Nitrat kislotasi xususiyatlari ishlab chiqarish asoslari
Reja:
1.Nitrat kislotasini fizik-kimeviy xususiyatlari va qullanilishi.
2.Nitrat kislotasi ishlab chiqarish usullari.
3.Sintetik ammiakdan nitrat kislotasi ishlab chiqarish.
NITRAT KISLOTASINI FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI VA QO‘LLANISHI.
Nitrat kislotasining kimyoviy formulasi НNO3 struktura formulasi
О
Н-О-N , molekulyar og‘irligi 63 uglerod birligiga teng. Suvsiz
О
nitrat kislotasi solishtirma og‘irligi 1,52 gғsm3 (288 К) ga teng, rangsiz, havoda tutaydigan suyuqlikdir. U 232 K (-410С) da muzlaydi. (kristallanadi) va 359 K (Q860С) da qaynaydi. Qaynaganda qisman parchalanadi.
4НNO3 = 2H2O Q 4NO2 Q O2 - 259,7 кж (1)
Ajralib chiayotgan NO2, kislotada erib uni sariq-qung‘ir rangga bo‘yaydi (yutilgan NO2 ni miqdoriga qarab). Suv bilan НNO3 cheklanmagan miqdorda aralashadi va aksincha НNO3 ni suvdagi kuchsiz eritmasini bug‘latganda, u 68,4% НNO3 gacha suyuqlanadi va undan oshmaydi. Chunki bu vaqtda qaynash harorati 394,9 K ga teng bo‘lgan aziotropik aralashma (68,4 НNO3 Қ31,6% Н2O) ga erishilgan bo‘ladi.
Nitrat kislotasi kuchli oksidlovchidir. Quyuq azot kislotasi platina, rodiy, iridiy, tilladan tashqari barcha metallar bilan tegishli oksidlar paydo qiladi. Agarda bu oksidlar НNO3 da eriydigan bo‘lsa, shu tegishli metallarni nitratlari paydo qiladi. Kuzsiz temir НNO3 da temir yaxshi eriydi. Ammo quyuq НNO3 temir yuzasida yupqa, lekin zich, quyuq kislotada eriydigan parda hosil qiladi va bu parda metallni bundan keyingi yoyilishidan saqlab qoladi. Laboratoriyalarda zichligi 1,4 gғsm3 bo‘lgan 65% НNO3, sanoatda esa ikki xil navli НNO3 ishlatiladi: 50-60% НNO3 va quyuqlashgan 96-98% li НNO3 nitrat kislotasi asosan mineral o‘g‘itlar nitrat tuzlar, portlovchi moddalar, bo‘yoqlar va boshqa moddalar olishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |