Mavzu: Ayollarning bayramona ko'ylagini modellashtirish va maketlarini tayyorlash


Ayollar ko’ylagining chizmali ko’rinishi


Download 62.82 Kb.
bet5/8
Sana04.11.2023
Hajmi62.82 Kb.
#1746146
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Ayollarning bayramona ko\'ylagini modellashtirish va maket-fayllar.org

Ayollar ko’ylagining chizmali ko’rinishi
Yelka qismi va yeng o`mizini modellash (kengaytirish, turli shakldagi yeng o`mizlarini o`zgartirish).

1-rasm.


Hozirgi vaqtda hukumatimiz mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish, tikilgan buyumlar, jumladan kiyim-kechaklar assortimenti strukto’rasini ya’nada takomillashtirish, sifatini yaxshilash, tikuvchilik tarmog’ini jadal rivojlantirish hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish vazifalarini ilgari surdi. Bu vazifalarni muaffaqiyatli amalga oshirish uchun yengil sanoatning tikuvchilik tarmog’iga qarashli korxonalarni texnik jihatdan qayta qo’yiladiganlantirish va qayta qurish yangi kompleks–mexanizasiyalashtirilgan jarayonlarni yangi texnika va ilg’or texnologiyani joriy etish, yangi materiallar, xususan qistirmabop materiallardan foydalanish, shu bilan birga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun kiyim detallarining konto’rlarini, baza konstruksiyalarini unifikasiyalash ishlarini yo’lga qo’yish talab qilinadi. Tayyor kiyim yuqori sifatli va uni tikish (ishlab chiqarish) iqtisodiy samarali bo’lishi uchun kiyimni loyhalash vaqtidayok bunga zamin yaratiladi. Tikuvchilik sanoati xodimlari ayni kunda loyhalash vaqtida bo’lg’usi buyumning sifatini yaxshilash imkoniyatlarini izlaydilar va topishga harakat qiladilar. Kiyimni konstruksiyalash uni loyhalashning eng muhim qismi va murakkab ijodiy ish bo’lib, badiiy konstruktorlik hamda texnik vazifalarning yechimini qamrab oladi. Kiyimni konstruksiyalash deganda, odatda kiyimni tashkil etadigan detallar va materiallar kompleksi, shuningdek ularni o’zaro ulab-tikib, muayyan razmerdagi va formadagi yaxlit buyum holatiga keltirish usullari, vositalari tushuniladi. Turli xil va modeli kiyimning konstruksiyasi uning va tikish texnoldog’iyasining takomillashuviga hamda modaga qarab o’zgarib to’radi. Bu hol yangi modeldagi kiyim konstruksiyasini ishlab chiqishni bir muncha murakkablashtiradi ishni yengillashtirish uchun tipovoy va baza konstruksiyalaridan keng foydalaniladi. Kiyim kechakni loyihalashtirish vaqtida konstruksiyaning texnologik (ishlov berish) jihatdan qulayligi asosiy samaradorlik elementi hisoblanadi. Texnologik qulaylik deganda, buyum konstruksiyasining sifat ko’rsatkichlaridan birini ifodalovchi xossalari majmui tushuniladi. Kiyimning texnologik jihatdan qulay konstruksiyasi iste’molchilarning hamda korxonaning talablariga juda mos keladi. Kiyim detallariga texnologik ishlov berish va ularning yig’ishning eng murakkab metodlaridan foydalanish imkoniyatlarini tug’diradi. Konstruksiyaning texnologik qulayligiga erishishda loyihalash bosqichlarining hammasi o’z ulushini qo’shadi. Kiyimni loyihalashda hal qilinadigan asosiy masalalar forma va uni hosil kila bilishdan iborat. Hozirgi kiyimlar asosan tukilgan gazlamadan trikotaj, charm, mo’yna va boshqa materiallardan tikiladi. Kiyimga forma berish usullari ishlatiladigan gazlamaning xossalarini nazarda to’tib tanlanadi. Zamonaviy kiyimlarga yassi tukilgan materiallar, xususan forma hosil qilishning uchta asosiy metodini va ularning kombinasiyasini kullashga imkon beradigan gazlamalar ishlatiladi. Kiyim formasi konstruksiyasi bo’yicha, ya’ni uni qomatga va gavdaning o’lchamlariga mos keladigan detallarga bo’lish yo’li bilan hosil qilinadi. Yuzaning egrilik radiusi kichik bo’lgan hollarda andozaga qo’shimcha konstruktiv elementlar kiritilishi lozim, bunday element ko’pincha vitochqada iborat bo’ladi. Gazlamaning draplanuvchanligiga va to’rsimon tuzilishidagi materialning sirpanchiqlik (harakatlanuvchanlik) xossasiga asoslanib, kiyimga shakl berish, ya’ni forma hosil qilish metodi kiyimlarni bichib tikish usullarini kelib chiqishidan oldin kullanilgan. To’rsimon tuzilishdagi gazlamaning sirpanchiqligi aniqrogi harakatchanligidan aslida qiyasiga bichish usulidan keng foydalaniladi, biroq kiyimni kiygan vaqtda materialning tanda va arqoq iplari orasidagi burchaklar egri yuzalarda qayta taksimlanib, o’zaro mos holda joylashuvini hisobga olgan holda bu xususiyatdan odatdagicha, bichish usullarida ham foydalanilmoqda. Forma hosil qilishning bu metodida ko’pgina choklarga va vitochkalarga deyarli xojat qolmaydi, boshqacha aytganda, ular yo qisman, yoki butunlay yo’qotiladi. Kiyim tikiladigan materiallarning draplanuvchanligi deganda, ularning egiluvchanlik, blanglash xususiyati va harakatchan yengil burmalar hosil qilib, xilpillangan forma kasb etish xususiyati tushuniladi. Bu metod kiyimlarning ancha murakkab formalarini hosil qilishga imkon berganligidan asosan, Xotin-qizlar ko’ylaklarini loyihalashda qo’llaniladi. Kiyim kechakka nam issiqlik ishlovi berilganda, ya’ni suv purkab dazmollanganda materialning dag’al strkto’rasi go’yo o’zgaradi (iplar, tolalar cho’ziladi, taranglashadi, siqiladi, iplar sistemalari qiyshadi), materialning molekulyar sitemasi o’zgardi. Sintetik tolalardan tukilgan gazlamalar paydo bo’lgunga qadar materiallarning suv purkab dazmollash (nam issiqlik ishlovi berish) tikilgan kiyimga hajmiy shakl berishning asosiy metodi hisoblanib, ularni to’rlantirish imkoniyatini tug’diradi. Dazmollash chala fabrikat shaklini o’zgarishiga qarab, quyidagi to’rlarga ajratiladi: Dazmollab, cho’zib detallar o’lchamlarini kattalashtirish Suv purkab dazmollab detallar razmerini kichraytirish Choqlarni bir tomonga yotqizib dazmollash Choqni ikki tomonga qayirib dazmollash Dazmollab chok solish. Dazmol teggan joydagi yaltiroqni bug’lab ketkazish Presslash Konstuktiv metod tikuv materiallarning shakliga bog’liq bo’lmaganligidan universal metod hisoblanmoqda va yuqorida aytib o’tilgan metodni siqib chiqarmoqda. Kishining badanini atrof muxitning salbiy ta’siridan ximoyalaydigan libos kiyim kechak deb ataladi. Kiyim kechak insoniyat tarakkiyotinig ilk bosqichlarida paydo bo’lgan. Kiyimning materiali, formasi va bichimiga qarab, kishining to’rmush tarzi, yashaydigan iqlimiy sharoiti, uning qanday sinf va tabaqaga mansubligi madaniy saviyasi, moddiy farovonligi to’g’risida fikr yuritish mumkin. Kiyimning hamma qismlari (pidjak, shim, jiletka) poyabzal va boshqa qo’shimchalar bilan birga kostyumni tashkil etadi. Kostyum to’rli mamalakatlar halklari va jamiyatlari o’ziga xos tarzda, taraqqiy qilishlarini, milliy kiyofasini aniq aks ettiradi, shuningdek, kishi shaxsini harakterlaydi. Garderob deganda, bir kishiga yoki bir oilaga tegishli jami kiyim –kechak tushuniladi. Kiyimning yangi formasini eng avvola uning bichimi (silueti) belgilaydi. Bichim (silueti) kiyim formasining tekislikdagi ifodasi. Kiyimning asosiy bichimlari quyidagilardan iborat. beli yopishib to’radigan bichimli kiyim : gavdaga yopishib to’radigan bichimli kiyim; beli qisman yopishib to’radigan bichimli kiyim; to’g’ri bichimli kiyim; keng bichimli kiyim. Konstruksiyaning elementlar doimo o’zgarib to’radi. Masalan andaza yelkaning sathi (qiyaligi) tabiiy balandalshtirilgan va pasaytirilgan bo’lishi, yelkaning uzunligi normal uzaytirilgan yoki qisqartilgan yeng o’mizining chuqurligi oshirilgan normal va kamaytirilgan bo’lishi mumkin. Bel chizig’i kiyimning bichimini belgilab beradi; bel chizig’i to’g’ri, gavdaning qisman yopishib to’radigan va keng bo’lishi mumkin. Kiyimning etagi toraytirilgan, normal va kengaytirilgan bo’ladi Kostyumning bichimi yelkaning qiyalik darajasi, qomatiga yeng o’mizining ko’rinishiga, bel chizig’ining past va balandligiga va buyum etagining keng va Kiyimning asosiy bichimlari beli yopishib turadigan bichimli gavdaga yopishib turadigan bichimli to’g’ri bichimli kiyim beli qisman yopishib turadigan bichimli keng bichimli kiyim torligiga bog’liq. Kostyumning formasi konstruktiv yechimlar natijasida va kostyumning ayrim qismlarini birlashtirish oqibatida vujudga keladi. Formaning geometrik ko’rinishining o’zgarishi bichimning o’zgarganligidan dalolatdir; forma shakl jihatdangina emas balki hajmiy (kattaligi) jihatidan ham o’zgardi. Bolalar kiyimi kattalar kiyimining nusxasi bo’lib, barcha detallar takrorlanadi. Bolalar kiyimi hozirgi ko’rinishini kasb etgunga qadar uzoq rivojlanish yo’lini bosib o’tadi. Bolalar kiyimini loyhalashda har bir yosh guruppasiga mansub bolalarning gavda tuzilishidagi o’ziga xos jihatlar hisobga olinadi. Ishlab chiqarishning to’rli bosqichlarida hisoblash texnikasini kullash kiyimning detallari va uzellarini kodlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mahsulot Butunittifoq klassifiqatori MBK da tikilgan kiyimlarning o’nli sistemasidagi egasiz klassifikasiyasi qo’llaniladi. Tikilgan kiyimlar MBK da mustakil klassga ajratilib ,85 nomeri bilan bo’linadi. O’zaro bog’liq shifrlar majmui kod mahsulotning qisqartirilgan shartli belgisi hisoblanadi. MBK da kodlashning o’nli sistemasi qabul qilingan. Har qaysi belgini ta’riflash uchun muayyan miqdorda o’nli razryadlar ajratilgan. Kodning 1va 2 razryadlari «Tikilgan buyumlar» klassi. 3- razryad – kenja klass. Buyumning assortiment bo’yicha klassifikasiyasi: 1-ustki kiyim; 2- kostyum ko’ylakdan iborat kiyimlar; 3- ichki kiyimlar; 4- bosh kiyim; 5- maxsus kiyim va hakozo. 4-razryad - vazifasi jihatidan o’xshash va model-konstruktiv yechimi jihatidan bir-biriga yaqin buyumlarning gruppa-xillari majmui: 1- palto;2- kalta palto; …. 5- ko’ylak;…… 7- erkaklar ko’ylagi va hakozo. 5-razryad - xom ashyo to’ri bo’yicha kenja gruppa: 1- ip gazlamalar; 2- zigir tolasi va aralash toladan tukilgan gazlamalar; 3- shoyilar, sintetik va aralash tolalardan tukilgan gazlamalar va hakozo. 6 – razryad - buyumning jins-yosh belgilari bo’yicha xillari: 1- erkaklar uchun; 2-ayollar uchun; 3-o’g’il bolalar uchun va hakozo. 7-razryaddan 10 razryadgacha xillararo klassifikasiya. Kiyimni loyhalash talablar programmasini tuzishdan boshlanadi. Talablar ikki gruppaga ajratiladi. 1. Iste’molchi (matlubotchilar) talablari. 2. Sanoat-ekanomika nuqtai nazaridan qo’yiladigan talablar. Birinchi gruppaga ekspluatasion, estetik, gigiyenik talablar, kiyimning tovarlik sifatiga, ko’rinishiga oid va boshqa talablar kiradi. Ekspluatatsion talablar deganda, kiyimning vazifasiga va foydalanish sharaoitlariga mosligi, qulayligi, chidamliligi, ishonchliligi, formasining barqarorligi tushuniladi. Estetik talablar deganda, kiyimning modaga mosligi, yangi materiallardan tikilganligi, yangi otdelkalar ishlatilganligi, istemolchilarning estetik didlarini qondirish tushuniladi. Gigiyenik talablarga kiyimning issiqlik balansi, havo o’tkazuvchanligi, ichki (kiyim ostidagi) nam-teridan yoki tashqi nam (qor-yomg’ir) ta’siridan himoyalash darajasi, yengilligi, konstruksiyaning qulayligi (kishining normal fizologik funksiyalariga halakit bermasligi) kiradi. Gigenik talablar bir muncha umumiyroq bo’lib, ergonomik talablarni ham o’z ichiga oladi; erganomik talablarni ham o’z ichiga oladi. Erganomik talablar esa antropometrik, gigenik va psixi-fizologik moslikka oid bir qancha ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi. Ikkinchi gruppaga texnologik, standartlashtirish va uning metodlari, tejamkorlikdan iborat talablar kiradi. Tejamkorlik loyhalash harajatlari, ishlab chiqarishni texnologik, konstruktorlik va texnik jihatdan tayyorlash bilan bog’liq harajatlar, shuningdek, iste’molchilarning undan foydalanish harajatlari bilan harakterlanadi. Ko’p modeli potoqlarda tayyorlanadigan modellarga texnologik bir xillik jihatdan qo’shimcha talablar qo’yiladi: bu talablar korxonalarining unifikasiyalashtirilgan barqoror potoqlarda ishlashni ta’minlaydi. Konstruktor faoliyatining eng qiyin va ma’suliyatli bosqichlari kiyim detallarining chizmasi-yoyilmasini chizishdan iborat. Bu bosqichdan ko’riladigan asosiy maqsad – detallarning shakli va razmerlarini mumkin qadar aniqroq belgilash; shunday qilinsa, kiyimning detallari yig’ilgandan keyin hosil bo’lgan formasi rassom formasiga mos keladi. Bu ishning qiyinligi va murakkabligi shundaki faqat tar’ifi, eskizi va namunasigina berilgan, lekin o’zi yo’q kiyimning chizmasini – detallarining yoyilmasini chizishga to’g’ri keladi. Buning ustiga, kiyimning sirti murakkab, yoyib bo’lmaydigan sirt hisoblanadi.; shunga ko’ra uning yoyilmasi va hisobi, ya’ni uni chizish uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlarni hisoblab chiqarish va chizmani chizish ancha qiyin. Kiyim detallarini hisoblash va chizma tayyorlashning mavjud metodlarni gruppalarga bo’lib, quyidagicha tushuntirish mumkin. 1. Mulyaj metodi. 2. Gavdaning o’lchamlariga va chok haqlariga asoslanish 3. Boshlang’ich sirt to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanish. Mulyaj metodining mohiyati shundan iboratki, maneken yoki kishi gavdasiga nakid material (asosiy gazlama, yengil yumshoq qog’oz yoki to’r-kanva) modelning formasiga moslab to’g’nag’ichlar bilan qadab qo’yilib, kiyim detallarining konto’rlari chizib chiqiladi. Bunda asosiy usul –qadashdir. Mulyaj metodi Yordamchi to’r- kanva metodi mulyaj metodining bir to’ri hisoblanadi; bunda gazlamaning iplarini surish-siljitish hisobiga kiyim detallarining yoyilmasi xuddi pardaga o’xshatib yasaladi. Kiyim detallarining yoyilmasini boshlang’ich sirt ma’lumotlariga asoslanib chizish metodlari gruppasi analitik va grafik metodlar degan yordamchi gruppalarini o’z ichiga oladi. Analitik metodlar gavda (sirt) ni razmeri va formasi to’g’risidagi , ma’lumotlarga asoslanadigan nazariy hisoblashlar metodi jumlasiga kiradi. Uning ikkita asosiy to’ri mavjud: Aqademik.P.L.Chebishev metod iva M.P.(razmerlar orasidagi o’tishlarga asoslanish) metodi. P.L.Chebishev metodida yoyiladigan sirtning egriligi aniqlanadi. Bu metod boshlang’ich sirt to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanib, kiyimning konstruksiyalash prinsiplarini rivojlantirishga yordam beradi. M.P. metodi yordamchi sistema hisoblanadi; u sistema uchun boshlang’ich razmerlarning to’liq razmerlari bo’lishi shart. Kiyim detallari chizmalarini esa istagan metoda chizish mumkin. Detallarning boshqa razmerlari hisoblash metodida aniqlanadi. Grafik metodga chizma geometriya prinsipi asos qilib olinadi. Jami metodlarning mohiyati yoyilmaydigan sirtlarni uchastka va kichik uchastkalarga bo’lib chiqishdan iborat. Yordamchi uchastkalarning hosil qilingan chizmalari keyinchalik muayyan tartibda ketma-ket joylashtirilib, kiyim sirtining yaxlit chizma yoyilmasi hosil qilinadi. Kiyim sirtining kesimiga qarab quyidagi metodlar farq qilinadi : geodezik chiziqlar metodi (sirtning kesimi geodezik kesimi ya’ni eng qiska yoyilmaning boshlang’ich OU chizig’iga nisbatan perpendikulyar joylashgan eng qisqa X1, X2 , X3 , X4 ) chiziqlar bo’yicha hosil qilinadi; kesuvchi chiziqlar metodi (yoyiliuvchi sir tuch uchastkaga va har bir uchastka kichik uchuastkalarga bo’linadi) ; uchburchaklar metodi (sirt kesimi o’qqa nisbatan joylashgan uchburchaklarga ajratiladi.); gorizontal kesimlar metodi (sirt yo’l-yo’l qilib elementar uchastkalarga bo’lib chiqiladi); to’rt koordinata metodi (sirtqi koordinatalar o’qi chiziladi, so’ngra o’ziga xos nuqtalar qo’yib chiqiladi, nuqtalarning kordinatalari topish yo’li bilan chizma yoyilmadagi vaziyatni aniqlash mumkin); yordamchi yoyish chizig’i metodi tikiladigan materiallarning harakatchanligi (sirpanchiq, silliqligi) ni hisobga olish zarurligiga asoslangan. Maneken (kiyim) da kiyim detallari asosiy zo’riqadigan joylariga koordinata o’qlari hamda yordamchi yoyish chiziqlari chiziladi. Mazkur chiziqlar o’ziga xos kordinatalar sistemasi bo’lib, ular yordamida kiyim detallari yordamida har qanday nuqtaning fazoviy, so’ngra tekislikdagi vaziyatini aniqlash mumkin. Bu metod kiyimga shakl berish texnologiyasi haqida 1-2 mm gacha aniqlikda ma’lumot olishga imkon beradi Kiyim detallarining chizma yoyilmasini gavda o’lchamlari va chok haqiga asoslanib chizishda har xil konstruksiyalash metodlaridan foydalaniladi. Garchi konstruksiyalash metodlarining kamchiliklari ham bo’lsada, ular ancha oson kiyim detallarining forma hamda o’lchamlarini nisbatan to’g’ri aniqlash imkonini beradi, shunga ko’ra dastlabki chizmalar uchun kerakli ma’lumotlarni hisoblab chiqarishda va ularni hali ham shu metodlar ishlatiladi.

Download 62.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling