Ba'zi metallar, masalan temir, xrom, alyuminiy va boshqa ba'zi metallar suyultirilgan nitrat kislotada eriydi-yu, ammo konsentrlangan kislotada erimaydi; bu metallar konsentrlangan nitrat kislotaga tushurilganda ularning sirtida mustaxkam oksid parda xosil bo'ladi; bu xodisa passivlashish deyiladi. Umuman, konsentrlangan nitrat kislota kupchilik metallar uchun erituvchi xisoblanadi. 1 xajm konsentrlangan nitrat kislotaning 3 xajm xlorid kislota bilan aralashmasi zar suvi - metallar uchun HNO3 ning o'ziga qaraganda xam kuchli erituvchidir, chunki bu aralashmada xlor va nitrozil xlorid bor: 3HCl + HNO3 =2Cl + NOCl + 2HCl Bu aralashma nixoyatda kuchli oksidlovchi bo'lgani uchun uzida oltin (radiy) va platinani erita oladi: Au + 3HCl + HNO3 --> AuCl3 + NO + 2H2O AuCl3+ HCl --> H [AuCl4] 3Pt + 12HCl + 4HNO3 --> 3PtCl4 + 4NO + 8H2O PtCl4 + 2HCl -->H2[PtCl6] Nitrat kislotaning sanoatda ishlatilishi uning oksidlash va nitrolash xossalariga asoslanadi. Bundan tashqari nitrat kislata nitratlar, mineral o'g'itlar, ayniqsa ammiakli selitra olishda juda ko’p ishlatiladi. Ammiakli selitra NH4NO3 - muxit azotli o'g'it xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |