Mavzu: Bank ichki nazoratini tashkil qilish Reja: Banklarda ichki nazorat va uni tashkil qilish asoslari


Download 65.8 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi65.8 Kb.
#1056709
1   2   3   4
Bog'liq
3.docxbank seminar

Ichki nazorat — bank rahbariyati va barcha bank xodimlari tomonidan kunlik bank operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida ularning qonunchilikka mosligi, samaradorligi, yuqori malakada bajarilishi va moliyaviy hisobotlarning ishonchli-ligini ta’minlash tizimi.
Bunda ichki nazorat tijorat bankining mijozlarni lozim darajada tekshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq xatarlarni boshqarish, gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash hamda terrorchilik yoki ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatish faoliyati ishtirokchisi yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar bilan bog‘liq operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyati sifatida qaraladi.
Shu bilan birga bevosita buxgalteriya hisobini yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan ichki nazorat alohida qaraladi. Buxgalteriya hisobi bilan bog‘liq ichki nazoratni tashkil etish va o‘tkazish 1834-sonli yo‘riqnomada belgilangan.
Ichki nazorat ma’lum yoki aniq vaqt mobaynida amal qilinishi lozim bo‘lgan tartib yoki qoida bo‘lmasdan, balki u bankning barcha bo‘g‘inlarida kunlik bank operatsiyalarning boshlanishidan tortib tugagunga qadar doimiy yuritiladigan bank faoliyatining ajralmas qismidir.


2. Tijorat banklarida ichki nazorat tizimi
Bankning har bir xodimi o‘z vazifalarining tegishli tarzda bajarilishi uchun iqtisodiy, ma’muriy, intizomiy mas’ullikni his qilishi kerak. Bunda mas’ullik muayyan vazifaning muayyan shaxs tomonidan bajarilishi belgilangan bo‘lishi kerak.
Nazorat vazifalarining bajarilish sifati ichki nazoratning yuqoriroq lavozimli ishtirokchisi tomonidan nazorat qilinadi.

Tijorat banklarida ichki nazoratni amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalar va xodimlar
Bank Kengashi ichki nazoratni amalga oshirishda quyidagi masalalarni hal qiladi:
a) samarali ichki nazoratning yaratilishi va ishlashi;
b) yig‘ilishlarda ichki nazorat samaradorligini muhokama qilish va Bank boshqaruvi bilan birgalikda ichki nazorat va uning samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qilish;
v) ichki nazorat tizimini tashkil etish bilan bog‘liq va Bank boshqaruvi, Ichki audit boshqarmasi, shuningdek bankda korporativ boshqaruv tizimini baholagan tashkilotlar tayyorlagan hujjatlar asosida qarorlar qabul qilish;
g) bankning Ichki audit boshqarmasining tekshirishlar rejasining bajarilishi, shu jumladan buxgalteriya (moliyaviy) va ichki hisobotlarni tuzish va taqdim etish tartiblarga amal qilinishi bo‘yicha hisobotlarini tahlil qilish, amaldagi qonunchilik va bank ichki hujjatlari talablarining bajarilishi, bank operatsiyalari va boshqa bitimlarning samaradorligi hamda aktivlarning butligini monitoring qilish;
d) Bankning ichki audit boshqarmasi hisobotlarini har chorakda tinglash;
e) Bankning ichki audit boshqarmasi faoliyati samaradorligi monitoringi va tahlili;
yo) ichki nazorat tizimida kamchiliklar, amaldagi qonunchilik, ichki hujjatlar talablarini buzish, shuningdek tashqi auditorlar aniqlagan kamchiliklarni bartaraf qilish choralarni o‘z vaqtida qabul qilish;
j) Bank boshqaruvi tomonidan Bankning ichki audit boshqarmasi, audit o‘tkazgan auditorlik tashkiloti tavsiyalari va ko‘rsatmalarini operativ bajarishini ta’minlovchi choralarni ko‘rish;
z) ichki nazoratning amalga oshirilayotgan operatsiyalar xarakteri, salmog‘i, tavakkalchiliklar darajasiga mosligini o‘z vaqtida tekshirish;
i) Bank Ichki audit boshqarmasining hisobotlari asosida Bank Boshqaruvi va uning raisi tomonidan Kengash tomonidan tasdiqlagan siyosatlarga amal qilinayotganligini baholash.
Bank Boshqaruvining ichki nazorat doirasidagi vakolatiga quyidagi masalalar kiradi:
a) Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va Bank Kengashi qarorlarining bajarilishi, bankning ichki nazoratga oid strategiyasi va siyosatining amalga oshirilishi bo‘yicha mas’uliyatini o‘rnatish;
b) bank faoliyatining ichki nazorat tartibining amalga oshirilishini belgilovchi ichki hujjatlarga va ushbu hujjatlarning amalga oshirilayotgan operatsiyalar xarakteri va salmog‘iga mosligini tekshirish;
v) ichki nazorat samaradorligini davriy baholash materiallari va natijalarini ko‘rib chiqish;
g) zarur ma’lumotlarning foydalanuvchilarga etib borishini ta’minlovchi axborot uzatish va almashish tizimini yaratish (ushbu tizim bank faoliyatining operatsion siyosati va jarayonlarini belgilab beradi);
d) ichki nazoratda kamchiliklar va qonun buzilishlarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralari tizimini yaratish;
e) bank tavakkalchiliklari o‘z vaqtida aniqlash va boshqarish.
Filiallar boshliqlari (boshqaruvchilari) va buxgalterlari (ularning o‘rinbosarlari)ning ichki nazorat doirasidagi vakolatlari:
a) filialning buxgalteriya hisobini yuritish, buxgalteriya hisobida operatsiyalar va bitimlarning o‘z vaqtida aks ettirish, filial hisobotining to‘liq va ishonchli yuritilishi imkonini ta’minlash;
b) mulkning harakati va butligi, xodimlarning o‘z majburiyatlarini bajarishlarini nazorat qilish.
Bank Ichki audit boshqarmasining ichki nazorat doirasidagi vakolatiga quyidagilar kiradi:
a) Bank Kengashini bankning real ahvoli va ichki nazorat tizimi samaradorligi to‘g‘risidagi ichki audit natijalariga asoslangan ishonchli va xolis axborot bilan ta’minlash;
b) buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarning aniqlik va ishonchlilik bo‘yicha ma’lumot tayyorlash;
v) tavakkalchiliklarni boshqarish va tavakkalchiliklarni baholash metodologiyasi bo‘yicha samaradorligi va amaliyotlarning qo‘llanish bo‘yicha ma’lumot tayyorlash;
g) ichki nazorat tizimi samaradorligini bank boshqaruvi organlari (Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, Bank kengashi va boshqaruvi) qarorlarining bajarilishi mezoni bo‘yicha baholash;
d) ellik foizdan ziyod ulushi bankka tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar bilan o‘tkazilgan operatsiyalar ustidan nazoratni amalga oshirish;
e) Ichki nazorat boshqarmasi, Bank tavakkalchiliklarini boshqarish boshqarmasi va bankning boshqa bo‘linmalari faoliyatini o‘rnatilgan tartibda tekshirish.
Taftish komissiyasining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:
a) Aktsiyadorlar va bank boshqaruvi organlari talabi bilan o‘rnatilgan qonunchilik va bankning ichki hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda bankning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish);
b) Bank nomidan tuzilgan kelishuvlar, bitimlar, kontragentlar bilan hisob-kitoblarning qonuniyligini tekshirish;
v) Moliyaviy-xo‘jalik va ishlab chiqarish faoliyatida o‘rnatilgan normativlar, qoidalar va boshqa talablarga amal qilinishini tekshirish;
g) Bankning moliyaviy ahvoli, uning to‘lov qobiliyati, aktivlarining likvidligi, xususiy va qarz mablag‘larining nisbatini tahlil qilish, iqtisodiy ahvolni yaxshilash zaxiralarini aniqlash va bankning boshqaruv organlari uchun tavsiyalarni ishlab chiqish;
d) Birlamchi buxgalteriya hujjatlariga murojaat qilish zaruriyati tug‘ilganda buxgalteriya va statistik hisob-kitoblarni mavjud normativ qoidalarga mos ravishda yuritilayotganligini tahlil qilish;
e) Bank Kengashi yoki Bank Boshqaruvi qabul qilgan qarorlarning to‘g‘riligi, ularning Bank nizomiga, Bank kengashi va Bank boshqaruvi to‘g‘risidagi Nizomlarga, shuningdek Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorlariga mosligini tekshirish.
Bankning ichki nazorat tizimi bankning butun faoliyatini qamrab oladi va nazoratning quyidagi yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi:
a) boshqaruv organlari tomonidan bank faoliyatini tashkil etishning nazorat qilinishi;
b) bank tavakkalchiliklarini boshqarish va bank tavakkalchiliklarini baholash tizimining ishlashini nazorat qilish;
v) bank operatsiyalari va boshqa bitimlarni amalga oshirishda vakolatlarning taqsimlanishini nazorat qilish;
g) axborot oqimlarini boshqarish (axborotni qabul qilish va uzatish) va axborot xavfsizligi ta’minlanishini nazorat qilish;
d) bankning qimmatbaho qog‘ozlar bozorida professional ishtirokchi sifatida faoliyat yuritishini nazorat qilish;
e) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimini nazorat qilish;
yo) ichki nazorat tizimining ishlashini uning bank faoliyati kamchiliklarni aniqlash, takliflarni ishlab chiqish, bankning ichki nazorat tizimini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarini amalga oshirilishini nazorat qilish kabi vazifalariga mosligi darajasini baholash maqsadida kuzatish.
Bank boshqaruvi organlari vakolati doirasiga quyidagilar kiradi:
a) qo‘yilgan maqsadlarga erishishga ta’sir etadigan tavakkalchiliklarni baholaydi va bank tavakkalchiliklarini baholash samaradorligini ta’minlash maqsadida o‘zgarayotgan vaziyatlar va sharoitlarga moslashishini ta’minlovchi choralarni ko‘radi. Yangi va ilgari kuzatilmagan bank tavakkalchiliklarini aniqlash va kuzatish uchun ichki nazorat tizimini tashkil etish bank tomonidan o‘z vaqtida qayta ko‘rib chiqilishi kerak;
b) barcha bank xodimlarining o‘z lavozimi majburiyatlariga binoan ichki nazoratda ishtirokini ta’minlaydi;
v) xodimlar professional etika me’yorlariga rioya etmaslik, suiste’mollar ro‘y bergan holatlarda, amaldagi qonunchilik, ta’sis va ichki hujjatlar buzilgan vaziyatlarda boshqaruv organlari va tuzilmaviy bo‘linmalar rahbarlariga ma’lumot etkazishi tartibini o‘rnatadilar;
g) Ichki audit boshqarmasining bank bo‘linmalari va xodimlarining o‘zaro hamkorligi masalalari bo‘yicha hujjatlarni qabul qiladi va ularga rioya qilinishini nazorat qiladi;
d) amaldagi qonunchilik va ichki nazorat maqsadlariga zid harakatlarni keltirib chiqaruvchi tartiblarni qabul qilish va ishlarni amalga oshirishni istisno qiladi.
Bank tavakkalchiliklarini boshqarish tizimining ishlashini nazorat qilish va bank tavakkalchiliklarini baholash ichki hujjatlarda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi va quyidagilar asosida quriladi:
a) bank faoliyatining asosiy turlari bilan bog‘liq asosiy va inkor etib bo‘lmaydigan tavakkalchiliklarini identifikatsiyalash;
b) tavakkalchiliklarni aniqlash, kuzatishga yo‘naltirilgan zaruriy amaliyotlar va jarayonlarni joriy etish;
v) qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun bank va uning bo‘linmalari o‘z zimmasiga olishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklar darajasini o‘rnatish;
g) o‘rnatilgan tavakkalchiliklar darajasidan oshib ketmaslik imkonini beruvchi nazoratning asosiy usullari va tuzilmalarini belgilash.


Download 65.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling