Mavzu: Badiiy adabiyot va mifologik tafakkur Mundareja: Kirish I bob. Mifologik va badiiy adabiyot munosabatlari


Download 276 Kb.
bet6/7
Sana21.06.2023
Hajmi276 Kb.
#1641450
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Badiiy adabiyot va mifologik tafakkur

Sust xotin, suzma xotin,
Ko‘lankasi maydon xotin!
Yomg‘ir yog‘dir ho‘l bo‘lsin,
Yeru jahon ko‘l bo‘lsin.
Yuqoridagi misoldan ma’lum bo‘ladiki, qo‘shiqning bosh maqsadi yomg‘ir yog‘dirish homiysi bo‘lgan Sust xotinga murojaat qilish orqali dehqonchilik uchun qulay sharoit yaratishdan iboratdir. Qo‘shiq davomida yomg‘ir yog‘ishidan qurg‘oqchilikning yo‘q bo‘lishi, kuzda yerga sepilgan bug‘doylarning bosh tortishi, ya’ni boshoq chiqa rishi kuylanadi. Bu qo‘shiqda tabiat manzarasi bilan aloqador misralarni ko‘plab uchratamiz. Ko‘klamda odamlar ning o‘ynab-kulishi, shaftolilarning barg yozishi, atrof maysalar bilan bezanishi, ajoyib gullarning ochilishi tasviri orqali ajdodlarimiz ona yurtga bo‘lgan muhabbatini ifodalagan bo‘lishlari ham ehtimoldan holi emas:
Yomg‘ir yog‘di, ho‘l bo‘ldi!
Yeru jahon ko‘l bo‘ldi!
Shaftolilar barg yozdi,
Sust xotin suzma xotin.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yashovchi mahalliy aholi ≪Sust xotin≫ marosimiga asosan ayollar tayyorgarlik ko‘rishini va marosim ishtirokchilari ayollardan iborat bo‘lishini alohida ta’kidlaydilar. Albatta, bu marosimga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda mahalla ayollarining o‘zaro yanada yaqinlashuvini, bir-birlari bilan iliq munosabatda bo‘lishlarini ham e’tibordan soqit qilib bo‘lmaydi.
Ertaklar dunyodagi boshqa xalqlar og'zaki ijodida keng tarqalga-
nidek, o'zbeklarda ham eng ommaviy janrlardan biri sifatida turli vilo-
yatlarimizda yashaydigan yurtdoshlarimiz tomonidan sevib aytib kelin-
gan. Ulaming juda qadim zamonlardan yaratilgani «ertak» atamasining
Mahmud Koshg‘ariy tomonidan 1074-yilda yozilgan «Devonu lug‘oti-t-
turk» asarida «etuk» tarzda qo‘llanganidan bilsa bo‘ladi: «Etuk - hikoya,
ertak; biror maqsadni shohga bildirish, hikoya qilish uchun ham bu so‘z
qo'llanadi. Asli bir narsani hikoya qilishdan olingan». Bu janming
qadimiyligini qozoq, qirg‘iz, turkman va boshqa bir qator turkiy xalqlar
oilasiga kiruvchi millatlar og‘zaki ijodida ham ertak deb atalishi
isbotlasbi mumkin. Shuningdek, miflar, afsona, rivoyatlar haqida fikr
yuritganimizda, diffuzion jarayonning keyingi bosqichi ertak ekanhgini
eslatib o‘tganmiz. Demak, agar xalqimiz og‘zaki ijodini qadimgi
qadriyatlar sifatida e’zozlasak, bu xazinaning noyob durdonasi sifatida
hech ikkilanmay ertaklami qayd etish mumkin ekan.
Ertak terminini 0‘zbekistondagi hamma viloyatlar aholisi juda yaxshi bilsada, bu janrga oid asarlar turlicha hududlarda turlicha atalgan.
Xususan, toshkentliklar «cho‘pchak», farg'onaliklar «matal», xorazmliklar «varsaqi», o ‘zbek va tojik tilida so‘zlashuvchi vatandoshlarimiz
«ushuk» tarzda atashgan. Bulardan tashqari jonli so‘zlashuvda ba’zan afsona, o ‘tirik, tutal atamalari ham uchraydi. Hatto hazrat Alisher Navoiy
ham g‘azallaridan birida «cho'pchak» so‘zini qo‘llaganlar: Habibim husni vasfin uyla muhlik anglakim bo‘lg‘ay, Qoshinda qissai Yusuf bir uyqu kelturur cho'pchak (Baytdagi «cho'pchak» «Navodiru-sh-shabob»ning 1959 yilgi nashrida «cho‘rchak» shaklida yozilgan. Shuning uchun Alisher Navoiy zamonida «cho'rchak» yoki «cho‘pchak» atamasi bor edi deb xulosa qilish
mumkin bo‘ladi). Ayni paytda baytdagi «uyqu» so'ziga e’tibor bering. Ma’lum bo‘ladiki, oqshom payti bolalami uxlatishda ertakning sehrli ta’sir
kuchidan bugungi kunda foydalanar ekanmiz, bu an’ana ham bejiz paydo
bo‘lmaganini qayd etamiz. Darvoqe, H. Olimjonning 1937 yilda yozgan
«Oygul bilan Baxtiyor» ertagini eslashimiz ham o‘rinli:
Bolaiik kunlarimda,
Uyqusiz tunlarimda,
Ko‘p ertak eshitgandim,
So‘ylab berardi buvim.
Esimda o‘sha damlar,
O‘zi uchar gilamlar,
Tohir-Zuhra, Yoriltosh,
Oy ni uy altir gan qosh…
Shoir doston boshlanishida (dostonning bosh mazmuni ham «Ozoda chehra» ertagiga asoslanishini ta’kidlash mumkin) xalq ertaklari jozibasini shoirona kashfiyotlar bilan yoritib bergan. Bu misralarda «Tohir va Zuhra», «Yoriltosh» ertaklarining nomi tilga olinishidan tashqari «o‘zi uchar gilamlar», «oyni uyaltirgan qosh»lar, «beqanot uchgan otlar», «so‘ylaguvchi devorlar», «bola bo‘p qolgan chollar» sanab o ‘tiladi. Haqiqatan ham, «Oygul bilan Baxtiyor» adabiy ertagini yozishda shoirga xalq ertaklarining sirli olami ilhom bag‘ishlagan va Hamid Olimjon o‘z o‘quvchisiga bu ilhom izohini go‘zal so‘zlar bilan yetkazishga harakat qilgan.
Jahon xalqlari ertaklaridagi umumiy o'xshashlikhaqida fikr borganida, ko'proq sehrli ertaklar nazarda tutiladi. Inson qadim zamonlarda ham xayol surgan, o'zicha turli-tuman g‘aroyib voqelami o‘ylab topgan. Aslida, miflaming vujudga kelishida ham ajdodlarimizdagi aynan ana shu xususiyat yetakchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyinchalik fantastik voqealar totem, fetish obrazlardan uchar gilamlarga, sehrli dasturxonlarga, oltin qaynaydigan xumlarga, istagan odamni istagan paytda ko‘rish mumkin bo‘lgan jomlarga, oynalarga o‘tgan. Bunday voqealami o ‘ylab topish ajdodlarimiz orzulari, havaslari bilan asoslangan. Yo‘l azobidan aziyat chekkan inson uchar gilam, ot, manzilga ko‘z ochib ochguncha yetkazgan bo‘rini o ‘ylab topgan. Oziq-ovqat topishga qiynalgan odam esa ochil dasturxonning ijodkoriga aylangan. Natijada, sehrli ertaklardagi voqea-hodisalar haqiqiy ma’noda ajdodlarimiz orzu-havaslarining majmuasini tashkil qilgan. Ilm-fan taraqqiyotida katta kashfiyotlar, odatda, olim xayolida paydo bo'lgan reja - gipotezadan boshlanadi. Gipoteza asta-sekin rivojlanadi va hayotga tatbiq etilishining loyihasi shakllanadi. Olim ana shu loyihaning ilmiy zaminini topganidan so‘ng kashfiyotning amalga oshishi uchun sharoit yaratilgan bo‘ladi. Sehrli ertaklar bir jihatdan inson ongida yaratiluvchi ana shu gipotezalar yo'nalishini boshqargan, deb xulosa
qilish uchun yetarli asos bor. Gap shundaki, bugungi kunda oddiy hayot haqiqatiga aylangan velosipeddan tortib avtoulov, poezd, samolyotlar; telefon, telegraf, radio, televidenie, elektr chiroqlaming kashf etilishini bevosita ertaklarda aks etgan orzular bilan dalillaymiz. Uyali telefonni aytmaysizmi, to‘quv dastgohlari, har xil kimyoviy, fizikaviy kashfiyotlar bosqichma-bosqich tahlil etilsa, ulaming hammasini biz bir oz oldinroq sehrli ertaklar voqealarida uchratganimizga amin bo‘lamiz. Sehrli ertaklar bosh qahramonga nimadir (ko‘pincha, farzand) yetishmasligi, qahramonning yetishmayotgan narsasiga ega bo‘lishi, unga nimadir qilishning (gapirish, alohida bir eshikni ochish, biror narsaga qarash va h.k) taqiqlanishi, taqiqning buzilishi, kuchli raqibga duch kelish, xavfli safarga chiqish, safar yakuni, raqib bilan olishuv, murod-maqsadga yetish kabi lavhalardan iborat bo‘ladi. Taniqli olim V. YA. Propp yuqoridagi tartibniftg jahon xalqlari ijodidagi sehrli ertaklar matni tarkibini tashkil qiluvchi asosiy unsurlar ekanini chuqur ilmiy asosda misollar bilan isbotlab berdi38. Yuqorida qayd etilgan mulohazalardan g ‘ayritabiiy mo‘jizalar ro‘y berishi, afsungarchilik, sehrli voqealar, bir narsaning ikkinchisiga aylanishi, bular hammasining muayyan tizim (V. YA. Propp tavsiyasi) tartibida hikoya qilinishi sehrli ertaklar xususiyatini hosil qiladi. Hamid Olimjon ifodalagan « 0 ‘zi uchar gilamlar», «Bog‘lagan qanotlar», «Beqanot uchgan otlar», «Qiz bo‘lib ochilgan gul», «So'ylaguvchi devorlar», «Bola bo‘p qolgan chollar» kabi tasvirlar aynan sehrli ertaklar matnlari bilan bog‘liq ekani ma’lum bo‘ladi.
Aksariyat hollarda sehrli ertak voqeasi farzandsizlik motividan boshlanadi. Ammo tez orada asar qahramoni farzandga ega bo'ladi. Bu hodisa olma, arpa yoki biror narsa yeyishdan, ba’zan o ‘z-o‘zidan ro‘yobga chiqadi. Tug‘ilgan bola bilan dastlabki tanishishdanoq uning g‘ayrioddiy fazilatlari borligi ayon bo'ladi. Bu fazilat, awalo, uning o‘ta tez sur’atlar bilan katta bo‘lishida ko‘rinadi. Farzand voyaga yetgach esa o‘zi yashayotgan muhitga ta’sir etadi va hayotdagi keskin o'zgarishiarga erishadi. Sehrli ertak qahramonlari o‘lib qayta tirilish xususiyatiga ega ekanliklari bilan ham bizni o ‘ziga jalb qiladi. To‘g‘ri, o'lgan odamga jon ato etilishi qadimgi ajdodlarimiz dunyoqarashi ifodasi sifatida baholanadi, ammo ayni paytda o‘lgan odam ruhining kun, oy, yillar davomida o‘zi yashagan xonadondan ajramasligi, turli shakl-holatlarda qarindoshlariga ko‘rinib turishi sehrli ertaklarda oddiy tasvir vositalariga aylanganini ham qayd etish maqsadga muvofiqdir. Xalq ongida insonning biron yaxshiligi, albatta, taqdirlanishi lozim. Asar qahramoni semurg‘ga, ayiqqa, laylakka ko‘rsatgan yordami evaziga mushkullari oson bo‘ladi. Uning yordamidan foydalangan hayvonlar keyinchalik sehrli imkoniyatlari bilan qahramon hamrohiga va biron olijanob maqsadni qo‘lga kiritish vositasiga aylanadilar. Ayrim ertaklarda esa adolat aynan ana shu yaxshilik evaziga g'alaba qozonadi.
Ma’lumki, Alisher Navoiyning «Xamsa»siga kirgan dostonlari xalq orasida
g’oyat keng ko’lamda tarqalganligi sababli ularning folkloriy talqinlari xam yuzaga kelgan. Buyuk shoir asarlari xalqimiz orasida asosan ikki xil yo’l bilan ommalashgan, ya’ni shoir badiiy merosining asl namunalari bilan bevosita tanishuv orqali hamda Navoiy asarlarining xalqona talqinlari vositasida.
Adabiyotshunos olim N.Mallaevniig fikricha, Alisher Navoiy dostonlarining xalq variantlari haqida so’z borar ekan, masalaning quyidagi ikki jihatiga e’tiborni qaratmoq lozim: a)Navoiy asarlarining xalq kitobi tarzidagi bayoni; b) Navoiy asarlari motivlari asosida vujudga kelgan xalq ertaklari va xalq dostonlari». Bu yerda gap faqat Navoiy asarlarining xalq kitoblari va folklor janrlari vositasida tarqalishi haqida ketmoqda. Navoiy asarlarining umuman ommalashishi haqida ketganda, masalani yanada kengroq qo’yish zarur. Navoiy asarlari asosida yuzaga kelgan nasriy bayonlar xalq kitoblari, dostonlar, afsona va rivoyatlar ulug’ shoir asarlariga munosabat jihatidan olganda ham turlitumandir. Masalan, atoqli olim N. Mallaev ta’kidlaganidek, XX asr boshlarida bir necha bor nashr etilgan Mir Mahdum kitobat qilgan "Nasri Xamsai benazir", Mahzun yaratgan "Qissai shahzoda Farhodu SHirin", "Kitobi Majnunu Layli" kabilar ulug’ shoir asarlarining asosan nasriy bayonlari, qissalar uslubida qayta ishlangan nusxalari hisoblanadi. Ularda asosan ulug’ shoir asarlarining syujeti va obrazlari saqlangan bo’lib, ba’zan oraorada Navoiy satrlari yoki tuzuvchilarning o’zlari to’qigan she’rlar ham kiritilgan. Farhod bilai bog’liq ertak va afsonalar, shuningdek, Fozil Yo’ldosh o’g’lidan yozib olingan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Baxrom va Gulandom» dostonlari esa Navoiy asarlarining syujet va motivlar silsilasi asosida vujudga kelgan original folklor asarlaridir. Shu o’rinda bir masalaga e’tiborni qaratmoqchimiz. O’zbek adabiyotshunosligida Alisher Navoiy dostonlari asosida yuzaga kelgan xalq dostonlarini, masalan, «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi dostonlarni shoir asarlarining xalq variantlari deb yuritish odat tusiga kirgan. Bu, bir tomondan, to’g’ri fikr, ikkinchidan, ularni uzoq ijodiy jarayonni bosib o’tganligini, xalq baxshisi repertuarida shakllanguncha turli forma va shakllarda bo’lganligini ham unutmaslik kerak. «Navoiy asarlarini mutolaa etish uchun faqat savodli bo’lishning o’zi kifoya qilmaydi, balki adabiyot bo’yicha ma’lum darajada bilimga ega bo’lish, qisman bo’lsada, fors va arab tillaridan xabardor bo’lish kerak. Buning ustiga adabiy tilde ham ma’lum o’zgarishlar vujudga kelib, keyingi asarlarning tili Navoiy tilidan bir muncha uzoqlashib, farqlanib boradi. Bularning barchasi Navoiy asarlarini qayta bayon etish asosida kitobxonlarga yetkazish ehtiyojini tug’diradi. Bir necha asrli tajriba va o’ziga xos an’analarga ega bo’lgan xalq kitoblari bu borada qo’l kelib, Navoiy dostonlarining xalq kitobi variantlari vujudga keladi», deb yozadi N. Mallaev.
Alisher Navoiy ham turkiy xalqlar folklori obrazlar tizimining badiiy arsenalidan ijodiy o’zlashtirish orqali bahramand bo’lish jarayonida tarixiygenetik jihatdan «Avesto»ga borib taqaladigan ko’plab mifik personajlarni badiiy matn doirasiga olib kirgan. Jumladan, «Sab’ai sayyor»da qo’llanilgan dev, pari, ajdar, Qayumars, Zahhok, Gushtasp, Zol, Jamshid, Afridun, Kurshos, Kayqubod, Kaykovus, Kayxisrav kabilar ana shunday personajlar sirasiga kiradi. Xullas, mif yozma adabiyot taraqqiyotida muhim o’rin tutgan tafakkur durdonalaridan biri bo’lib, insoniyatning eng qadimgi davrlardagi tasavvurlari va e’tiqodiy qarashlarini o’zida aks ettirgan. Bunday qarashlar turli obraz, syujet va motivlar shaklida folklor asarlarida bo’y ko’rsatib, ular orqali yozma adabiyot badiiy olamining teranlashuviga ham katta hissa bo’lib qo’shilgan. Ayni holatni Alisher Navoiy ijodi misolida ham ko’rishimiz mumkin. «Sab’ai sayyor» dostonida shoir o’z badiiy niyatini amalga oshirishda folklor an’analari bilan bir qatorda mifologik tasavvurlar tizimidan ham unumli foydalangan. “Sab’ai sayyor” dostonidagi mifologizmlarni tarixiygenetik xususiyatlariga ko’ra qadimgi turkiy asotirlar, «Avesto» va zardo’shtiylik mifologiyasi, arabislom miflari va xalqimizning inonche’tiqodlarini o’z ichiga olgan xalq qarashlari qatlamiga bo’lib tasniflash maqsadga muvofiqdir. «Sab’ai sayyor» dostonida qadimgi ajdodlarimizning osmon yoritqichlari, sayyoralar harakati va falakiy hodisalarni asrlar davomida kuzatish asosida chiqarilgan hayotiy tajribalarni o’zida mujassamlashtirgan samoviy qarashlari ham aks etgan. Bu asosan sehrli «etti» soni bilan bogliq yetti falak, yetti sayyora, yetti ko’k, yetti kun, yetti rang, yetti qasr, yetti qiz, yetti sayyoh, yetti yil, yetti ota kabi tushunchalar bilan bog’langan bo’lib, asarning syujeti, kompozitsion qurilishi ham bevosita ana shu yettilik mezoniga asoslangan. Asarda qo’llanilgan Xizr, Lot, Manot, Uzzo, Alanquva, obi hayot, pari, dev, ajdar, Sulaymon, Nuh, Qayumars, Zahhok, hushang, Gushtasp, Eram, Azroil, Jamshid, jin, xur, g’ilmon, qaqnus, xumo, bodpo, jon qushi kabi mifologik obrazlarning har biri shoir badiiy maqsadidan kelib chiqib muayyan poetic funktsiyani ado etgan. Alisher Navoiy mifologik obrazlarni badiiy timsol sifatida qo’llagan hamda ulardan poetik san’atlarni vujudga keltirishda samarali foydalangan.
Milliy istiqlol xalq og‘zaki ijodi namunalarini barcha hududlar bo‘yicha izchil to‘plash va bir tizimga solish borasidagi ishlarni jadallashtirib yubordi. Sobiq sho‘rolar mafkurasining tazyiqi tufayli yozib olinishi mushkul bo‘lgan ayrim janrlar, jumladan, marosim folklorining ko‘plab namunalari to‘plandi. Masalan, qadim ajdodlarimiz tafakkurining mahsuli hisoblangan miflar, turli udumlarda ijro etiladigan aytim-olqishlar, «yo ramazon» qo‘shiqlari, nikoh to‘yda aytiladigan qo‘shiqlar, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur singari ulug‘ yurtdoshlarimiz to‘g‘risidagi tarixiy rivoyatlar, joy nomlari, qadimiy shaharlar, qal’alar, ziyoratgohlar, muqaddas mozorlar va qadamjolar bilan bog‘liq afsonalar, rivoyatlar yozib olindi. Istiqlol yillarida xalqimizning tabiat hodisalari, osmon yoritqichlari va an’anaviy taqvim bilan bog‘liq xalq qarashlari to‘plandi, bolalar folklori, beshik to‘yi, sunnat to‘yi va nikoh to‘yi marosimlari bilan bog‘liq namunalari yozib olindi.
Xususan, O‘zbekistonning qadimiy folklor va an’anaviy ijrochiligi saqlanib qolgan Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona vodiysi bo‘ylab ekspeditsiyalar uyushtirildi. Nomoddiy madaniy meros yodgorliklarini keng ko‘lamda to‘plash va xatlovga olish maqsadida 2012-yil 9-18-aprel kunlari Farg‘ona vodiysida o‘tgan ekspeditsiya davomida o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodining “o‘lan”, “lapar”, “yor-yor”, “alla”, “kelin salom”, “kelin o‘tirsin”, “terma-qo‘shiq”, “ashula”, “bayt-g‘azal”, “yig‘i-yo‘qlov qo‘shiqlari”, “rivoyat”, “afsona”, “topishmoq”, “maqol”, “duo-olqish”, “yo ramazon”, “aytishuv”, “kinna aytimlari”, “zikr aytimlari”, “askiya”, “qiziqchilik (kulgi-hikoya)”, “latifa”, tabiat hodisalari bilan bog‘liq xalq qarashlari, mifologik tasavvurlar, xalq kalendariga oid materiallar, ob-havo o‘zgarishlariga oid ta’birlar to‘plandi. Xalqimizning qadimiy dehqonchilik madaniyati bilan aloqador marosimlar zamirida shakllanib, o‘zida serhosillik g‘oyasi hamda tabiatning ko‘klamgi uyg‘onishini tarannum etuvchi “Arg‘uvon guli” nomli an’anaviy bahoriy udum va “Sumbula sayli” folklori yozib olindi.
Istiqlol sharofati tufayli xalq og‘zaki badiiy ijodiyotini to‘plash, sistemalashtirish, ommaviy va akademik nashrlarini amalga oshirish hamda keng ko‘lamli fundamental tadqiqotlar yaratish borasida yirik ishlarni amalga oshirib kelayotgan O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining Folklor arxiviga mamlakatimizning boy madaniy merosni o‘zida mujassamlashtirgan noyob ilmiy ob’ektlaridan biri maqomi berildi. Folklor arxivi mamlakatimizning yetakchi ilmiy fondlaridan biri bo‘lib, unda saqlanayotgan materiallar o‘zbek filologiyasining taraqqiyotini belgilovchi yirik ilmiy ishlarning yaratilishi uchun manba bo‘ladi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin xalq og‘zaki ijodi namunalarini nashr etish ishlari ham sifat, ham miqdor, ham qamrov jihatidan o‘sdi. “Alpomish” dostoni yaratilganining 1000 yilligi keng nishonlanishi munosabati bilan dostonning Fozil shoir, Berdi baxshi, Po‘lkan va Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Saidmurod Panoh o‘g‘li variantlari 1999 yilda alohida kitoblar holida to‘la nashr qilindi. Folklorshunoslik amaliyotida birinchi marotaba “Alpomish” dostoni Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li variantining matni rus tiliga qilingan ilmiy-adabiy tarjimasi bilan birgalikda professor To‘ra Mirzayev tomonidan akademik nashr sifatida chop ettirildi. Rahmatulla Yusuf o‘g‘li repertuaridagi “Go‘ro‘g‘li” turkumiga kiruvchi dostonlar to‘la nashrga tayyorlandi va uning asosiy qismi “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” (1996), “Avazxon” (1997), “Go‘ro‘g‘li dostonlari” (2006) nomi bilan nashr etildi. 5
2006-yilda esa Rahmatulla Yusuf o‘g‘li repertuaridagi “Go‘ro‘g‘li” dostonlari to‘la holda nashr etildi. O‘zbek eposining qadimiy namunalaridan biri – “Ediga” (Tulumxo‘ja) dostoni, afsona va rivoyatlardan tuzilgan “El desa Navoiyni. Hazrat Mir Alisher Navoiy haqidagi rivoyatlar” (1991), “Ipak yo‘li afsonalari” (1993), “Buxoro afsonalari” (2002), uch jildli «O‘zbek xalq ertaklari» (2007), “O‘zbek xalq maqollari” (2012) to‘plamlari bosmadan chiqdi. Xorazm “Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlari birinchi marta to‘la ommalashtirildi. Bu voha baxshilari repertuari asosida “Oshiq” turkumi dostonlari “Oshiqnoma” ruknida olti jildli kitob holida nashr etildi.
Istiqlol tufayli marosim folklorining ilgari bosilmagan yoki qisman ommalashtirilgan namunalari to‘la chop ettirildi. Xususan, o‘zbek folklorshunosligi tarixida birinchi marta Navro‘z bayrami bilan bog‘liq folklor asarlaridan tuzilgan “Navro‘z” kitobi (1992), yilboshi bayrami va bahoriy udumlar bilan aloqador urf-odat hamda marosimlar, unda ijro etiladigan qo‘shiqlar tahliliga bag‘ishlangan “Navro‘z qo‘shiqlari” (2007), “Navro‘z nashidasi” (2010) to‘plamlari, xalqimizning tabiat hodisalari bilan aloqador inonch va ta’birlari jamlangan “Ob-havo darakchilari” to‘plami (1996), “Ulug‘ oy umidlari. “Yo ramazon” qo‘shiqlari» (2001), ta’ziya marosimlari folklori namunalaridan tarkib topgan “Bo‘zlardan uchgan g‘azal-ey” (2005) singari kitoblar xalqimiz marosim folklorini to‘la nashr etish yo‘lidagi muhim qadamlardan hisoblanadi.
Endilikda xalq ijodi namunalarini badiiy tafakkur durdonasi sifatida har tomonlama chuqur o‘rganish tamoyili shakllandi. Jumladan, «Alpomish» dostonining shakllanish tarixi va poetikasi, o‘zbek xalq lirikasining tarixiy asoslari, folklor-etnografik jamoalar ijodiyoti va uning hozirgi adabiy jarayondagi o‘rni, o‘zbek mifologiyasi, dev, yalmog‘iz, pari, ilon-ajdar, Xizr kabi mifologik obrazlar, «Go‘ro‘g‘li» turkumi dostonlarining tarixiy ildizlari, tipologiyasi va badiiyati, afsona va ­rivoyatlar, bolalar folklori, xalq qo‘shiqlari, hozirgi tarixiy-folkloriy jarayon masalalari fundamental tadqiq etildi.6
Har bir xalqning milliy o‘zligi, avvalo, uning urf-odatlari va marosimlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun mustaqillik yillarida marosim folklorining janrlar tarkibi, genezisi va badiiy xususiyatlari, ayniqsa, ­ilgari kam o‘rganilgan janrlarni tadqiq etish tamoyili kuchaydi.



  1. Babayeva D.R. “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” o’quv- uslubiy majmua. Toshkent-2018. 67-98 5

  2. O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to’g’risidagi Nizom. Maktabgacha tarbiya-Toshkent-2010. 198-252 betlar6



Xulosa.
Xalq dostonlarining variantlari va versiyalarini qiyosiy tadqiq etish orqali folklorning milliy o‘ziga xosligini ko‘rsatishga qaratilgan qator ilmiy tadqiqotlar yaratildi. Bu yo‘nalishda Janubiy O‘zbekiston dostonchiligining hozirgi holati va baxshilar repertuari, «Yusufbek va Ahmadbek», «Oshiq G‘arib va Shohsanam», «Shirin bilan Shakar», «Hurliqo va Hamro», «Yozi bilan Zebo», «Ollonazar-Olchinbek», “Tohir va Zuhra” dostonlari variantlarining qiyosiy tavsifi, genezisi va poetikasiga doir tadqiqotlarni eslatib o‘tish lozim. Bu izlanishlar natijasida T.Mirzayevning “Epos i skazitel”, Sh.Turdimovning “Epos va etnos”, “Go‘ro‘g‘li” dostonlarining genezisi va tadrijiy bosqichlari”, ­J.Eshonqulovning “Folklor: obraz va talqin”, “Epik tafakkur tadriji”, “O‘zbek folklorida tush va uning badiiy talqini” kabi yirik ­monografiyalari yaratildi.
Istiqlol yillarida o‘zbek ertakshunosligi yangi bosqichga ko‘tarildi. Folklorshunos olim K.Imomov o‘zbek xalq nasrining janrlar tarkibini tasniflashning ilmiy mezonlarini bayon qildi, ertak va ijtimoiy hayot, ertak motivlari va qadimgi marosimlarning o‘zaro munosabati, o‘zbek xalq ertaklarining asosiy syujet tiplari, obrazlar tarkibi va badiiy xususiyatlariga doir qator tadqiqotlarini, jumladan “O‘zbek xalq nasri poetikasi” nomli monografiyasini (2008) nashr ettirdi.
Mamlakatimizning birinchi Prezidenti ­ Islom Karimovning Navro‘z ayyomini umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash to‘g‘risidagi farmoni asrlar davomida insoniyatni ezgu manzillar sari chorlab kelgan bu benazir an’anaga qayta hayot baxsh etdi. Folklorshunoslikda ham ana shu qadimiy va navqiron bayramning tarixiy ildizlari, rivojlanish bosqichlari, folklorini to‘plash va o‘rganish borasida samarali ishlar qilindi. Jumladan, ushbu satrlar muallifining «O‘zbek xalq taqvimi va mifologik afsonalar» (1994), “Navro‘z bayrami” (2008), “O‘zbek mavsumiy marosim folklori” ­kitoblari, A.Musaqulovning “O‘zbek xalq lirikasi” monografiyasi nashr etildi.
Hozirgi kunga kelib ushbu sohada amalga oshirilayotgan tadqiqotlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-oktyabrdagi “2010 — 2020-yillarga mo‘ljallangan nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 222-son qarori xalqimiz poetik tafakkurining tarixiy-tadrijiy rivoji va taraqqiyot qonuniyatlarini yanada chuqurroq tadqiq etish va folklorning mukammal namunalarini keng ko‘lamda ommalashtirish borasida olib borilayotgan izlanishlarga qanot baxsh etdi. Folklorshunos olimlar mazkur “Davlat dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligini asar matni, ­notasi va izohlari bilan nashrga tayyorlash natijasida xalq ijodiyotining eng sara namunalari jamlanmasini yaratishga kirishdilar.
Xalqimiz tomonidan asrlar mobaynida ijro etilib, sayqallanib kelgan folklor asarlarining sho‘ro davri mafkurasiga muvofiq keladigan qismlari ajratib olinib, qisqartirilib, qayta ishlanib, tahrir qilinib nashr etilgani esa xalq ijodiyotining badiiy-estetik tabiatiga zid bo‘lgan g‘ayriilmiy yondoshuv edi. Shu bois, o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodi asarlarining matnini hozirgi zamon folklorshunosligining eng yangi ilmiy-nazariy kontseptsiyalari asosida tadqiq etish hamda har bir asar matnini u haqidagi fundamental ilmiy tadqiqot, izohlar, nota yozuvlari, lug‘at va ko‘rsatkichlar, rus va ingliz tillaridagi annotatsiya bilan to‘la nashrga tayyorlab, mazkur nashrga oid fotomateriallar bilan birga nashr etish xalq badiiy ijodiyoti durdonalarini yanada kengroq ko‘lamda ommalashtirish imkonini beradi. “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligi xalq og‘zaki poetik ijodi durdonalarining mukammal kulliyoti bo‘lib, Sharq xalqlari ma’naviy taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan milliy badiiy tafakkurimizning jahon xalqlari poetik madaniyati kontekstida tutgan ­o‘rnini ko‘rsatishga xizmat qiladi.



Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling