Mavzu. Bank inqirozlari


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1533167
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
19- mavzu Банк инқирозлари

11-rasm 


 
Janubiy Koreyada bo‗lgani kabi valyutaga muvaffaqiyatli spekulyativ 
xujumdan so‗ng Argentina valyutasi kursining pasayishi bevosita inflyasiyani 
keltirib chiqarib, Argentina markaziy bankining inflyasiyani nazoratda ushlab 
turish ishonchliligini kuchsizlandi va import narxlari o‗sdi. Haqiqatda
Argentinaning yuqori darajadagi inflyasiyaga ega tarixiy o‗tmishi Janubiy 
Koreyaga nisbatan Argentinada kutilayotgan inflyasiyani yuqori bo‗lishini anglatar 
edi. Bu holat nafaqat ishlab chiqarishning pasayishini, balki inflyasiyaning Janubiy 
Koreyada sodir bo‗lgan moliyaviy inqiroz sharoitidagiga nisbatan ancha yuqori 
darajada o‗sishini ko‗rsatar edi. 
Argentinada yillik inflyasiya 40% atrofida o‗sdi. Haqiqatdagi inflyasiyaning 
o‗sishi kutilayotgan inflyasion o‗sish bilan birgalikda sodir bo‗lishi foiz 
stavkalarning yanada yuqoriroq darajaga ko‗tarilishiga olib keldi. YUqori foizli 
to‗lovlar uy xo‗jaliklari va firmalarning naqd pul oqimini pasayishiga olib keldi. 
Natijada uy xo‗jaliklari va firmalar o‗zlarining investitsiyalarini moliyalashtirish 
uchun tashqi fondlar izlashga majbur bo‗lishdi. Moliya bozorlaridagi noaniqliklar 
va assimetrik ma‘lumotlar muammosi juda chuqurligi investitsiyalarni
moliyalashtirishning iloji yo‗qligini anglatar edi.Uy xo‗jaliklari va tijoriy faoliyat 
vakillari qo‗shimcha xarajatlarni kamaytirishdi.Bizning yalpi talab va taklifimiz 
bashorat qilganidek, Argentina iqtisodiyoti keskin pasaydi. 2002 -yilning birinchi 
choragida ishlab chiqarish yillik 15%dan yuqori miqdorda pasayganligi 
ifodalangan. Kambag‗allik darajasi dramatik ravishda o‗sib, 2002- yilda Argentina 
axolisining kambag‗allik darajasi salkam 50%dan oshganligini ko‗rishimiz 
mumkin. Argentina o‗z tarixida kuchli iqtisodiy depressiyani boshdan 


kechirayotgan edi – xar bir daqiqa juda yomon bo‗lib, balki Buyuk Depressiya 
davriga nisbatan yomon edi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling