Mavzu: Aylanish jismlarining yon sirti va to'la sirti
Download 164.68 Kb.
|
aylanish jismlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash uchun masalalar. Masala1.
Mavzu: Aylanish jismlarining yon sirti va to'la sirti.Silindr va konusning yon sirti va to'la sirti. Reja: Aylanish jismlari. Silindrning yon sirti va to’la sirti. Konusning yon sirti va to’la sirti. Aylanish jismlariga silindr, konus, shar, sfera, doira, aylanalar kiradi. Ta’rif. Parallel ko’chirish bilan ustma-ust joylashadigan va bitta tekislikda yotmaydigan ikki doiradan va bu doiralarning mos nuqtalarini tutashtiruvchi parallel to’g’ri chiziq kesmalaridan tashkil topgan jism silindr deyiladi. Doiralar silindrning asoslari deyiladi, doira aylanalari mos nuqtalarini tutashtiruvchi kesmalar silindrning yasovchilari deyiladi. Silindrning yasovchilari asos tekisliklariga perpendikulyar bo’lsa, bunday silindr to’g’ri silindr deyiladi. Silindr asosining radiusi silindrning radiusi deyiladi. Silindrning asosiga parallel tekisliklar bilan kesganda kesimda doira hosil bo’ladi. Asosiga perpendikulyar tekislik kesganda kesimda to’g’ri to’rt burchak hosil bo’ladi. Silindrning yon sirti quyidagiga teng: Silindrning to’la sirti esa: Ta’rif. Konus deb shunday jismga aytiladiki, u doira-konus asosidan, shu doira tekisligida yotmagan nuqta-konusning uchidan va konusning uchini asosining hamma nuqtalari bilan tutashtiruvchi kesmalardan iborat bo’ladi. Konusning sirti asosidan va yon sirtidan iborat (5.1 – rasm). Konusning uchidan uning asosiga tushirilgan perpendikulyar konusning balandligi deyiladi. Konusning yon sirti 5.1 - rasm Konusning to’la sirti Mustahkamlash uchun masalalar. Masala1. Bir to’p shag’al konus shaklida bo’lib, uning asosining radiusi 2m, yasovchisi esa 2,5m. Bu to’p shag’alning yon sirti va to’la sirtini toping.
Download 164.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling