Mavzu: Ayollarning bayramona ko'ylagini modellashtirish va maketlarini tayyorlash
Murakkab uslubdagi ayollar kuylagini eskizini chizish va modellashtirish
Download 62.82 Kb.
|
Mavzu Ayollarning bayramona ko\'ylagini modellashtirish va maket-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Xulosa
Murakkab uslubdagi ayollar kuylagini eskizini chizish va modellashtirish
Ko’ylakning ko’krak qismi va yubkasi alohida-alohida yoki yaxlit bichiladi. Ko’ylaklar etagi siluetiga qarab to’g’ri, toraytirilgan, past tomonga kengaytirilgan yoki bo’lak-bo’laklardan iborat bo’ladi. Ko’ylak yenglari uzun, kalta, sal uzaytirilgan yoki yengsiz bo’lib, ular asosiy bo’laklar bilan yaxlit bichilgan, o’tqazma yengli, reglan yengli, chala reglan yengli bo’lishi mumkin. Yeng uchlari manjetli, rezinkali va hokazo bo’ladi. Yoqalar qaytarma, shol yoqa, tik yoqa shaklida, old va orqa bo’laklar bilan yaxlit bichilgan, o’tqazma yoki turli xil bezakli bo’lishi mumkin. Yoqa o’mizi aylana, to’g’ri to’rtburchak, uchburchak yoki turli shaklda bo’ladi. Ko’ylak cho’ntaklari ham turlicha bo’lib, qoplama, qirqma, biriktirma chokda joylashishi mumkin. Ko’chalik kiyim murakkabroq bo’lib, yeng yoqalari turli bo’laklar bilan bezatiladi. Tavsiya etilgan ko’ylakni tikishda oldin old bo’lak relef qirqimlarini biriktirib tikiladi, chok haqi bir tomonga yotqizib dazmollanadi. Old bo’lak relef chok haqi qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi. Modelga muvofiq old bo’lak o’ng tomonidan relef ziylaridan bezak bahyaqatori yuritiladi. Ko’ylak old bo’lagiga bezak uchun kiritilgan koketkani relef bo’laklari tikib tayyor qilingan old bo’lakka kertimlari asosida o’ngini-o’ngiga to’g’rilab to’g’nog’ich to’g’naladi va biriktirib tikiladi. Choklar koketka tomonga yotqizib dazmollanadi. Koketka chok haqining qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi. Old bo’lak o’ngiga ag’darilib koketka ziylaridan bezak bahyaqatori yuritiladi. Ort o’rta bo’lak qirqimini shlitsa kertimigacha biriktirib tikiladi, choklar bir tomonga yotqizib dazmollanadi. Shlitsa qismiga yelimli qotirma namlangan mato yordamida dazmollanib yopishtiriladi. Shlitsa qismi qirqimlari alohida-alohida maxsus mashinada yo’rmalanadi. Orqa bo’lak relef qirqimlari, koketkasi old bo’lak relef qirqimlari koketkasi kabi tikiladi. 1-rasm. Xulosa Turli xil uslubdagi kiyimlarni modellashda har safar alohida naqsh yaratishga hojat yo'q. Keyinchalik uni turli xil o'zgarishlarda ishlatish uchun bir vaqtning o'zida namuna bazasini qurish kifoya. Bu har qanday murakkablikni qurish uchun sizning asosingiz bo'ladi. Tanlangan uslub uchun keraksiz chizish ishlariga vaqt sarflamasdan uni modellashtiring. Agar sizda elkama-elka mahsulotlarning asosiy naqshlari bo'lsa, siz turli xil mahsulotlarni minimal dizayndagi o'zgarishlar, masalan, ko'ylak, yuqori, yelek, bluzka, ko'ylagi va boshqa narsalarni osongina taqlid qilishingiz mumkin. Siz o'zingiz modellarni, material turini, mahsulot uzunligini, qisma shakli, bo'yin chizig'ini tanlaysiz. Hozirgi vaqtda hukumatimiz mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish, tikilgan buyumlar, jumladan kiyim-kechaklar assortimenti strukto’rasini ya’nada takomillashtirish, sifatini yaxshilash, tikuvchilik tarmog’ini jadal rivojlantirish hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish vazifalarini ilgari surdi. Bu vazifalarni muaffaqiyatli amalga oshirish uchun yengil sanoatning tikuvchilik tarmog’iga qarashli korxonalarni texnik jihatdan qayta qo’yiladiganlantirish va qayta qurish yangi kompleks–mexanizasiyalashtirilgan jarayonlarni yangi texnika va ilg’or texnologiyani joriy etish, yangi materiallar, xususan qistirmabop materiallardan foydalanish, shu bilan birga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun kiyim detallarining konto’rlarini, baza konstruksiyalarini unifikasiyalash ishlarini yo’lga qo’yish talab qilinadi. Tayyor kiyim yuqori sifatli va uni tikish (ishlab chiqarish) iqtisodiy samarali bo’lishi uchun kiyimni loyhalash vaqtidayok bunga zamin yaratiladi. Tikuvchilik sanoati xodimlari ayni kunda loyhalash vaqtida bo’lg’usi buyumning sifatini yaxshilash imkoniyatlarini izlaydilar va topishga harakat qiladilar. Kiyimni konstruksiyalash uni loyhalashning eng muhim qismi va murakkab ijodiy ish bo’lib, badiiy konstruktorlik hamda texnik vazifalarning yechimini qamrab oladi.Kiyimni konstruksiyalash deganda, odatda kiyimni tashkil etadigan detallar va materiallar kompleksi, shuningdek ularni o’zaro ulab-tikib, muayyan razmerdagi va formadagi yaxlit buyum holatiga keltirish usullari, vositalari tushuniladi.Turli xil va modeli kiyimning konstruksiyasi uning va tikish texnoldog’iyasining takomillashuviga hamda modaga qarab o’zgarib to’radi. Bu hol yangi modeldagi kiyim konstruksiyasini ishlab chiqishni bir muncha murakkablashtiradi ishni yengillashtirish uchun tipovoy va baza konstruksiyalaridan keng foydalaniladi.Kiyim kechakni loyihalashtirish vaqtida konstruksiyaning texnologik (ishlov berish) jihatdan qulayligi asosiy samaradorlik elementi hisoblanadi. Texnologik qulaylik deganda, buyum konstruksiyasining sifat ko’rsatkichlaridan birini ifodalovchi xossalari majmui tushuniladi. Kiyimning texnologik jihatdan qulay konstruksiyasi iste’molchilarning hamda korxonaning talablariga juda mos keladi. Kiyim detallariga texnologik ishlov berish va ularning yig’ishning eng murakkab metodlaridan foydalanish imkoniyatlarini tug’diradi. Konstruksiyaning texnologik qulayligiga erishishda loyihalash bosqichlarining hammasi o’z ulushini qo’shadi. Kiyimni loyihalashda hal qilinadigan asosiy masalalar forma va uni hosil kila bilishdan iborat. Hozirgi kiyimlar asosan tukilgan gazlamadan trikotaj, charm, mo’yna va boshqa materiallardan tikiladi. Kiyimga forma berish usullari ishlatiladigan gazlamaning xossalarini nazarda to’tib tanlanadi. Zamonaviy kiyimlarga yassi tukilgan materiallar, xususan forma hosil qilishning uchta asosiy metodini va ularning kombinasiyasini kullashga imkon beradigan gazlamalar ishlatiladi. Kiyim formasi konstruksiyasi bo’yicha, ya’ni uni qomatga va gavdaning o’lchamlariga mos keladigan detallarga bo’lish yo’li bilan hosil qilinadi. Yuzaning egrilik radiusi kichik bo’lgan hollarda andozaga qo’shimcha konstruktiv elementlar kiritilishi lozim, bunday element ko’pincha vitochqada iborat bo’ladi. Gazlamaning draplanuvchanligiga va to’rsimon tuzilishidagi materialning sirpanchiqlik (harakatlanuvchanlik) xossasiga asoslanib, kiyimga shakl berish, ya’ni forma hosil qilish metodi kiyimlarni bichib tikish usullarini kelib chiqishidan oldin kullanilgan. To’rsimon tuzilishdagi gazlamaning sirpanchiqligi aniqrogi harakatchanligidan aslida qiyasiga bichish usulidan keng foydalaniladi, biroq kiyimni kiygan vaqtda materialning tanda va arqoq iplari orasidagi burchaklar egri yuzalarda qayta taksimlanib, o’zaro mos holda joylashuvini hisobga olgan holda bu xususiyatdan odatdagicha, bichish usullarida ham foydalanilmoqda. Forma hosil qilishning bu metodida ko’pgina choklarga va vitochkalarga deyarli xojat Asosiy naqshdan foydalanib, ular modalar va tikuvchilik sohasida professional bilimga ega bo'lmasa ham, turli xil kiyimlarni yaratadilar. Siz studiyani va do'konlarda yangi kiyimlarni sotib olishni unutishingiz mumkin. Shunday qilib, garderobingiz uchun zamonaviy narsalarni mustaqil ravishda yaratish mumkin bo'ladi. Download 62.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling