Mavzu. Bank inqirozlari


-1998 yillarda Janubiy Koreyada moliyaviy inqiroz


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1533167
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
19- mavzu Банк инқирозлари

1997-1998 yillarda Janubiy Koreyada moliyaviy inqiroz. 
1997-yilgi inqirozdan oldintarixda Janubiy Koreya buyuk iqtisodiy yutuqlarni 
qo‗lga kiritgan mamlakatlardan biri edi.1960-yilda Koreya urushi tugaganidan 
so‗ng etti yildan keyin ham Koreya juda kambag‗al davlat edi. Aholi jon boshiga 
yillik daromad 2000 AQSH dollaridan past bo‗lib, Somali bilan yonmayon edi. 
Sovuq urush davrida Janubiy Koreya eskportga yo‗naltirilgan strategiyasini davom 
ettirdi va jahonning eng yirik iqtisodiyoti bo‗lishiga zamin yaratdi. Moliyaviy 
liberralashuv/globallashuv noto„g„ri boshqarildi. 
1990-yillarning boshidan boshlab Koreya xukumati mamlakatning moliyaviy 
bozorlarini liberallashtirish maqsadida moliya institutlar faoliyatidagi tartibga 
solishdagi ko‗plab cheklovlarni bekor qilgan. Bundan tashqari Koreya xukumati 
o‗zining kapital bozoriga xorijiy kapital oqimini ochish orqali moliyaviy 
globallashuv jarayonlarini boshladi. Natijada kredit ekspansiyasini yanada 
kuchayib,ommaviy ravishda tashqi qarzlarhar yili 20% ga yaqin suratda oshishi 
hisobigaxususiy nomoliyaviy tijorat sektoriga bank kreditlari yuqori suratlarda 
ajratila boshlandi.Kuchsiz bank regulyatori nazorati va bank institutlarida qarz 
oluvchilar faoliyatini kuzatish va monitoring qilishda tajribani kamligi 
sababliqreditlardan mumkin yo‗qotishlar hajmi ko‗paydi va banklarning sofi 
qiymati (kapital) kamaydi. (19.4-rasm) 
4-rasm 
 


5-rasm 
 
 
Moliyaviy liberallashuv/globallashuv jarayonlarining salbiy ta‟siri: 
CHebollar va Janubiy Koreya inqirozi (19.5-rasm ) 
Moliyaviy liberallashuvning noto‗g‗ri boshqarilishida kuchli tijorat 
manfaatlari muhim rol o‗ynaydi. 1990- yillarning oxiridagi moliyaviy inqirozdan 
oldin Janubiy Koreyaga nisbatan hech qaerda aniq emas ediki, chebollar deb 
nomlanuvchi yirik oilaviy konglomeratlar o‗zlarining savdosi orqali iqtisodiyotda 
katta ta‘sirga ega bo‗lishib, YAIM ning salkam 50% ini yaratishgan.(6-rasm) 
6-rasm 
Chebollar siyosiy jihatdan juda kuchli bo‗lishgan va hukumat tomonidan 
―inqirozga yuz tutishi uchun juda ham yirik‖ hisoblangan. Bunday tushunarsiz 


kafolat bilan chebollarning moliyaviy ahvoli yomonlashadigan bo‗lsa bevosita 
xukumat yordami yoki yo‗naltirilgan kreditlar olishini bilgan. Ammo 
chebollarning bitimlari so‗ndirilgan bo‗lsada, o‗zlarining barcha foydasini saqlab 
qolishgan. Aniqki, chebollar katta miqdorda qarz olishgan va yuqori darajada 
leverajga ega bo‗lishgan. 
1990-yillarda chebollar hech qanday pul qilishmagan edi. 1993-yildan 1996-
yilgacha top o‗ttizta chebollarning aktivlari daromadliligi hech qachon 3%dan 
yuqori bo‗lmagan (AQSH korporatsiyalari bilan taqqoslaydigan bo‗lsak, ushbu 
ko‗rsatkich 1520% ni tashkil qilgan). 1996 -yilda moliyaviy inqiroz o‗zining salbiy 
ta‘siriniko‗rsatishdan oldin aktivlarning daromadliligi surati 0,2% gacha pasayib 
ketdi. Bundan tashqari faqatgina top beshta chebollarda foyda mavjud bo‗lgan 
bo‗lsa, oltinchidan o‗ttizinchigacha o‗rinda bo‗lgan chebollarda 1%dan 
yuqorifoyda bo‗lmasligi natijasida ko‗p yillar davomida zarar ko‗rishdi. Bu 
darajadagi past foydalilik va yuqori darajadagi leveraj bois hukumat kafolati 
mavjud bo‗lmasahar qanday bank ushbu konglomeratlargaajratilayotgan kredit 
summasini kamaytirishi mumkin edi.Agarda chebollar defoltga uchraydigan 
bo‗lsa, xukumat tomonidan ularning kreditlari qoplanishi mumkinligini banklar 
bilganligi bois ular faoliyatini moliyalashtirishni to‗xtatishmadi. Tijorat banklari 
tomonidan chebollarning yirik miqdorda moliyalashtirilishi hamularning qondirib 
bo‗lmaydigankreditga bo‗lgan talabinikamaytirmadi.Chebollar mavjud moliyaviy 
qiyinchiliklardan chiqib ketishning yo‗li o‗sishni davom ettirish ekanligi 
to‗g‗risida qaror qabul qilishdi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun katta 
miqdorda mablag‗ zarur edi. Xattoki maqtalgan Koreya milliy jamg‗arma 
depozitlari foiz stavkasi 30%dan yuqoriligi chebollarning rejalashtirilgan 
kengayishini moliyalashtirish uchun etarli darajada mablag‗larni ta‘minlay olmas 
edi. Ular mablag‗larni qaerdan olishlari mumkin? Buning javobi xalqaro kapital 
bozorlarida edi.
Chebollar Koreya xukumatini liberallashuv jarayonlarining tarkibiy qismi 
hisoblanganmoliya bozorlarini xorijiy kapitalga ochib berishni tezlashtirish 
bo‗yicha qo‗llabquvvatladi. 1993-yilda hukumat mahalliy banklarning xorijiy 
valyutada ifodalangan qreditlash berish qobiliyatinikengaytirdi. Bir vaqtning 
o‗zida 
Koreya 
xukumati 
moliyaviy 
institutlar 
tomonidanajratiladigan 
cheklanmagan qisqa muddatli tashqi qarzlar olishga samarali ravishda ruxsat berdi. 
Ammo mamlakatga kapital oqimini boshqarishning vositasi sifatida uzoq muddatli 
qarzlargamiqdoriy cheklovlar o‗rnatilgan edi. Uzoq muddatlidan tashqari faqatgina 
qisqa muddatlixorijiy kapital oqimini ochilishi hech qanday iqtisodiy samaradorlik 
keltirmadi. Qisqa muddatli kapital oqimi rivojlanayotgan davlatlarning 
iqtisodiyotini 
kuchsizlantirdi; 
moliyaviy 
inqirozning 
qandaydir 
belgilari 


ko‗rinishni boshlasa,qisqa muddatli kapital tezkorlik bilan mamlakatdan chiqib 
ketishni boshlaydi.
Asosan qisqa muddatli kapital oqimini kirib kelishiga yo‗l ochib berilganligi 
to‗laligicha siyosiy ta‘sirni ko‗rsatdi: chebollar pulga extiyoj sezgan 
sharoitdaxalqaro bozorda uzoq muddatli kreditlash xorijiy kreditorlar uchun yuqori 
riskka egaligi bois qisqa muddatli fondlarni past foiz stavkalarda qarz olish juda 
oson edi.Ushbu o‗zgarishlarning salbiy ta‘siri natijasida Koreya banklari o‗zlariga 
xorijiy fondlarga yo‗l ochuvchi vosita sifatida chet el mamlakatlarida yigirma 
sakkizta filiallarini ochishdi. 
Hozirda Koreya moliya institutlarixorijiy kapitalni jalb qilishga imkoniyat 
borligiga qaramasdan chebollarda hali ham muammo mavjud edi. Ulartijorat 
banklarini o‗z tarkibiga olishga ruxsat berilmagan edi. SHu sababdan ham 
chebollar o‗zlari xohlagan miqdorda bank kreditlarini jalb qila olishmadi.Ammo, 
Janubiy Koreyaga xos bo‗lgan maxsus moliyaviy institutmavjud bo‗lib, 
chebollarga kerakli bo‗lgan miqdorjaqarzlarni jalb qilish imkoniyatini berar edi: 
savdogar bank. Savdogar bank korporatsiyalari ulgurji savdo moliyaviy institutlari 
hisoblanib, qimmatli qog‗ozlarninganderrayting operatsiyalari, lizing va korporativ 
sektorga qisqa muddatli kreditlar ajratish shug‗ullangan. Ular kreditlar uchun o‗z 
fondlariniobligatsiyalar hamda tijorat qog‗ozlarini emissiya qilish va interbank va 
xorijiy bozorlardan qarz olish hisobiga shakllantirishgan edi. Koreya inqirozi 
davrida savdogar banklarga xorijdan kredit olishga ruxsat etilgan edi va ularning 
faoliyati deyarli tartibga solinmagan edi. Chebollar o‗zlarining imkoniyatlarini 
yuqori baholashdi va xukumat vakillarini ko‗plab moliyaviy kompaniyalarni 
(allaqachon chebollar tomonidan o‗zlashtirilgan)savdogar banklarga aylantirishga 
ishontirdi.Savdogar banklar katta miqdordagi fondlarni chebol egalariga
yo‗naltirishdi. Lekin ushbu fondlar samarasiz hisoblangan po‗latchilik, avtomobil 
ishlab chiqarish va kimyo sanoatiga ishlatildi. Ajratilgan kreditlar muammoli 
ko‗rinishni olganidan so‗ng, ushbu bosqich xalokatli moliyaviy inqirozni boshlab 
berdi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling