Mavzu: azot va uning birikmalari


Download 22.66 Kb.
bet8/22
Sana14.11.2021
Hajmi22.66 Kb.
#173937
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
Mavzu azot va uning birikmalari-hozir.org

Ammiak odatdagi sharoitda barkaror modda. Ammiak quyidagi bir qator reaksiyalarga kirisha oladi: 1. Ammiak molekulalari metallarning tuzlari bilan birikib, ammiakatlar xosil qiladi. 2. Ammiakning suvdagi eritmasi asosli xossaga ega; uni ammoniy gidroksid deb ataladi. Ammoniy ionining xosil bo'lishini donor – akseptor bog'lanish natijasi deb qaraladi: ammiak molekulasidagi bir juft erkin elektronlarga proton kelib birikadi: H3N: + H+ --> [NH4]+ 3. Ammiak kislotalar bilan birikib ammoniy tuzlarini xosil qiladi, masalan: NH3 + HCl --> NH4Cl 4. Ammiak bilan kislorod (yoki oldindan qizdirilgan xavo) aralashmasi yonganida erkin azot va suv bugi xosil bo'ladi:   4NH3 + 3O2 --> 2N2 + 6H2O   Ammiakning bu tarika yonishi xech qanday amaliy axamiyatga ega emas, aksincha uni katalizator (platina) ishtirokida 800oC da xavo kislorodi NO ga qadar oksidlanishi  katta texnikaviy axamiyatga ega: 4NH3 +5O2 --> 6H2O +4NO chunki xosil bo'lgan NO xavo kislorodi bilan birikib, NO2 ga aylanadi: NO2 dan esa nitrat kislota olinadi. Ammiakning katalitik oksidlanishi xozirgi vaqtda nitrat kislota olishning asosiy usuli xisoblanadi.


Download 22.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling