Mavzu: Badiiy asar bilan ishlash bosqichlari va strategiyalari. Adabiy ta'limda baholash turlari va mezonlari Reja: Badiiy asar bilan ishlash bosqichlari va strategiyalari 2


Download 48 Kb.
bet1/3
Sana07.09.2023
Hajmi48 Kb.
#1673798
  1   2   3
Bog'liq
7-MAVZU


Mavzu: Badiiy asar bilan ishlash bosqichlari va strategiyalari. Adabiy ta'limda baholash turlari va mezonlari
Reja:
1. Badiiy asar bilan ishlash bosqichlari va strategiyalari
2. Adabiy ta'limda baholash turlari va mezonlari

Badiiy asar tahlili ham badiiy asar ustida ishlash bosqichlarining eng muhimlaridan biridir. Tahlilning maqsadi, vazifasi, tarkibi va o‘ziga xos mazmuni mavjud. Biroq ularni har doim bir xilda bo‘ladi, deb tasavvur qilish to‘g‘ri emas. Har bir ijodkor, har bir asar bilan bog‘liq holda tahlil ham o‘ziga xoslik kasb etadi. Badiiy asarni «o‘kish, xususan, uqish o‘ziga xos ijoddir. Kitobxon – badiiy matn unga xoh yoqsin - xoh yoqmagan bo‘lsa-da - his-hayajonga beriladi, u haqda o‘ylay boshlaydi. Kitobxon ijodining bu bosqichida badiiy matn yo badiiy asar sifatida qabul qilinadi, yo badiiylikka aloqasi yo‘q matoh sifatida inkor etiladi»1.


Safo Matjonning qayd etishicha, «Aslida kitobxon ham yozuvchi singari ijodkor. U asar mutolaasi jarayonida muallif faoliyatini takrorlash yo‘lidan boradi. Yozuvchi ijodining murakkabligi shundaki, u xayolida tug’ilgan g‘oyani adabiy qahramonlarning xatti-harakati, kurashlari misolida konkretlashtirsa, kitobxon unga teskari - adabiy qahramon xatti-harakati, kurashlari tasviridan umumiy xulosalar chiqarish yo‘lini tutadi»2. Demak, tahlil jarayonida mana shu psixologik-ijodiy holat nazarda tutilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Barcha tahlillar uchun qo‘yiladigan asosiy talab – ilmiylikdir. Real nazariy asoslarga, badiiy-estetik mantiq talablariga javob bera oladigan tahlil o‘quvchining haqiqiy yordamchisi bo‘la oladi. Tahlil albatta, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini nazarda tutgan bo‘lishi kerak. Tahlillar uchun qo‘yiladigan asosiy talablardan yana biri uning tarbiyaviy maqsadlarni ko‘zda tutishidir. Folklor yoki yozma adabiyot namunasi, ijodkorning tarjimayi holi yoki muayyan bir asar, epik, lirik yoxud dramatik turga mansub ijod namunasi tahlil qilinar ekan, ular o‘z-o‘zicha emas, balki muayyan pedagogik maqsadni ko‘zda tutgan holdagina tahlil qilinishi shart. Bu jihatlarga e’tibor berilmas ekan, ko‘zlagan asosiy maqsad samarasiz bo‘lib qolaveradi.
Metodist olima M.Mirqosimova ko‘rsatib o‘tganiday: «Adabiy tahlil she’r yoki nasriy asarni ifodali o‘qishdan boshlanadi; o‘qish davomida ijodkor yaratgan tafakkur tarzi anglanadi, o‘zlashtiriladi, muhokama qilinadi, kitobxon ko‘z o‘ngida yaratilgan poetik manzara yoki holat ham tashqi, ham ichki harakatlar, tuyg‘ular orqali idrok etiladi, his qilinadi. O‘sha ta’sirchan manzarani yaratishda shoir yo yozuvchi qo‘llagan tasviriy vositalarga sirtdan ahamiyat berilmaydi, asosiy e’tibor o‘qish jarayonida mazmunga, obrazning ichki ma’nolariga jalb etiladi. Ammo, tahlil jarayonida ana shu ma’nolarni ifoda etishga safarbar qilingan barcha vositalar o‘rganiladi. Xilma-xil davrda yashab ijod etgan ijodkorlar yaratgan asarlarni badiiylik, hayotiylik va ta’sirchanlik mezonlari asosida o‘rganish maktab adabiy ta’limining bosh vazifasini belgilaydi»3.
Tajribalardan ma’lum bo‘ldiki, qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga ko‘ra ham badiiy asar tahlilining: a) ilmiy (filologik); b) o‘quv ( didaktik) singari ikki turi mavjud.
Filologik (ilmiy) tahlil adabiy asarning yozilgan hamda o‘rganilayotgan paytdagi badiiy va hayotiy mantig‘i hamda estetik o‘ziga xosligini anglashga yo‘naltirilgan intellektual-hissiy faoliyatdir. Ilmiy tahlilda badiiy asardan chiqarilgan xulosalarning adabiyottanuvchilik ilmi erishgan darajalarga muvofiq kelishi talab etiladi. Tahlil jarayonida bildirilayotgan har bir fikr ham mantiqiy tushunchalar, ham estetik qonuniyatlar bilan asoslangan bo‘lishi lozimdir. Shuningdek, ilmiy tahlilda o‘rganilayotgan asarning umummilliy adabiyotdagi o‘rni va milliy tafakkur taraqqiyotiga tahsiri darajasi tayin etilishi ko‘zda tutilishi kerak.

Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling