Mavzu: Badiiy asar kompozitsiyasi tushunchasi haqida nazariy qarashlar Kompozitsiya va arxitektonika


Download 9.41 Kb.
bet1/3
Sana09.02.2023
Hajmi9.41 Kb.
#1181318
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu Badiiy asar kompozitsiyasi tushunchasi haqida nazariy qar-www.hozir.org


Mavzu: Badiiy asar kompozitsiyasi tushunchasi haqida nazariy qarashlar Kompozitsiya va arxitektonika

Mavzu: Badiiy asar kompozitsiyasi

1.Kompozitsiyasi tushunchasi haqida nazariy qarashlar

2.Kompozitsiya va arxitektonika

3.Kompozitsiya unsurlari: portret, peyzaj, interyer
Reja:

kompozitsiya

Lotincha «componere»
yig‘ish, qurish


Badiiy asar qurilishi masalasi har doim poetikaning serqatlam va munozarali mavzularidan bo‘lib kelgan. Turli adabiyotlarda, ensiklopedik lug‘atlarda kompozitsiya istilohiga turlicha talqin va izohlar berib kelinadi. Kompozitsiya san’atshunoslikda lt. «componere» — yig‘ish, qurish ma’nosida qo‘llanilib, turli tembrlarni umumlashtiruvchi musiqiy tizimni bildiradi. SHundan kelib chiqqan holda musiqiy asar ijodkoriga kompozitor deyiladi. Adabiyotshunoslikka kompozitsiya tushunchasi tasviriy san’at va me’morchilikdan kirib kelgan. Bu sohalarda kompozitsiya asar qismlarining birikib, bitta badiiy butunlikni hosil qilishidir. Badiiy adabiyotda esa badiiy asar qurilishini yaxlit tarzda ifodalovchi shakl va mazmun uyg‘unligini ta’minlovchi hodisa hisoblanadi.
Kompozitsiya, shuningdek, lotincha compositio — tarkib topish, bog‘lash so‘zlaridan ham oziqlangan holda badiiy asar qurilishi, asar shaklining tashkiloti, strukturasi, ma’nolarini anglatadi. «Kompozitsiya» tushunchasi ahamiyatiga ko‘ra «badiiy asar strukturasi» tushunchasiga yaqin, ammo asar strukturasi deyilganda, uning barcha unsurlari (unsurlararo bog‘liqlik ham) nazarda tutiladi. Asar strukturasini yana mazmunga daxldor unsurlar (personajlarning syujetdagi o‘rni, qahramonlarning o‘zaro munosabati va mutanosibligi, muallif pozitsiyasi, motivlar tizimi, vaqt harakati tasviri va h.k.) ham tashkil etadi.
Qadimgi Rim huquqshunosligida «kompozitsiya» muxolif tomonlarning muayyan kelishuvga kelishlarini, sport musobaqalarida kurashchilarni bir-birlari bilan uchrashtirib qo‘yish ma’nolarida qo‘llangan.

Download 9.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling