Mavzu. Bank inqirozlari
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
19- mavzu Банк инқирозлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuchli fiskal dizabalans.
8-rasm
9-rasm Kreditlash hajmining qisqarishi qo‗shimcha ravishda iqtisodiy pasayishni keltirib chiqardi. Natijada bu holat kredit bozorlarida tanlovning yomonlashuvi va psixologik risk muammosinikuchaytirdi. Kredit bozorlarida assimetrik ma‘lumotlar muammosining oshishibilan bir qatorda yuqori foiz stavkalarining investitsion qarorlarga bevosita ta‘sir ko‗rsatishi keyinchalikinvestitsion xarajatlarni pasaytirdi, pirovardida, yalpi talab tushishiga qo‗shimcha faktor sifatida xizmat qildi. (9-rasm) Janubiy Koreya moliyaviy inqirozi yuqori darajada inson resurslari xarajatini ham keltirib chiqardi. Kambag‗allarning darajasi 6 milliondan 10 milliongacha, o‗z joniga qasd qilish va ajrashishlar surati salkam 50%gacha, narkotik moddalarga ro‗ju qo‗yish 35%gacha va jinoyatchilik surati 15%gacha o‗sdi. Kuchli fiskal dizabalans. Meksika va SHarqiy Osiyo davlatlaridan farqli ravishda Argentinadasamarali boshqariladigan bank tizimi mavjud edi va iqnirozdan oldin keng ko‗lamli kredit ekspansiyasi amalga oshirilmadi. 1998 yilda kuchli retsessiya boshlanganiga qaramasdan inqirozdan oldin banklarning moliyaviy holati juda yaxshi edi.Afsuski, Argentinada doimo o‗z byudjetini nazorat qilish bo‗yicha qiyinchilik mavjud bo‗lgan. Argentinada viloyatlar (AQSHdagi shtatlarga o‗xshab) davlat xarajatining katta foizini nazorat qilishadi. Ammo daromadlarni oshirish javobgarligi asosan federal xukumatga yuklatiladi. Bu tizim doirasidaviloyatlar o‗zlarining vakolatidan tashqari xarajatqilishdaimtiyozgaega edi va ular federal xukumatdan davriy ravishda o‗zlarining qarzdorligi yuzasidan javobgarlik to‗g‗risida o‗ylab ko‗rishga chaqirib turishdi.Natijada, Argentina doimo defitsitda bo‗lgan. 1998-yilda boshlangan turg‗unlik vaziyatni yanada yomonlashtirdi. CHunki turg‗unlik davri soliq daromadlarini pasaytirdi va davlat xarajatlari hamda soliqlar o‗rtasidagi chuqurlikni kengaytirdi. So‗nggi kuchli fiskal dizbalans shu darajada juda katta ediki, xukumat maxalliy rezidentlar va xorijliklarga etarli darajada o‗zining obligatsiyalarini sota olmadi. SHu boisbu holatdabanklar katta miqdorda xukumat qarzini sotib olishga majburlandi. 2001- yilgacha investorlar Argentina xukumatining ushbu qarzni qayta to‗lay olish qobiliyatiga shubha bilan qaray boshladi. Banklarning balansida katta chuqurlar qoldirib, qarzning narxi keskin tushib ketdi. Rivojlanayotgan davlatlar orasidaqachonlardir eng zo‗r nazorat qilinadigan va kuchli bank tizimiga ega Argentina depozitlarni yo‗qotishni boshladi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling