Mavzu: Bajardi: Tekshirdi: Angren 2023 G’arb mutafakkirlarining odob axloq va ta’lim tarbiya haqidagi g’oya va nazariyalari


G’arbiy Evropada maktab pedagogik ta’lim va tarbiya, pedagogik fikrlar tartibi


Download 207.92 Kb.
bet3/3
Sana28.03.2023
Hajmi207.92 Kb.
#1303536
1   2   3
Bog'liq
G’arb mutafakkirlarining odob axloq va ta’lim tarbiya haqidagi g

G’arbiy Evropada maktab pedagogik ta’lim va tarbiya, pedagogik fikrlar tartibi.

G’arbiy Evropa mamlakatlari o’rta asrlarga kelib ikki guruhga bo’lingan. Etti fanni o’z ichiga olgan ta’lim dasturi ishlab chiqildi.


Birinchi guruh uchta fandan iborat bo’lib, uni lotincha «trivium» nomi bilan atalgan. Bunga grammatika ya’ni, lotin tili grammatikasi, ritorika va dialektika kiritildi.
Ikkinchi guruh fanlariga to’rtta fan kiritilib, unga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa fanlari kiritildi va ushbu guruh «kvadrivium» deb nomlangan. ushbu fanlarning jami etti fandan iborat bo’lgani sababli uni «etti erkin san’at» deb ataldi. Mazkur o’quv fanlari qadimgi Yunoniston ta’lim tizimidan olingan bo’lib, o’rta asrlarda ularga diniy mazmun berildi va ushbu fanlarning barchasi ramzlar bilan diniy ma’noda tushuntirilar edi. Masalan, grammatikani o’rganishdan maqsad, muqaddas diniy kitoblarni o’qish, o’rganish va bilib olish ramzi bilan, ritorikani o’rganish, notiqlik san’atini, uning nazariyasini o’rgatishdan maqsad va’zxonlik qilish, xutba o’qish san’atini egallab olishni, musiqani o’rganish esa diniy musiqiy o’qish nazarda tutilgan. Ya’ni katolik cherkovida ibodat vaqtida organ – musiqiy asbob chalinib, diniy ashula aytish nazarda tutilgan.
Dialektika – munozara, baxslashish san’ati deb tushunilgan va katolik diniga qarshi chiquvchilar bilan baxs-munozara qilishga yordam beradigan fan deb hisoblangan. Xatto matematika faniga ham diniy ma’no berilgan. Geometriya fani cherkov binolarini qurish uchun zarur fan deb hisoblangan, arifmetikani o’qishda ayrim sonlarni ramz bilan diniy ma’noda tushuntirilgan. Masalan,  raqami – xudoning birligi ramzi deb tushuntirilgan.
Astronomiya fanidan diniy kalendar tuzishda foydalanilgan. Ushbu g’oyalar asosida barcha fanlarning toji - teologiya deb hisoblangan. Shuning uchun ham o’rta asrlarda beriladigan ta’lim dasturlari cherkov maktablari orqali amalga oshirilgan.
Cherkov maktablarining asosiy turlari : prixod maktabi – cherkovga qarashli maktab, monastir maktabi ya’ni bosh cherkov yoki spiskop maktablaridan iborat bo’ladi.
Prixod maktablari boshlang’ich diniy maktablar bo’lib, unda o’g’il bolalar o’qir eli. Ular mahallalardagi cherkovga qarashli bo’lib, ruhoniy yoki uning yordamchisi o’qituvchi vazifasini bajarar edi.
Prixod maktablarida bolalar xristian dini asoslari qoidalarini, diniy ashulalar aytishni, lotin tilida o’qish va yozishni o’rgatilar edi. Ba’zan bolalarga boshlang’ich hisob ilmini ham o’rgatilardi.
Monastir maktablarida maktablar bo’lgani sababli maktab nomi shu nom bilan yuritilgan. O’rta asrlar Evropasidagi monastirlar faqat tarki dunyo qilgan, monaxlar yashaydigan diniy muassasa bo’lib qolmay, ba’zi joylarda ular o’z davriga munosib madaniyat markazi, ma’rifat o’chog’i hisoblanar edi.
Qadimgi Evropada monastir maktablar bo’lgani sababli shu nom bilan yuritilgan. Bu davrda monastirlar faqat tarki dunyo qilgan monaxlar yashaydigan diniy muassasagina emas, balki madaniyat markazi, ma’rifat o’chog’i hisoblshangan. Bunday monastirlarda turli kitoblarda ko’chirmalar qilinib, kutubxonalar tashkil etilgan. Bunday monastirlarda ba’zi monaxlar ilmiy muammolar ustida ishlaganlar.
Monastir maktablarda o’qitish vazifasi uchun maxsus monastirlar tayinlangan.
Monastir maktablarining ko’pgina prixod maktabida o’qitiladigan fanlardan taqshari yuqorida aytilgan, «ettita erkin fanlar» dan dars berilar edi. Mazkur o’quv fanlari Yunoniston ta’lim tizimidan olingan bo’lib, diniy mazmun berildi. Monastir maktablarida dastlab monax bo’lishga tayyorlangan, o’g’il bolalar qabul qilingan bo’lib, keyinchalik barchani qabul qilish boshlandi. Shu sababli monastir maktablari ichki monastir devori ichida va tashqi tomonda joylashib, ularga bosh spiskop maktablari yoki cherkovmaktablari deb atalgan.
O’qish spiskop tomonidan tasdiqlangan diniy darsliklari va diniy aqidalarni yodlash bilan band bo’lganlar, intizom qattiq bo’lib biror ayb qilgan o’quvchi shafqatsiz savalangan. O’rta asrlar G’arbiy Evropada mulkdor feodallar va aslzoda feodallar oilasida tug’ilgan qiz bolalar xotin – qizlar monastiri ichida yoki maxsus murabbiylar va oilaga biriktirilgan ruhoniy tomonidan tarbiya berilgan.
G’arbiy Evropada dunyoviy feodallar muhitida rio’ar fazilatlariga ega bo’lgan tajribali mohir va mard jangchi, olijanob nazokatli, odobli, xushmuomalali, vijdonli, fidokor va sodiq insonni tarbiyalash bilan bog’liq tarbiya tizimi – ya’ni rio’ar tarbiyasi paydo bo’ldi. G’arbiy Evropa mamlakatlarida XII asrga kelib rio’ar tarbiyasi to’la tarkib topdi.
Rio’ar tarbiyasining mazmuni rio’arlarga doir etti fazilatdan iborat edi : ot minib yugurish, qilichbozlik, nayzabozlik, suzish, ov qila bilish, shashka, keyinroq shaxmat o’ynashni bilish, she’r to’qish va qo’shiq ayta olish kabi bo’lib, ulardan uchtasi rio’arga berilmog’i zarur bo’lgan harbiy tarbiyaga taaluqli edi : rio’ar otliq askar, qilich va nayza o’sha davr jangchisining asosiy quroli edi.
Suzish va ov qilishni bilish jismoniy chiniqish, chaqqonlin va chidamlilikni o’stirish uchun talab etilardi. Ov qilish o’zining qaerdaligini bilish, jismoniy chiniqish topqirlik, xushyorlik kabi fazilatlarni o’stiradi.
Shaxmat, shashka o’ynash vaqtni band qilish, mudofaa rejasini tuzish qobiliyatini o’stiradi. She’r, qo’shiq aytish ham o’zining sodiqligini izhor etishdir.
Rio’ar yuqoridagi ettita fazilatni egallash bilan birga uning amaliy jihatlariga amal qilishi talab etilgan. Ya’ni rio’ar o’z o’g’lini  yoshdan siyuzerenning saroyiga joylashtiradi, uning o’g’li bu erda 14 yoshgacha paj vazifasini bajaradi, ya’ni ovqat vaqtida xizmat qiladi, xonimlarning yumushlarini bajaradi, ular bilan sayrga chiqadi, saroydagi yumushlarni bajaradi, u erdagi rasm-rusumlarni egallab boradi.
14 yoshdan 21 yoshgacha siyuzerenning qurol – yarog’ini ko’tarib yuradi, uni tartibli saqlaydi, u bilan jang qiladi, ovga chiqadi, harbiy musobaqa va o’yinlarda ishtirok etadi. Harbiy bilim, jang san’atini egallaydi. 21 yoshga kirganda unga tantanali ravishda rio’arlik unvonini beriladi.
Shahar maktablarining vujudga kelishi G’arbiy Evropada XII – XIII asrlarda hunarmandchilik, savodxonlik rivojlanishi shaharlarning o’sishiga, shahar madaniyatining vujudga kelishiga sabab bo’ldi.
Shaharning asosiy aholisini tashkil etuvchi hunarmand, savdogarlir o’z bolalariga amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim berishni istar edilar. Ular o’sha davrdagi cherkov maktablaridan qanoatlanmadilar.
Hunarmandlar o’exlarga uyushib, o’zlarining o’ex maktablarini ocha boshladilar, hunarmandlar bolalari bunda o’qish, yozish, xisob va diniy saboq oldilar. Uyga qaytgach otalaridan hunar o’rganar edilar.
Gildiyalarga uyushgan savdogarlar ham o’zlarining gildiya maktablarini ochib bolalarga dastur asosida bilim bera boshladilar.
Keyinroq o’ex va gildiya maktablari magistrat maktablarda ya’ni shahar boshqarmasi xarajatidagi maktablarga aylantirildi. Bu maktablarning mudir va o’qituvchilari tegishli o’ex, gildiya va magistratura tomonidan tayinlandilar.
Ta’lim pullik bo’lgan ushbu maktablar cherkovga hisobot bermas edi. Bir talay o’ex, gildiya va magistrat maktablarida o’qish lotin tilidan ona tiliga o’girildi. Yuqoridagi maktablarning yuzaga kelishi G’arbiy evropa mamlakatlaridagi maktab ishining taraqqiyotiga katta xissa qo’shdi. Bunday maktablar asta – sekin rivojlanib, XV asrga kelib g’arbiy Evropada faoliyat yurita boshladi.
Chizma № 1


Quyidagi jadvalda qadimda qadrlangan insoniy
xislatlar ifodalangan:



Adabiyotlar:

1. Quronov M. Ijtiomiy pedagogika. – T.: TDPU, 2003 y.


2. Mets A. Musulmanskiy renessans. – M., 1977 g.
3. Mudrik A.V. Vvedenie v sotsialnuyu pedagogiku. – M., 1997 g.
4. Munavvarov A.A. Oila pedagogikasi. – T., 1994 y.
5. Minovarov A.A. Razvitie semeynogo vospitaniya v Uzbekistane. - T., 1984
6. Musurmanova O., Baubekova G. O’zbek xalk pedagogikasi
Download 207.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling