“Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzu bo’yicha qisqacha ma’lumot berishadi.
“Baliq skeleti ” metodi orqali badiiy asar tahlil bosqichlari sanaladi
Bunda har bir o`quvchi doskaga chiqarilib, o`z fikrini yozadi hamda uni ilmiy asoslab beradi. Fikrlar takrorlanmayotganiga o`qituvxhi e`tibor berib turishi lozim.
Badiiy tahlil
bosqichlari
Ushbu metoddan foydalanish o`quvchilarda o`z fikrini asoslab bera olish hamda o`g`zaki bayon eta olish qobiliyatini rizojlantiradi.
Bu jarayonga 10 daqiqa ajratilishi kifoya
“Nima uchun?”metodi
O`tgan dars mavzusini mustahkamlash uchun o`quvchilarga list tarqatiladi hamda badiiy tahlilda adabiy jarayon bahosining tutgan o`rni haqidagi fikrlari aniqlashtiriladi.
Muammo o`rtaga tashlanadi:
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:
O’zbekiston mustaqilligi adabiyoshunoslik, adabiy tanqid oldida yangi imkoniyatlarni paydo qildi. Sho’ro davri adabiy tanqidchiligi haddan tashqari mafkuralashtirlgan, sosialistik realizm nomli metod badiiy adabiyotning qo’l-oyog’iga kishan solgan yedi. O’anday bedodlikni, adabiy tanqid «hye» yo’q, «be» yo’q barcha kitobxonlarning, jamiki yozuvchi-ijodkorlarning o’qituvchisi-rahnamosiga aylanib qolsa. Adabiy tanqid «rahnamolik»ni shu darajada uddaladiki, manman degan san’atkorlar asarlari yaroqsiz deb topildi, yuzlab, minglab yozuvchilar xalq dushmani sifatida otildilar, osildilar, zindonband qilindilar. Adabiy tanqid ijtimoiy qiyosiy, tipologik talqin yo’lidangina bordi. Adabiy tanqidning germenevtika, aksiologiya, qadriyat singari tushunchalari chetga surib tashlandi. Adabiy tanqid zo’r berib ijobiy va salbiy qahramon masalasini bayroq qilib ko’tardi. Kommunist obrazini yaratish xalqlar do’stligi muammosini yoritishda tappa-tayyor qoliplardan foydalanildi.
O’zbekiston Mustaqilikka yerishgach, jahon adabiyoshunosligi, tanqidchiligi mag’no-mohiyati shakli-shamoyili ko’zga yaqqol ko’rindi. G’arb, anglo-amerika adabiyoshunosligi badiiy asarni o’qish anglash yestetikasini yaratib bo’lgan,
talqinu baholash nazariyasi bobida katta yutuqlarga yerishgan yekan.O’zbek tanqidchililigiga badiiy asarga yondashuvning yangi ko’rinishlari, talqinning yangidan yangi shakllari kirib kela boshladi.G’arbda taraqqiy yetgan talqin, baholash yo’sinlari mumtoz adabiyoshunosligimizda mavjud bo’lgan. G’arbda «germenevtika», «aksimologiya», «interpretasiya», «biografiya» singari so’zlar mavjud yedi. Sharqda, musulmon adabiyoshunosligida izoh, sharh, tafsir, talqin, ta’vil, manoqib, tazkira singari imtihonlar ko’p bo’lgan. Biz ushbu maqolalmizda badiiy matn tarkibi, ma’nolar ko’chimi, tayanch so’zlar-struktura, strukturalizm haqida fikr-mulohaza yuritar yekanmiz, mustaqillik tufayli adabiy tanqidda qayta jonlana boshlagan bir muammoni qayta ko’rib o’tamiz. Badiiy asar o’ziga xos mikromir: san’atkor asar vositasida olam-olam fikrlarni bildiradi, g’oyalarni ifodalaydi. Biz Borliqni qanday o’zlashtirsak, san’atkor matnini shunchalik sinchiklab o’rganamiz.
Adabiyotshunos olimlarning o`rni
Jahon adabiyoshunoslari tomonidan biografik metodninga soschisi deb e’tirof etilgan SharlSent-Byov (1804-1869) 1821 yili Burbonnomidagi kollejda ta’lim olar ekan, falsafa o’qituvchis iDamiron o’z shogirdlariga har qanday ijod namunas imuallif shaxsiyati bilan bir butunlikda o’rganilishi lozim, degan fikrni uqtirar edi.1Damiron ma’ruzalari ga asos bo’lgan «Fransuz falsafasi tarixi» talaba Sharlning eng sevimli kitobiga aylanadi. Uning dastlabki ilmiy tadqiqoti ham aynan falsafiy mavzuda bo’lib, «Barhayo truh haqida» deb nomlanadi.
YoshYemilgaAlentomonidano’qtirilgangumanizmkonsepsiyasibo’lajakolimilmiy -falsafiyqarashlariningo’zagigaaylanadi. AndreMoruaningbutunilmiy-ijodiyfaoliyatiadabiyjarayonnibiografiktalqinetishgaqaratilgan. Tadqiqotchilarning qayd etishicha, «Moruaijodiy evolyuiyasi Shellidan Balzakkacha bo’lgan biografik tadqiqotlarda namoyon bo’ladi».2A.Moruaning «Labryuyerdan Prustgacha» (1964), «Prustdan Kamyugacha» (1963), «Jiddan Sartrgacha» (1965), «Aragondan Moterlangacha» (1967) sarlavhalari ostida nashr etilgan to’rt jildlik yirik tadqiqotida biografik metodning ilmiy-nazariy prinsiplar io’z ifodasini topgan.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
“Aqliy hujum ” metodi orqali o`qituvchi o`quvchilarga quyidagicha savollar beradi:
Badiiy asar o`zi nima?
Badiiylik deganda nimani tushunasiz?
Adabiyotning inson hayotida tutgan o`rni qanday?
Asar insonga yomon ta’sir qilishi ham mumkinmi?
Og’zaki savol-javob.
Yo'l qo'yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar to’planib tahlil qilinadi.
O`tgan asrda adabiy jarayonning asarlarga bergan bahosi haqida o`quvchilar bilimini tekshirish uchun “Klaster ” metodidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |