Мавзу: Азот кислота ишлаб чикқаришидаги контакт қурилмасининг тўлиқ иссиқлик техник ҳисоби


Download 280 Kb.
bet1/7
Sana25.03.2023
Hajmi280 Kb.
#1295507
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Азот кислота ишлаб чикқаришидаги контакт қурилмасининг тўлиқ иссиқлик


Mavzu: Azot kislota ishlab chikqarishidagi kontakt qurilmasining tо‘liq issiqlik texnik hisobi.

Reja:




  1. Kirish

  2. Azot birikmalarining ahamiyati.

  3. Azot sanoati xom ashyolari.

  4. Nitrat kislotasi ishlab chiqarish qurilmalari.

  5. Nitrat kislotasini yuqori bosimda ishlab chiqarish qurilmasi texnologik tasviri.

  6. Kuchsiz nitrat kislotasini quyultirish.

  7. Kuchli nitrat kislotasini tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri sintez qilish.

  8. Xulosa

  9. Foydalanilgan adabiyot

Kirish
Mustaqil О‘zbekiston Respublikamiz xalq xо‘jaligini ayniqsa uning qishloq xо‘jaligini rivojlanishida kimyo sanoati shu vaqtga qadar yetakchi о‘rinlardan birini egallab kelmoqda.
Respublikamiz kimyo sanotida noorganik moddalar - mineral о‘g‘itlar, tuzlar, kislotalar, bog‘langan azot birikmalari va sulfat kislotasi ishlab chiqarish shu davrgacha salmoqli о‘rinlarni egallab keldi va kelajakda ham shunday bо‘lib qolishiga shak-shubxa yoqdir, chunki qishloq xо‘jaligini uning asosiy ozuqasi mineral о‘g‘itlarsiz, kimyo sanoatining rivojini esa butun dunyoda bо‘lgani kabi, sulfat kislota rivojisiz va bog‘langan azot birikmalarisiz tasavvur etib bо‘lmaydi.
Shuni mamnuniyat bilan takidlash mumkinki, xozirgi vaqtda kishi boshiga tug‘ri keladigan ishlab chiqarilayotgan sulfat kislota miqdori bо‘yicha bizning Respublikamiz nafaqat MDX davlatlari orasida, balki dunyo bо‘yicha bir necha yillardan beri yetakchi о‘rinlardan birini egallab turibdi va bundan buyon ham shunday bо‘lib qolishi uchun Respublikamizda sulfat kislotasining qisqa usuli bilan ishlab chiqarish sanoati rivojiga alohida ahamiyat berilmoqda.
AZOT BIRIKMALARINING AHAMIYATI.

Ular xalq xо‘jaligida keng qо‘llaniladi. Qishloq xо‘jaligida suyuq ammiak, karbamid va boshqalar mineral о‘g‘it sifatida nitrat kislotasi, gaz holidagi ammiak, mudofaada, meditsinada, neft sanoatida, metallurgiya sanoatida ishlatiladi.


Azotning birikmalari uch xil shaklda bо‘lishi mumkin:

  1. Ammoniy formasida-ammoniy sulfati (NH4)2SO4,

ammoniy nitrati NH4NO3 va x.k.

  1. Amid formasida-kaltsiy tsianamidi CaSN2, karbamid SO(NH2)2 va x.k.

  2. Nitrat formasida-natriy nitrati NaNO3, kaliy nitrati KNO3 va x.k.

Qishloq xо‘jaligi uchun azot о‘g‘itlarining, kaliyli va fosforli о‘g‘itlarning ahamiyati katta. Ayniqsa, kartoshka, kand lavlagi, paxta hosildorligini oshiradi. 1 kg bog‘langan azot birikmasi paxta hosildorligini 12 kg ga, qand lavlagini 160 kg ga, kartoshkani 120 kg gacha oshiradi.
1990 yilda 80 mln. tonna atrofida bog‘langan azot ishlab chiqarilgan bо‘lsa, 2000 yilda 120 ming tonna ishlab chiqarilishi mumkin. Azot (lot. Nitrogenium), N – Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 7, atom massasi 14,0067. Yer poʻstining ogʻirlik jihatidan 0,01 % ini tashkil etadi. Havoda erkin holda boʻladi (havoning ogʻirlik jihatidan 75,6 %; hajm jihatidan 78,09 % azotdan iborat). Tuproqda turli minerallar va organik birikmalar tarkibiga kirgan holda uchraydi; masalan, u natriyli selitra (NaNO3) va kaliyli selitra (KNO3) tarkibida boʻladi, toshkoʻmirda 1 – 1,25 %, neftda 1,5 %, oqsil moddalarda 17 %, odam tanasida 3 % gacha boʻlishi mumkin. Azotni birinchi marta 1772-yilda Rezerford ajratib olgan. Ikkita barqaror izotopi bor: 14N (99,635 %) va 15N (0,365 %); radioaktiv sunʼiy izotoplari ham bor, bulardan eng uzoq, mavjud boʻladigani 13N dir (yarim yemirilish davri 10,08 daqiqa). Sanoatda suyultirilgan havoni parchalab olinadi.Azot turmushda ham juda kerakli hisoblanadi.Azot boshqa olisdagi sayyoralarda ham qattiq holatda uchraydi masalan,Uran sayyorasi sirtida qattiq holatda Azot(N) uchraydi.Azot(N) vodorod bilan bir necha xil moddalarni hosil qiladi.Azotning vodorodli birikmalari ichida eng muhimi va amaliyahamiyatga ega bõlgani ammiakdir.Uning molekularformulasi NH³ kõrinishda bõladi.Azot vodorodga nisbatan elektro-manfiy elementligi uchun ammiak molekulasiqutbli hisoblanadi. Azot – rangsiz, hidsiz gaz; qaynash temperaturasi – 195,8°, suyuqlanish temperaturasi – 209,86°, 1 l azot 1,2506 g; 1 l suvda (0° da) 23,3 ml eriydi. Odatdagi sharoitda azot nihoyatda passiv, faqat litiy bilan birikishi mumkin; boshqa elementlar bilan qizdirilganda, bosim taʼsirida va katalizatorlar ishtirokidagina birika oladi. Vodorod bilan birikib, ammiak, gidrazin va boshqa birikmalar, kislorod bilan oksidlar, metallar bilan nitridlar hosil qiladi.



  1. Download 280 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling