Mavzu: azot va uning birikmalari


Download 22.66 Kb.
bet4/22
Sana14.11.2021
Hajmi22.66 Kb.
#173937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Mavzu azot va uning birikmalari-hozir.org

Azotning ochilish tarixi .   Fransuz kimyogari A.Lavuaze XVIII asrning oxirida taklif etgan “azot” so’zi grekchadan kelib chiqqan bo’lib, “ hayotiyemas” (“a” – old qo’shimcha inkor, “zoe”– hayot ) degan ma’noni bildiradi. Lotincha nomi “NITROGENIUM “ – “selitra hosil qiluvchi “ deganidir . 1772-yilshotlandkimyogarivavrachiD.Rezerford “mefitik” , ya’ni to’liq bo’lmagan, yonish va nafas olishga yordam bermaydigan havo haqidagi disertatsiyasini bosib chiqardi. Bu maqolada element haqida ma’lumotlar berib o’tdi. Undan 2 yil so’ng , ya’ni 1774-yilda Lavuaze unga “azot” deb nom berdi. Lekin bu nom gaz uchun to’g’ri kelarmikin? Bu haqidagi fikrlarimni o’z xulosamda bayon etaman…   Azotning tabiatda uchrashi   Azot-o’zining yerda tarqalishi jihatidan boshqa elementlar orasida oldingi o’rinlardan birini egallaydi. Azot tabiatda erkin va birikmalar holida uchraydi. Erkin holatlardagi azot havoda bo’ladi. Havoda hajm jihatdan 78,09% , massa jihatdan 75,53% azot bor. Yer qobig’ida azotning massa miqdori 0,01% ga teng. Azot birikma holida hamma o’simlik va hayvonlar organizmida bo’ladi.Azotning tabiiy holda uchraydigan anorganik birikmalaridan chili selitrasi, boshqacha aytganda NaNO3 ma’lum. Tabiatda azotning 2 ta izotopi uchraydi 14N va 15N, bulardan atiga 0,365% 15N izotopi, qolgani esa 14N izotopi hisoblanadi.


Download 22.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling