Mavzu: Bank aktivlari daromadliligi va risklilik darajasi bo’yicha tahlili Reja: Kirish
Bank aktivlaridan samarali foydalanishning tahlili
Download 0.61 Mb.
|
24mavzu kurs ishi 4
Bank aktivlaridan samarali foydalanishning tahlili
Banklar mavjud aktivlaridan samarali foydalanishlari lozim. Bank aktivlari turli tuman bo‘lib, ular har xil faoliyatda ishtirok etadilar. Lekin barcha aktivlarning foydalanishini umumiy ko‘rsatkichlar bilan ifodalash mumkin. Tahlildan barcha aktivlarning foydalanishidan tashqari, banklar faoliyatida bir xil foydalanishda bo‘lgan aktivlar guruhini alohida o‘rganish lozim. Bank barcha aktivlarining samarali foydalanishini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichlarga: aktivlarning natijaviyligi (An), aktivlarning daromadliligi (Ad), aktivlarning tejamkorligi (At) va aktivlarning foydaliligi (Af) ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin. Bank aktivlarining natijaviyligi (An) deganda, bank faoliyatining asosiysi bo‘lgan kredit aylanmasini aktivlarining o‘rtacha summasiga nisbati tushuniladi. Bu ko‘rsatkich bank mavjud aktivlaridan foydalanib, hisobot davrida (oy, kvartal, yil) ularning har bir so‘miga necha so‘mlik kredit aylanmasiga erishdi degan savolga javob beradi. Bank kredit aylanmasi deganda tahlil qilinayotgan davrda (chorak, 6 oy, 9 oy, bir yil va hokazo) mijozlarga kredit berib, qaytarib olingan summa tushuniladi. Masalan, bank hisobot yilida 126,0 mlrd so‘m kredit berib, qaytarib olgan, aktivlarining o‘rtacha summasi esa 41,0 mlrd so‘m. Bank barcha aktivlarining natijaviyligi Bank aktivlarining daromadliligi bank kredit va boshqa operatsiyalaridan olingan barcha daromad summalarini, ya’ni hisobot davrida olingan barcha daromad summalarini aktivlarining o‘rtacha summasiga bo‘lib topiladi. Bank aktivlari tejamkorligi (At) deganda, bank mavjud aktivlardan foydalanish uchun, ularning har bir so‘miga qancha xarajat qilayotgan degan savolga javob beradi. Bu ko‘rsatkich At bankning tahlil qilinayotgan davridagi xarajatlar summasini aktivlar o‘rtacha summasiga bo‘lib topiladi. Aktivlarning foydaliligi (Af) ko‘rsatkichi bank foydasini aktivlarning o‘rtacha summasiga bo‘lib topiladi va bank aktivlaridan foydalanib ularning har bir so‘miga qancha foyda olayapti degan savolga javob beradi. Aynan yuqorida qayd etilgan tartibda bizni qiziqtiradigan alohida olingan aktiv turlari bo‘yicha ham ularning samaradorligini aniqlashimiz mumkin. Moliyaviy menejmentning nazariy asoslari va amaliy jihatlarini yoritishga bag‘ishlangan koʻplab adabiyotlar mualliflari amerikalik iqtisodchi olimlar Jeyms Van Xorn (Jamec C.Van Horne) va Jon Vaxovichlar (John M.Vachowicz) risk va daromadlilik tushunchalarini quyidagicha izohlaydilar. Ma’lum bir davr uchun (masalan bir yil) investisiyadan olinadigan daromadlilik – investisiya ob’yektiga egalik qilish huquqini realizasiya qilish natijasida olinadigan daromadga qoʻshamiz investisiya ob’yekti bozor bahosining oʻzgarishi, hamda mazkur ob’yektning dastlabki narxiga boʻlish orqali aniqlanadi. Iqtisodchi olimlar tomonidan, risk va daromadlilik tushunchalariga tarif berishda nazariy yondashuvlardan chekingan holda, asosan kompaniyalar amaliyotida hisoblash usullariga yondashgan holda tariflar keltirilgan. Masalan, biz 100 soʻm boʻlgan qimmatli qog‘ozni sotib oldik, ushbu investisiya ob’yekti bizga 7 soʻm dividend shaklida daromad keltirib bir yildan soʻng uning narxi 106 soʻmga oʻzgaradi. Ushbu vaziyatda daromadlilik (7s+6s)/100s=13% ni tashkil etadi. Bunday holda, investorda ikkita daromad manbai mavjud boʻlib bular, qimmatli qog‘oz boʻyicha toʻlanadigan va uning bahosini oʻsishidan (yoki kamayishi) olinadigan daromad hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, moliyaviy menejmentda daromadlilik deyilganda, ma’lum bir ob’yektga kiritilgan investisiyadan va uning bozor bahosini oʻzgarishidan olinadigan daromad tushunilib, mazkur koʻrsatkich odatda investisiya ob’yektining dastlabki narxiga nisbatan foizda ifodalanadi. Oddiy aksiyalar uchun ma’lum bir davr mobaynida (t davrda) egalik qilishdan olinadigan daromadlilik quyidagicha aniqlanadi: R - kutilayotgan (xaqiqiy) daromadlilik, Dt – t davr oxirida toʻlab beriladigan dividendlar, Pt – egalik qilish davri oxirida aksiyaning baxosi, Pt-1 – t-1 davr boshida aksiyaning bahosi. Ta’kidlash kerakki, mazkur formula ma’lum bir davr oralig‘ida aksiyaning real daromadliligini aniqlash bilan bir qatorda kelgusi davr uchun ham ushbu koʻrsatkichni hisoblash (aksiyaning kursi va toʻlanadigan dividendlar miqdorini aniqlash asosida) imkonini beradi. Formulaning qavslar ichida keltirilgan qismi (elementlari) ushbu davrda moliyaviy resurslarning ortishi yoki kamayishini anglatadi. Moliyaviy menejment oldiga qoʻyilgan maqsadga erishish nuqtai nazaridan, risk ma’lum bir sohaga yoʻnaltirilgan sarmoyadan kutilayotgan natijalarni (daromadlarni) real erishilgan natijalardan og‘ishi sifatida izohlanadi. Agar investisiyaning qaytishi me’yoriy taqsimotga amal qilsa, bunda risk uning standart og‘ishi boʻyicha vakolatlanishi mumkin. Bu jarayonni matematik formula orqali quyidagicha ifodalashimiz mumkin. Yuqorida ta’kidlab oʻtganimizdek, korporativ tuzilmalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyati turli xil risklar bilan oʻzaro bog‘liq. Mazkur holatda riskli operatsiyalarni amalga oshirish korporativ tuzilma uchun qanday miqdorda daromad keltirishini baholash bugungi iqtisodiy sharoitda muhim ahamiyatga ega. Chunki risklar va ularning qaytimini oʻz vaqtida va toʻg‘ri baholash har bir tijorat tashkilotining faoliyat samaradorligi va davomiyligini ta’minlash imkonini beradi. Keltirilayotgan jihatlar moliyaviy menejerlardan korporativ tuzilmalarning investitsiya faoliyatini amalga oshirishlarida ham oʻziga xos e’tibor va chuqur bilim talab etadi. Shu boisdan quyida investitsion jarayonlarda risk-qaytim masalalarini keltirib oʻtamiz. “Investitsiya lug‘atlarida risk tushunchasi, qilingan investitsiya qaytimining kutilayotganidan boshqacha boʻlish ehtimoli deb tushunitiriladi. Texnik jihatdan bu, statistik usul – standart og‘ishish (standard deviation) orqali oʻlchanadi. Oddiygina qilib aytadigan boʻlsak, investitsion faoliyatda risk degani, amalga oshirilgan investitsiyaning ayrim qismini, yoki hammasini yoʻqotish ehtimoli borligini bildiradi. Riskning past darajasi, odatda, investitsiyadan keladigan kam daromad bilan, yuqori darajali risk esa, yuqori daromad imkoniyati mavjudligi bilan assotsiatsiyalanadi. Risk-qaytim muvozanati deyilganda, investorning past riskni oʻz boʻyniga olishi bilan bir vaqtda, yuqori qaytim olish xohishi (imkoni) oʻrtasidagi muvozanat tushuniladi. Investor ma’lum daromad olishi uchun mutanosib risk darajasini aniqlash anchagina qiyin masala. Bunga asosiy sabab, riskka moyillik turli shaxslarda turlicha boʻlishidadir. Ushbu moyillik (investorlarning qaror qabul qilishi boʻyicha) boshqa omillar bilan bir qatorda, investorlarning maqsadi, daromadi va shaxsiy holati kabilarga ham bog‘liq boʻladi. Koʻpchilik individual investorlar qimmatli qog‘ozlarda yuzaga keladigan qisqa-muddatli oʻzgarishlar (notekisliklar)ga nisbatan xohishi boʻlmaydi. Bunday holatda investitsiya portfelini tashkil etish va uni diversifikatsiya qilish, vaziyatni yumshatish uchun eng maqbul yoʻl sanaladi. Diversifikatsiya – bu investitsiya portfelida turli xil investitsiyalarni aralashtirish orqali yagona qimmatli qog‘ozlar portfelining umumiy natijasiga risk ta’sirini minimallashtirish bilan amalga oshiriladigan risk-menejment texnikasidir. Ushbu texnika qanday ishlashi akademik jihatdan murakkab formulalar bilan aks ettiriladi, ammo biz bu yerda faqatgina misol keltirish bilan chegaralanamiz xolos. Faraz qilaylik, siz orolda yashaysiz va butun iqtisod ikkita kompaniyadan iborat: bittasi yomg‘irpoʻsh sotsa, ikkinchisi quyoshdan himoyalovchi oyna sotadi. Agar investitsiya portfelingiz butunlay zontik sotadigan kompaniyadan tashkil topgan boʻlsa, unda yomg‘ir mavsumida yaxshi natija (yuqori daromad), quyoshli kunda esa yomon natijaga erishasiz. Investitsiya portfeli aksincha, ikkinchi kompaniya qimmatli qog‘ozlaridan tashkil topgan boʻlsa, quyoshli kunda yuqori daromad olib, bulutli kunda zararli natijaga erishasiz. Bunday holatda muammoning yechimi 50 foiz mablag‘ni bitta kompaniyaga va yana 50 foiz mablag‘ni ikkinchi kompaniyaga investitsiya qilishdir. Portfelni diversifikatsiya qilish bilan, mavsumiga qarab yoki oʻta yaxshi, yoki oʻta yomon natijaga erishish oʻrniga yil davomida barqaror moliyaviy natijaga ega boʻlasiz. Eng yaxshi diversifikatsiyaga erishishning sinalgan asosiy uchta tajribasi mavjud: -investitsiya portfelini naqd pul, aksiya, obligatsiya, oʻzaro bog‘liq fondlar va koʻchmas mulk kabi turli investitsiya yoʻnalishlaridan tashkil etish kerak; -investitsiya portfelini riski turli darajada boʻlgan qimmatli qog‘ozlardan tashkil etish kerak. Risk darajasi turlicha boʻlgan investitsiyalarni amalga oshirish yirik miqdordagi yoʻqotishlarni boshqa sohalar hisobidan qoplash imkonini beradi; -qimmatli qog‘ozlarni turli sanoat sohalari boʻyicha tanlash kerak. Bu sanoatga xos risklar ta’sirini minimallashtiradi. Xulosa Oʻzbekiston Respublikasida korporativ boshqaruv mexanizmini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida, korporativ tuzilmalar boshqaruv tizimida xalqaro andozalarga javob beradigan boshqaruvning yangi yoʻnalishlari joriy etib kelinmoqda. Xususan, soʻnggi yillarda mamlakatimizda zamonaviy korporativ boshqaruv amaliyoti va prinsiplarini joriy etish boʻyicha qabul qilinayotgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlarning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv sohasida koʻplab ijobiy oʻzgarishlarni kuzatishimiz mumkin. Albatta, bunday islohotlarning zamirida mamlakatimizda korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish hisobiga aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy boshqaruv tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish kabi dolzarb masalalar turganligini ta’kidlashimiz mumkin. Korporativ tuzilmalarda moliyaviy menejment mexanizmini samarali tashkil etishda risk va daromadlilik oʻrtasidagi bog‘liqlikning nazariy va amaliy jihatlarini toʻg‘ri talqin eta olish va uni toʻg‘ri baholash dolzarb masalalardan biri sanaladi. Xalqaro amaliyotda aksariyat kompaniya moliyaviy menejerlari oldida turgan asosiy funksiyalardan biri ham moliyaviy risklarni samarali boshqarishda, risk va daromadlilik oʻrtasidagi oʻzaro bog‘liqlikni toʻg‘ri baholash va tahlil qilish hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda mamlakatimizda aksionerlik jamiyatlarida moliyaviy menejment tizimini takomillashtirish xususan, risk va daromadlilik konsepsiyasining amaliy elementlarini joriy etish borasida samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan aksionerlik jamiyatlarida boshqaruv tizimini xalqaro standartlariga moslashtirish borasidagi quyidagi asosiy jihatlar qamrab olingan: - eski boʻlinmalar va lavozimlarni tugatish, zamonaviy xalqaro standartlar va bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi boʻlinma va lavozimlarni joriy etishni inobatga olgan holda, aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tuzilmasini tubdan qayta tashkil etish; - yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik asosida boshqaruv xodimlarini tayyorlash va ularning kasb darajasini oshirish, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarida rahbarlik lavozimlariga chet ellik yuqori malakali menejerlarni jalb qilish. Moliyaviy menejment tizimida risk va daromadlilik konsepsiyasi asosiy konsepsiyalardan biri sanalab, oʻziga xos murakkab tuzilishga ega sanaladi. Umuman olganda, moliyaviy menejmentning aksariyat nazariyalari, oʻrganilishi lozim boʻlgan aniq bir konsepsiyalarga asoslanadi. Ularni tushunmaslik oʻrganilayotgan nazariyalarning mohiyatini anglashda qiyinchiliklar tug‘diradi. Ta’kidlash lozimki, yuqorida amalga oshirilgan hisob-kitoblar orqali biz, moliyaviy menejmentda risk va daromadlilik konsepsiyasi va uning amaliy - nazariy masalalarini ayrim jihatlarini koʻrib chiqishga muvaffaq boʻldik. Korxonalar moliyaviy faoliyatini amalga oshirish jarayonida moliyaviy risklarni samarali baholash va uning daromadlilik darajalarini aniqlash murakkab tuzilishga ega boʻlib, koʻplab matematik formulalar va hisob-kitob ishlarini amalga oshirish zarur. Shuning uchun ham, risk va daromadlilikning barcha jihatlarini mukammal tarzda bir maqolada yoritib berish imkoniyati mavjud emas. Kelgusida ham ushbu mavzuga doir xalqaro amaliyotni oʻrgangan holda yangi ma’lumotlarni yoritish orqali maqolalar yozib borishga harakat qilamiz. Xulosa sifatida aytadigan boʻlsak, mamlakatimiz korporativ tuzilmalarida moliyaviy boshqaruv tuzilmasini ishlab chiqish jarayonida,bugungi kunda dolzarb boʻlib borayotgan zamonaviy korporativ boshqaruvning xalqaro talablaridan biri sanalgan (Chief Financial Officer - CFO) moliyaviy masalalar boʻyicha rahbar oʻrinbosari lavozimlariga alohida e’tiborni qaratishlari lozim. Korporativ tuzilmalarda mazkur turdagi lavozimlarni tashkil etilishi moliyaviy menejmentning aksariyat funksiyalarini bajarish bilan birga, asosiy funksiyalaridan biri sanalgan moliyaviy risklarni oqilona boshqarishga doir qarorlarni qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling