Mavzu: Baholovchi tashkilot tomonidan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish Bajardi


Download 73.25 Kb.
bet2/10
Sana28.02.2023
Hajmi73.25 Kb.
#1235508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish.Kurs ishi-1-1

Kurs ishining obyekti bo’lib, investitsiya loyihalari hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti bo’lib, investitsiya loyihalari asosida yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish jarayonida vujudga keluvchi munosabatlar tizimi hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi. Baholovchi tashkilot tomonidan investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga oid nazariy va amaliy bilimlarni o‘rganish negizida turli qonun va me’yoriy hujjatlarning mazmun- mohiyatini tahliliy ochib berish va tizimlashtirish orqali zaruriy bilim va ko‘nikmalarni egallash, muhim nazariy va amaliy xulosalarni shakllantirish hamda shaxsiy fikr va qarashlarni asoslab bera olish qobiliyatiga erishishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:

  • baholash tashkilotining qo‘shimcha professional xizmati sifatida investitsion loyihalarning mazmun mohiyatini, ularning ishlab chiqilishi, amaliyotda qo‘llanilishini o‘rganish;

  • investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda hujjatlashtirish va tahlil qilish jarayonlari haqida amaliy ko’nikmaga ega bo’lish;

  • investitsiya loyihasini amalga oshirishning asosiy bosqichlarini bayon etish;

  • investitsiya loyihalarini tahlil qilishda smeta qiymati va loyihaning umumiy xarajatlar tarkibi tuzilishini o’rganish.

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, 4 ta qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.
1.Investitsiya loyihasi – baholash tashkilotining qo‘shimcha professional xizmati sifatida
Har qanday obyektni qurish, hoh u ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lishidan qat’iy nazar tegishli loyiha asosida amalga oshirilishi kerak. Qurilishni loyihalashtirish muhim ahamiyatga ega, chunki sifatli loyiha asosida qurilgan korxona kelgusida samarali ishlashi mumkin.
Qurilish bo‘yicha loyihalashtirish ishlarini shu yo‘nalishda ish olib borish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan loyiha tashkilotlari olib boradi. Ba’zi bir muhim tarmoqlarda (metallurgiya, mashinasozlik, energetika va h.k.) ixtisoslashtirilgan tarmoq loyiha tashkilotlari tashkil etilgan. Ular ichidan eng kattasi va yuqori malakali kadrlarga ega bo‘lgan tashkilot bosh loyihalashtiruvchi tashkilot sifatida faoliyat ko‘rsatadi. U yoki bu tarmoqqa xizmat ko‘rsatuvchi bosh loyihachi tashkilotlarga (institutlarga) qolgan barcha loyihachi tashkilotlarning ishini muvofiqlashtirish vazifasi topshiriladi. Bosh loyihachi tashkilot rahbarligida va uning bevosita qatnashuvi asosida loyihalarning texnik iqtisodiy asoslanishi amalga oshiriladi. Shu maqsadda bosh loyihachi tashkilotlar korxonalarni loyihalashtirish, ularni qurish va ekspluatatsiyaga topshirish ishlari bo‘yicha mahalliy va xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni amalga tatbiq etish bo‘yicha izlanishlar olib boradi. Bundan tashqari loyihalashtirish bosh institutlari shu tarmoq yo‘nalishidagi institutlarga loyihalashtirish ishlari bo‘yicha yordam beradi va ular tomonidan ishlab chiqilgan loyihani ekspertiza qiladi.
Tarmoq loyiha tashkilotlaridan tashqari ixtisoslashtirilgan tarmoqlararo loyiha tashkilotlari ham mavjud bo‘lib, ular qisqa ixtisoslashtirilgan yo‘nalish bo‘yicha loyihalash ishlarini olib boradi. Masalan: fundament, kanalizatsiya, elektr tarmoqlari va h.k.
Yirik va murakkab sanoat ishlab chiqarish investitsiya loyihalarini loyihalashtirish bir qancha turli ixtisoslikdagi loyihachi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi (subloyihalashtiruvchilar). Loyihalashtirish ishlari boshlanmasdan oldin bosh loyihalashtiruvchi tashkilot buyurtmachidan (quruvchidan) loyihalashtirish bo‘yicha topshiriq oladi va korxonani loyihalashtirishning butun muddatiga bosh shartnoma tuzadi.
Bosh loyihalashtiruvchi tashkilot bilan kompleks loyihalashtirishda ishtirok etayotgan loyihachi tashkilotlar o‘rtasida loyihalashtirish ishining hajmi va uning muddati kelishilgan holda shartnoma tuziladi. Loyiha-qidiruv ishlarini moliyalashtirish buyurtmachining mablag‘lari hisobiga amalga oshriladi. Buyurtmachi davlat, mahalliy davlat organlari va tijorat tashkilotlari bo‘lishi mumkin.
Bosh loyihachi tashkilot buyurtmachi (quruvchi)ga loyiha ishlari sifati va uni o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha javobgardir. Subloyihachi tashkilotlar esa bosh loyihachi tashkilot oldida o‘zlariga yuklatilgan loyihalash ishlari bo‘yicha javobgardir. Loyihalashtirish ishlari yakunlanadigan keyin bosh loyihachi tashkilot loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun buyurtmachiga (quruvchiga) beradi. Buyurtmachilar (quruvchilar) loyiha hujjatlarini o‘zlari, davlatdan tashqari va davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazadi.
Qurilish loyihasi kerakli texnik va iqtisodiy hujjatlar to‘plamidan iborat bo’ladi. Sanoat korxonasining qurilishi loyihasida ishlab chiqarilishi mo‘ljallanayotgan mahsulot nomenklaturasi, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qurilish joyi, xom-ashyo, yoqilg‘i, energetik baza, xo‘jalik aloqalari o‘rganiladi. Bundan tashqari loyihalashtirilayotgan tashkilotning ishlab chiqarish texnologiyasi texnik ta’minlanishi aniqlanadi va obyektni qurish va ekspluatatsiyaga topshirish bo‘yicha iqtisodiy ko‘rsatkichlar hisob-kitob qilinadi. Loyihaning texnik va iqtisodiy qismi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va bitta texnik-iqtisodiy hujjatni tashkil etadi.
Investitsiya loyihasi to‘liq va mukammal hisob-kitoblar yordamida asoslangan yuridik hujjatlar to‘plami hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 9-apreldagi 165-sonli “Chet el investitsiyasi ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq investitsiya loyihasi - bu ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yo‘naltirilgan, texnik-iqtisodiy, biznes-boshqaruv, marketing va ishlab chiqarish rejalari kabi aspektlar asoslangan, turli moliyaviy manbalar mablag‘lari ishtiroki nazarda tutilgan kompleks hujjatlar yig‘indisi hisoblanadi.
Investitsiya loyihasi investitsion tadbirkorlik va tashabbusning natijasi sifatida yaratilgan investitsion hujjat bo‘lib, investitsiyalar bilan ta’minlangan har qanday tadbirlar majmuasi hisoblanadi, ya’ni u cheklangan muddat davomida foyda olish yoki ijtimoiy samaraga erishish yo‘lidagi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq tadbirlar yig‘indisidir.
Investitsiya loyihalari turli maqsadlarda tuziladi va amalga oshiriladi, bunda ularni to‘rt turga ajratish mumkin:

  • yangi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni tashkil etish;

  • ishlab chiqarishni yoki xizmat ko‘rsatishini kengaytirish;

  • ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;

  • davlat tashkilotlari talabini qondirish, ularni maxsulot va xizmatlar bilan ta’minlash.

Amaliyotda investitsiya loyihalarining turlicha klassifikatsiyalari mavjud bo‘lib, belgilariga qarab investitsion loyihalarning quyidagi ko‘rinishlarini ajratish mumkin.
Amalga oshirish muddati bo‘yicha:

  • qisqa muddatli – 3 yilgacha

  • o‘rta muddatli – 3-5 yil

  • uzoq muddatli – 5 yildan ortiq.

Ko‘lami bo‘yicha (ko‘p hollarda loyiha masshtabi investitsiya hajmi bilan aniqlanadi):
- kichik loyihalar;
- o‘rta loyihalar;
- yirik loyihalar;
- megaloyihalar.
Asosiy yo‘nalishi bo‘yicha:
- tijoriy loyihalar;
- ijtimoiy loyihalar;
- ekologik loyihalar.
Loyihaning bir qancha o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lib, lekin uning asosiy 4 ta belgisi loyihani boshqa turdagi faoliyatlar va tadbirlardan alohida ajratib turadi:
1. Loyiha maqsadlari aniq belgilangan bo‘lishi kerak. Loyiha maqsadining aniq belgilanishi ana shu loyihani samarali amalga oshishiga yordam beradi. Agar loyihaning dastlabki maqsadlaridan voz kechilsa, bu loyihaning umuman amalga oshmay qolishiga, loyiha tugallanmay qolishiga sabab bo‘ladi.
2. Loyiha aniq (odatda oldindan belgilangan) muddat davomida amalga oshishi lozim. Qachonki loyihada ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlarga erishilsa, shundagina loyihani tugallangan deb hisoblash mumkin. Loyihani bunda samarali amalga oshish kafolati bo‘lib belgilangan vaqt, muddat davomida kerakli resurslarni va harakatlarni optimal taqsimlash hisoblanadi.
3. Loyihada o‘zaro bog‘liq harakatlarni bajarilishini muvofiqlashtirish lozim. Loyiha o‘z mohiyatiga ko‘ra murakkab hisoblanadi: loyihani amalga oshirish deganda bir qancha tadbirlarni (operatsiyalarni, amallarni, ishlarni) amalga oshirish tushuniladi. Ana shu ishlar, tadbirlar va faoliyatlar o‘zaro bir - birlari bilan bog‘liq hisoblanadi. Ba’zi faoliyatlar parallel ravishda bajarilsa, ba’zilari qat’iy ravishda ketma-ket bajarilishi lozim. Bunday o‘zaro bog‘liqlik va ketma-ketlik buzilsa, loyihani amalga oshmay qolish xavfi tug‘iladi.
4. Loyiha unikal bo‘lishi lozim. Har bir loyiha o’z xususiyatlariga va belgilariga ega. Mutlaq bir-biriga o‘xshash loyihalar bor, deb ayta olmaymiz. Garchi ularni amalga oshirish uchun bir xil faoliyatlar bajarilsada, bir xil loyihalar mavjud bo‘lmaydi.
Har bir loyihaviy faoliyat quyidagi 3 ta chegaralanishga ega:
1. Vaqt bo‘yicha chegaralanishi;
2. Pul resurslari bilan chegaralanishi;
3. Texnik vazifalar bilan chegaralanishi (ishlar va operatsiyalarning turlari va sifatiga bo‘lgan talab, investitsiya faoliyati obyektining texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari).
“Loyiha” tushunchasi torroq ma’noda ham ishlatiladi. Loyiha deganda ba’zida texnik materiallar (chizmalar, binolarning, inshootlarning, mashinalar va uskunalarning maketi va h.k.) shuningdek, qandaydir hujjatning (shartnomaning) matni, amalga oshirilmoqchi bo‘lgan reja yoki g‘oya tushuniladi. Loyihalarda yuqoridagi hayotiylik davri muddatlari loyiha ishtirokchilarining optimal foyda olish bo‘yicha maqsadlari va rejalaridan kelib chiqib belgilanadi.
Investitsion loyihalarning samaradorligini baholash texnik, texnologik, moliyaviy, tarmoq yoki hududiylik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan holda yagona tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Ular quyidagidan iborat:
- loyihani uning butun hayot sikli davomida ko‘rib chiqish;
- pul oqimlarini modellashtirish, bunda loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq barcha pul tushumlari va hisobot davridagi turli valyutalarni ishlatish ehtimolligini hisobga olgan holdagi xarajatlar kiritiladi;
- ishonchlilik va maksimum samara.
Investitsiya loyihalarini har tomonlama (xususan, moliyaviy, texnologik, tashkiliy) xarakterlash mumkin. Bularning har biri investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda muhimdir, lekin ko‘p hollarda investitsiya faoliyatida moliyaviy va iqtisodiy mezonlar hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Moliyaviy tahlil xarajatlar va daromadlar, aktivlar va passivlar bo‘yicha tegishli tijorat ma’lumotlarni (shuningdek tegishli moliyaviy resurslar, xizmatlar va tovarlar oqimi haqidagi ma’lumotlarni) tizimli tasavvur etish va qayta ishlashga asoslanadi. Xo‘jalik faoliyati tahlili tizimi har doim korxonaning moliyaviy holatini, ya’ni balans hisobotlaridagi aktiv va passivlari, xarajatlar, majburiyatlar (hisobot davridagi) va sof daromad bo‘yicha hisobotda ko‘rsatilgan daromadlarni aks ettiradi. Bundan tashqari, bu hisob tizimi ishlab chiqarish va marketing xarajatlarini aniqlash uchun ham muhimdir, ya’ni sof daromad bo‘yicha hisobot tuzishda, shuningdek samarali moliyaviy rejalashtirish, mahsulotga bo‘lgan narx kalkulyasiyasi va xarajatlarni nazorat qilish uchun zarur.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning ahamiyati benihoya katta bo‘lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
- birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;
- ikkinchidan, import o‘rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo‘naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi;
- uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o‘sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi;
- to‘rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;
- beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko‘maklashadi va h.k.
Investitsiya loyihalari, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya’ni neft va ximiya sanoati, transport, energetika, er osti qazilma boyliklarini ishlab chikarishga, qurilish, telekommunikatsiya tarmoqlariga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga va ularni keng qayta ishlashga, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatda investitsion loyihalarni moliyalashtirish jarayonini samarali olib borish, kelgusida yuqori daromad keltirib, iqtisodiyotdagi ishsizlik masalasini hal etishda ham muhim omil bo‘lib hisoblanadi.



Download 73.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling