Yoy usulida elektr energiyasi ko’p sarf bo'ladi. masalan, 1 kg kislota tayyorlash uchun 70 kvt energiya ketadi. Shuning uchun bu usul kam qo’llaniladi. Xozirgi vaqtda sanoatda nitrat kislota asosan ammiakni katalizator ishtirokida oksidlash yo’li bilan olinadi. Ammiak bilan xavo aralashmasi 600-800oC da platinadan yasalgan tur (katalizator) orqali o’tkazilganda NO xosil bo'ladi va bu gaz xavo kislorodi bilan darxol birikib NO2 ga aylanadi. Azot (IV) - oksid esa suv va xavo kislorodi bilan o'zaro ta'sirlanib HNO3 ni xosil qiladi: 4NH3 + 5O2 --> 6H2O + 4 NO 2NO + O2 --> 2NO 3NO2 + H2O --> 2HNO3+NO Toza nitrat kislota rangsiz suyuqlik; solishtirma og'irligi 1,526 g/sm3 (15oC da); uning kotish xaroratsi 41,3oC; u 86oC da qaynaydi; suv bilan xar kanday nisbatda aralashadi; Tarkibida 68% HNO3 bo'lgan nitrat kislota eritmasi (dq1,42/sm3) uz tarkibini uzgartirmay 120,5oC da qaynaydi. Konsentrlangan nitrat kislota ( ayniqsa yoruglik ta'siridan) qisman parchalanadi. 4HNO3 = 2H2O + 4NO2 + O2 Xosil bo'lgan azot (IV) - oksid kislotaga sariq tus beradi. O’zida NO2ni eritgan nitrat kislota tutuvchi nitrat kislota nomi bilan yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |