat baxsh etib kelgan. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan bu qadriyatlar tom maʼnoda maʼnaviy boyligimizdir.
Mamlakatimiz istiqlolining eng daslabki kunlaridanoq, buyuk ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni , xalqimiz yaratgan og’zaki yodlarni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirish, zaminini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga olib chiqish maqsadlariga favqulotda katta ahamiyat berildi.
Ma’lumki har qanday millatning yangilanishi yoshlar tarbiyasidan boshlanadi. Yoshlar esa bugungi kunda oilada va asosan ta’lim-tarbiya munossabatlarida shakillantiriladi. Ta’lim vositalari o’quvchilarning ruhiy, jismoniy, genetik va mintaqaviy o’ziga xosliklarini to’liq hisobga olgandigana yuqori samaradorlikka erishish mumkin.
Respublika iqtisodiyoti uchun har bir so’m o’ta zarur bo’lib turgan sharoitda yosh avlodning kelajagiga astoydil ishongan, uning insoniy kamolatini ta’minlashga intiluvchi, farzandlarimizga o’zgalar havas qiladigan darajadagi ozod va obod Vatan qoldirishni maqsad va shior qilib olgan.
Ta’lim-tarbiya berish jarayonida xalq og’zaki ijodidan foydalanish ham juda samarali o’rin egallaydi.
Xalq poetik ijodini o’rganish, ayniqsa ijtimoiy fanlar yuzasidan olib boriladigan ilmiy – tadqiqotlar uchun bebaho qiymatga ega. Chunki “Xalq og’zaki ijodini bilmaguncha mehnatkash xalqning xaqiqiy tarixini bilish mumkin emas”.
Shunday ekan, xalq og’zaki ijodini o’rganish boshqa ijtimoiy fanlar kabi pedagogika tarixini o’rganish uchun ham g’oyat muhim ahamiyatga ega.
Chunki “Xalq pedagogikasi asta-sekin xalq ommasi ichida tarkib topa boradi va xalq ijodining topishmoq, matal, maqol, ertak, doston va qo’shiq kabi yodgorliklarida aks ettiriladi”.
Xalq ommasining turmush faoliyat jaroyonida to’plangan tarbiya borasidagi tajriba va bilimlar yig’indisi xalq pedagogikasining mazmuni ifodalaydi. Ya’ni xalq pedagogikasi – mehnatkash xalq va xalq donishmandlarining zamon yoshlarini kutilgan maqsadga muvofiq kishilar qilib yetishtiradigan tarbiyaning maqsad va vazifalariga bo’lgan qarashlari hamda xalq ommasi tomonidan ta’lim- tarbiya ishlarini amalga oshirish bobida qo’llanib kelingan usul vosita , ko’nikma va malakalar birligi ifodalovchi tajribalar asosida to’plangan bilim va ma’lumotlar yig’indisidir.
Boshqacha qilib aytganda, xalq pedagogikasi xalq ommasining og’zaki tarzda yaratgan avloddan avlodga o’tib kelayotgan tarbiya haqidagi ma’lumotlar – pedagogik ijodlari yig’indisidir. Xalq pedagogikasini o‘qitish jarayonida o‘qitishning yangi noan’anaviy, interfaol usullaridan keng foydalanish nazarda tutilgan. Avvalo, ma’ruzalarning muammoli shakllari, talabalar bilan fikriy hamkorlik, amaliy mashg‘ulotlarda esa davra suhbati, bahs, munozara, uchrashuv, ekskursiyalar uyushtirish, intervyu olish, debat o‘tkazish, dars jarayonining samaradorligini oshiruvchi turli ta’limiy usullar:
«aqliy hujum», «klaster», ven diagramma, sinkveyn, quticha usullarini qo‘llash, uch bosqichli modelli dars tashkil etish yaxshi natijalar beradi. Bu predmetni o‘qitishning o‘ziga xos yana bir muhim xususiyati -o‘qitilayotgan va o‘tkazilayotgan tarbiyaviy mavzu va tadbirlarni bevosita xalqimiz hayoti, tajribasi hamda yurtimiz tabiati, etnografik va hududiy xususiyatlari bilan bog‘lash mumkin.
Xalq pedagogikasining hozirgacha yashovchanligi asosan og‘zaki tarzda bo‘lib, har bir avlod unga o‘z tajribasini, qarashlarini, fazilatlarini qo‘shgan holda bizgacha yetib kelgan. Xalq pedagogikasida tarbiyaning birlamchi, ikkilamchisi bo‘lmaydi. Hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chekkadan qolmasligi, ayni chog‘da tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari e’tiborga olingan holda, yetti o‘lchab bir kesishga amal qilinadi. Shuningdek, xalq tarbiyasida kecha, bugun va ertani o‘ylab ish tutiladi, ya’ni tarbiyani o‘tmishni unutmaslik, bugunning qadriga yetishlik, kelajakka umid asnosida olib boriladi. Unda hayot, tabiat va jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, ko‘rinish, qisqasi jonli jonsiz neki bor undan mukammal foydalanadi.
Xalq donishmandligi va odobnomasining bu nodir sohasi ijtimoiy va maishiy-axloqiy hayotning barcha tomonlarini, xalq og‘zaki ijodi, qadrshunosligi, udumshunosligi va marosimshunosligining yetakchi yo‘nalishlarini, diniy-axloqiy ta’limotni qamrab olishi bilan harakterlanadi. U xalqimizning asrlar davomida to‘plagan boy tajribalarini, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, falsafiy, ma’rifiy, estetik, ma’naviy hamda jismoniy yetuklik borasidagi qarashlarini, tajriba-xulosalarini lo‘nda, ammo bag‘oyat teran; donishmandnamo tarzda ifodalaydi. «O‘zbek xalq pedagogikasi» dono xalqimizning ta’lim-tarbiya, axloq, odob, inson qadriyatlari va uning ma’naviy ustuvorligi, iymon-e’tiqodi butunligi sohasidagi dunyoqarashi, amaliy faoliyati, usul-metodlari, an’analari tabarruk islomning odob-axloq, ilm-u fan haqidagi ta’limotiga bog‘liq holda, muqaddas Qur’oni karim va payg‘ambarimiz Muhammad (s. a. v) rasulullohning muborak hadisi shariflariga suyanadi. Xalq pedagogikasida ollohning ilohiy mo‘jizasi - hayot sarvari insonning ona qornida paydo bo‘lishidan tortib, to tug‘ilganiga qadar, ilk tarbiyasidan tortib, to voyaga yetguncha hamda oila qurgunga qadar, yoshini yashab to omonatni topshirgungacha bo‘lgan axloqiy, aqliy, estetik mehnat, ekologik tarbiyasi, shuningdek jismoniy chiniqish bilan bog‘liq o‘yinlar, xalq pedagogik an’analarining hozirgi zamon yosh avlod ta’lim-tarbiyasida tutgan o‘rni hamda ahamiyati aks etadi. Shu bilan birga o‘zbek an’anaviy, ommaviy bayram-sayllari, rasm- rusmlari, odatlari va udumlarida aks etgan axloqiy qarashlar, ularning o‘ziga xos odobnomasi, ibratnomasi kabi bag‘oyat dolzarb mavzularni o‘z ichiga oladi.
Xalqning oilaviy-maishiy hayoti, ta’lim-tarbiyaviy axloq-odobga oid hayotiy yo‘l-yo‘riqlari, usullari, ibratli tajribalariga oid turfa misollar - dostonlar, ertaklar, mehnat-mavsum marosim qo‘shiqlari, asotirlar, naqllar, rivoyatlar, afsonalar, maqollar, matallar, hikmatlar, qayroqi so‘zlar, aforizmlar, topishmoqlar, tezaytishlar, bolalar o‘yinlari, allalar, to‘y va aza qo‘shiqlari, aytimlari, olqish va qarg‘ishlar, suyush-erkalash qo‘shiqlari, erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar, yalinchoqlar, hukmlagichlar, chorlamalar, cheklashmoqchalar, guldur-guplar, sanamalar, o‘yin-kulgular bilan bog‘liq lapar, aytishuv, o‘lan, termalar, bolalar tarqalish, chorlash qo‘shiqlari ramazon, boychechak, yomg‘ir, quyosh, yulduzsuv aytimlari, chandishlar, tegishmachoqlar, masharalamalar, Navro‘z, Mehrjon, bahor, kuz, qish, yoz aytim-qo‘shiq ashulalari, dexqonchilik, chorvadorlik, kasb-hunarmandchilik bilan bog‘liq nasriy va nazmiy asarlar; inson, tabiat va hayvonlar dunyosiga oid namunalar hamda mifologik tasavvurlar aks etgan asarlar bilan boyitilgan. Qur’oni karim, hadis hamda sharq mutafakkirlarining axloq-odobga oid qarashlari ham xalq pedagogikasining tarkibiy qismiga kiradi.

Xulosa
Xalq ijodi oʻz mohiyatiga koʻra, hamisha yangilanib, yasharib, takomillashib, uzluksiz rivojlanib boradigan jarayon hisoblanadi. Bundan ming yillar burun yaratilib, hozirga qadar hech bir oʻzgarishsiz, “sof holida” yetib kelgan biror marosim yoki folklor asarini topish qiyin. Chunki har bir davr, har bir avlod bobomeros qadriyatlar silsilasiga oʻz badiiy-estetik mezonlaridan kelib chiqqan holda oʻzgarish kiritishi tabiiy. Shuning uchun ham biz folklorni doimiy harakatdagi ijod deya taʼriflaymiz.
Oʻzining asriy taraqqiyoti mobaynida xalqimizning milliy qiyofasi timsoliga aylangan udum va marosimlarimiz ham doimiy ravishda yangilanib, toʻlishib, tobora goʻzallashib va boyib kelgan. Ana shunday tarixiy taraqqiyotning qaysidir qatlamlarida ayrim udumlarning unutilishi, siz aytganday “tarixga aylanishi” hodisasi ham roʻy bergan albatta. Hatto xalq ogʻzaki badiiy ijodining janrlar tarkibi ham tarixiy-folkloriy jarayonning izchil taraqqiyoti davomida muttasil takomillashib, baʼzi janrlar yoʻqolib, boshqalari rivojlanishda davom etavergan. Masalan, ulugʻ bobokalonimiz, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy oʻzining “Mezon ul-avzon” asarida oʻsha davr oʻzbek folklorida mavjud boʻlgan janrlar xususida soʻz yuritar ekan, “Chun oʻzonlarning oʻzmogʻi va oʻzbaklarning budi-budoyi hech vazn bila rost emas erdi” deb yozgan. Bu oʻrinda oʻzon, yaʼni baxshi-shoirlar tomonidan ijro etilgan “oʻzmogʻ” hamda xalq lirikasining “budi-budoy” janri xususida gap bormoqdaki, bu janrga mansub matnlar bizning kunlargacha saqlanib qolgan emas.



Download 63.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling