Mavzu: Bank hujjatlari va hujjatlar aylanishi reja
Download 28.66 Kb.
|
Bank hujjatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘lov topshiriqnomasi
- Inkasso topshiriqnomasi
Mavzu: Bank hujjatlari va hujjatlar aylanishi REJA: Bank hujjatlarining mazmuni, ahamiyati, turlari va ularning tavsifi To’lov hujjatlari Hujjatlar aylanishi to’g’risidagi nizom Banklar o‘zining faoliyati jarayonida hujjatlar bilan ish olib boradi. Buxgalteriya hisobida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan hech bir operatsiya hujjatsiz amalga oshirilishi mumkin emas, chunki hujjatlar mol-mulkning talon-taroj qilinmasdan to‘liq saqlanishini ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi. Misol uchun, pul mablag‘larini bankka topshirish yoki bankdan olishni to‘liq to‘ldirilgan va oldindan tekshirilgan maxsus hujjatlar asosida amalga oshirilishi mumkin, o‘tkazib bo‘lingan operatsiyalarning naqadar to‘g‘riligi yoki qonuniyligi keyinchalik shu hujjatlar asosida tekshiriladi. Hujjatlardagi operatsiyaning mazmuni, uni hisobga olish uchun kerak bo‘lgan barcha belgilar hujjatlarning rekvizitlari yoki ko‘rsatkichlari deyiladi. Hujjatlar va korxonalarda buxgalteriya hisobini olib borish haqidagi Nizomga muvofiq barcha hujjatlar uchun majburiy bo‘lgan rekvizitlar o‘rnatilgan. Hujjatlarning asosiy revizitlari quyidagilar: Hujjatning to‘liq nomi (masalan: to‘lov talabnomasi, to‘lov topshirig‘i) Hujjatning to‘ldirish sanasi va uning nomeri. Mahsulot sotuvchi va mahsulot oluvchi korxonalarning to‘liq nomi. Shu korxona va tashkilotlarning bankdagi hisobvaraq nomerlari. Ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklarning nomi, ularning kodi. Operatsiyaning mazmuni. To‘lanadigan summa (raqamlar va yozma ravishda). Rahbar shaxslarning imzolari va korxonaning muhri. Har bir hujjat xatosiz, yozuv mashinkalarida bir yo‘la bir necha nusxada to‘ldirilishi yoki komputerda terilishi kerak. Kassa operatsiyalari bo‘yicha ishlatiladigan hujjatlar bundan mustasno, bunday hujjatlar qo‘lda, ruchkalar yordamida to‘ldiriladi. Bankda ishlatiladigan barcha hujjatlarni biz shartli ravishda 2 qismga bo‘lamiz. Korxonalar tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjatlar. Banklar tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjatlar.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarda ishlatiladigan hujjatlar; Naqd pul bilan bog‘liq bo‘lgan kassa hujjatlari; Balansdan tashqaridagi hisobvaraqlarlar bo‘yicha hujjatlar. Ma’lumki, har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z pul mablag‘larini biror bankda ochgan hisobvaraqda saqlaydi va barcha naqd pulli hamda naqd pulsiz operatsiyalari (pul to‘lash va pul kelib tushishi bo‘yicha) mana shu hisobvaraqlar orqali o‘tkazadi. Pul o‘tkazish mijozning topshirig‘i yoki mol jo‘natuvchi korxonaning to‘lov talabnomasi orqali bank xodimlari tomonidan bajariladi. Bu holda naqd pul ishlatilmaydi. Operatsiyalar hisobvaraqlardan yozuvlar bajarish orqali o‘tkaziladi. Shuning uchun bunday operatsiyalarda ishlatiladigan hujjatlarni naqd pulsiz hisob-kitoblarda ishlatiladigan hujjatlar guruhiga kiritamiz. Bankda balans ichidagi hisobvaraqlar bilan bir qatorda balansdan tashqari hisobvaraqlar ham yuritiladi. Bunday hisobvaraqlarda asosan qimmatbaho hujjatlar hamda ba’zi bir bank operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar hisobga olinadi. Masalan, to‘lanadigan akkreditivlar, to‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari, o‘z vaqtida to‘lanmagan hujjatlar balans tashqaridan hisobvaraqlar bo‘yicha yuritiladigan hujjatlar jumlasidandir. Bu hisobvaraqlardagi qoldiq bank balansiga ta’sir etmaydi. Shuning uchun bunday hujjatlar balansdan tashqari hisobvaraqlar bo‘yicha hujjatlarga kiritiladi. Bu guruhlarning har biriga korxona va tashkilotlar tomonidan to‘ldirilgan hujjatlar hamda bank tomonidan to‘ldirilgan hujjatlar kiradi. Bu hujjatlarning har biri haqida bundan keyingi mavzularda to‘xtalib o‘tamiz. O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasiga asosan to‘lov hujjati qog‘ozda tuzilgan yoki elektron shaklda shakllantirilgan hujjat bo‘lib, to‘lov uning asosida yoki yordamida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lovlarni amalga oshirishda quyidagi to‘lov hujjatlaridan foydalaniladi: to‘lov topshiriqnomasi; to‘lov talabnomasi; inkasso topshiriqnomasi; memorial order; akkreditivga ariza; kirim va chiqim kassa to‘lov hujjatlari. To‘lov hujjatlarining shakllari, majburiy rekvizitlari va ularning mazmuniga doir boshqa talablar, elektron to‘lov vositalaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Shunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizom yangi tahrirda ishlab chiqilgan holda Adliya vazirligida 2020 yilning 13 aprelida 3229-son bilan davlat ro‘yxatiga olindi. Unga ko‘ra, memorial order - banklar tomonidan foydalaniladigan naqd pulsiz to‘lov hujjati bo‘lib, undan quyidagi hollarda foydalaniladi: mijozlar bilan bog‘liq bank operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarda; bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hisob-kitoblarda; banklarning ichki operatsiyalarida; to‘lov hujjatlari bo‘yicha qisman to‘lov amalga oshirilganda; ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshirilganda; mijozning qarzdorlik mablag‘larini qoplashda, agar ushbu talab bank bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yilgan bo‘lsa; buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda; jismoniy shaxslarning (yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) yozma murojaati bo‘yicha mablag‘larni naqd pulsiz shaklda o‘tkazishni amalga oshirishda, bunda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, mazkur murojaat memorial order bilan birga bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi; mijozlar bilan tuziladigan shartnomalarda nazarda tutilgan boshqa hollarda. To‘lov topshiriqnomasi - mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z hisobvarag‘idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i nazarda tutilgan to‘lov hujjatidir. To‘lov talabnomasi - mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘idan unda ko‘rsatilgan summani to‘lash to‘g‘risidagi mablag‘larni oluvchining talabi nazarda tutilgan to‘lov hujjati hisoblanadi. Inkasso topshiriqnomasi - unda ko‘rsatilgan mablag‘larni to‘lovchining banki hisobvarag‘idan so‘zsiz ravishda hisobdan chiqarish bo‘yicha mablag‘larni oluvchining topshirig‘i nazarda tutilgan to‘lov hujjati. Akkreditivga ariza - mablag‘larni to‘lovchi tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan summani oluvchining akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblar uchun ochilgan bank hisobvarag‘iga o‘tkazishida qo‘llaniladigan to‘lov hujjati. Nizom “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun asosida ishlab chiqilgan va hujjatlarni tuzish, qabul qilish, saqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish, hamda hujjatlar aylanishini amalga oshirish bo‘yicha yagona tartibni belgilaydi. Norma’ning yozishicha, nizomning amal qilishi O‘zbekistondagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarga tatbiq qilinadi, banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno. Nizom loyihasida korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan barcha xo‘jalik operatsiyalari tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozimligi qayd etiladi, ular boshlang‘ich hisob hujjatlari bo‘lib xizmat qiladi va ular asosida buxgalteriya hisobi yuritiladi. Tegishli texnik vositalar mavjud bo‘lganda boshlang‘ich hujjatlarni axborot tizimlari xizmatlaridan va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday hujjatlar buxgalteriya hisobida tegishli majburiy rekvizitlar mavjud bo‘lgandagina qo‘llaniladi. Elektron hujjatlarni saqlashda ulardan erkin foydalanish va ularning qog‘oz nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta'minlanishi lozim. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish sharoitida boshlang‘ich hujjatlar rekvizitlari kodlar ko‘rinishida qayd etilishi mumkin. Bunda elektron shaklda tuzilgan boshlang‘ich hujjat va registr elektron raqamli imzo haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq uning to‘g‘ri tuzilishi uchun javobgar bo‘lgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim. Nizom: boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini tuzish, xatolarni tuzatish, saqlash tartibini; qat'iy hisobdagi blankalarni hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yo‘q qilish tartibini hujjatlar aylanishini tashkil etish tartibini belgilaydi. Nizomga ilovalarda quyidagi shakllar keltirilgan: Qat'iy hisobdagi blankalarini hisobga olish jurnali; qat'iy hisobdagi blankalarga olish-nazorat qilish varag‘i; korxona bo‘yicha hujjatlar aylanishining namunaviy grafigi. Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Download 28.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling