Mavzu: Bank aktivlari daromadliligi va risklilik darajasi bo’yicha tahlili Reja: Kirish


Download 0.61 Mb.
bet1/6
Sana21.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1642581
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
24mavzu kurs ishi 4


Mavzu: Bank aktivlari daromadliligi va risklilik darajasi bo’yicha tahlili
Reja:
Kirish

  1. Bank aktivlari holati va dinamikasi

  2. Bank aktivlarining daromadliligi

  3. Bank aktivlarining risklilik darajasi tahlili

  4. Bank aktivlaridan samarali foydalanishning tahlili

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Risk darajasini aniqlash korxonalar moliyaviy boshqaruvida muhim ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy risklarni toʻg‘ri baholash uchun risk bilan bog‘liq ma’lumotlarni koʻproq yig‘ish lozim. Bunday ma’lumotlar qanchalik koʻp boʻlishi risk darajasini aniqlashda katta ѐrdam beradi. Boshqa tomondan esa hammaga ma’lumki risklarni pasaytirishning asosiy usullaridan biri axborotlashtirish boʻlib hisoblanadi. Korxonalarda moliviy menejer moliyaviy risk darajasini oʻrgangan holda moliyaviy risklarni pasaytirish, moliyaviy risklar natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy yoʻqotishlarni kamaytirish va umuman olganda moliyaviy resurslarni taqsimlash boʻyicha samarali qarorlar qabul qilishi kabilarni amalga oshirishi mumkin. Shu sababli bugungi kunda korxonalar faoliyatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy risklarni baholash korxonalar moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim xizmat qiladi deb oʻylaymiz.
2022-yilning 28-yanvarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
“2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasining tasdiqlanishi mamlakatimizning jahon miqyosidagi oʻrnini yanada mustahkamlashga imkon yaratdi1. Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlar, xususiylashtirish jarayonining yanada kuchaytirilishi, korporativ boshqaruvning rivojlantirilishi, qimmatli qog‘ozlar bozori, asosan ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha islohotlar amalga oshirilmoqda. Albatta, bu islohotlar natijasida korporativ boshqaruv va qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishi xalqaro darajada foydalanilayotgan baholash modellaridan foydalanishga zamin yaratadi.
Korxonalarda faoliyati davomida foyda olishni maqsad qilib qoʻyar ekan, ushbu maqsadga erishish yoʻlida korxonalar turli darajadagi risklar bilan toʻqnash keladi. Ma’lumki, korporativ moliyaning asosiy kansepsiyalaridan biri boʻlib, risk va daromadlilik konsepsiyasi hisoblanadi. Ya’ni, risk va daromadlilik har doim yonma-yon yuradi va bir-birini takrorlaydi, shuningdek daromadlilik yuqori sohalarda risk ham yuqori va aksincha daromadlilik past sohalarda risk darajasi ham pastroq boʻladi. Demak korxonalar qanday faoliyat bilan shug‘ullanmasin va qanday daromadlilikka erishishga harakat qilmasin ma’lum bir darajadagi riskka duch keladi. Shu sababli korxonalar faoliyatida risklarni baholash, risk darajasini pasaytirish, shuningdek risk natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy yoʻqotishlar miqdorini kamaytirish bugungi kunning eng asosiy masalalaridan biri boʻlib hisoblanadi.
Kurs ishimizning dolzarbligi ham aynan hozirgi globallashgan iqtisodiyot sharoitida iqtisodiyotning oldiga qo’yilgan asosiy maqsad xususiy sektor korxonalari faoliyatini rivojlantirish va ularning daromadlilik darajasini oshirishdan iborat boʻlib bormoqda. Shuni nazarga olib, korporatsiyalar daromadlilik darajasini oshirish ular rivojlanish tendensiyasining asosiy tamoyili boʻlib, unga ta’sir etuvchi salbiy omillar va risklarni oʻrganish va ularni bartaraf etish masalasi ekanligi kelib chiqmoqda.



  1. Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling