Mavzu. Bank inqirozlari


Ikkinchi bosqich. Valyuta inqirozi


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1533167
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
19- mavzu Банк инқирозлари

Ikkinchi bosqich. Valyuta inqirozi.
Bank balansining yomonlashshuvi valyutani inqirozini keltirib chiqaradi. 
Banklar va boshqa moliya institutlarining moliyaviy ahvoli yomonlashsa
hukumatda ular faoliyatini sog‗lomlashtirish bo‗yicha kam tanlov qoladi. Foiz 
stavkalarini ko‗tarish orqali o‗zlarining valyutasini himoya qilish kapitalni 
mamlakatga oqimini qo‗llabquvvatlashi lozim. Biroq xukumat foiz stavkalarni 
oshirsa, banklar resurslarga ega bo‗lishi uchun ko‗p to‗lashiga olib keladi. 
Xarajatlarni oshib ketishi banklarning foydasini kamaytirishi natijasida to‗lovga 
layoqatsizlikni keltirib chiqaradi. Demak, bank tizimining moliyaviy holati 
og‗irlashsa, xukumat va markaziy bank ikki o‗t o‗rtasida qolib ketadi. Agarda ular 


foiz stavkani keskin oshirishsa, allaqachon kuchsizlangan bank tizimini barbod 
qilishadi, o‗z navbatida, iqtisodiyotning ahvoli og‗irlashadi. Agarda foiz 
stavkalarni ko‗tarmaydigan bo‗lishsa, o‗z valyutasining qadrini belgilay 
olishmaydi.
Valyuta bozoridagi spekulyantlar mamlakatning moliya sektoridagi 
qiynchiliklarni his qilishadi va hukumatning foiz stavkalarni oshirish va valyutani 
himoya qilish katta xarajat talab qilishiga to‗g‗ri baho berishadi. Natijada xukumat 
valyutani himoya qilish siyosatini amalga oshira olmasligi bois valyuta 
qadrsizlanishga ruxsat beradi. Valyutaning qadri faqat pasayganligi bois 
spekulyantlar deyarli xatosiz kursda bitimlarni amalga oshiradi. Spekulyantlar 
qattiq raqobatga kirishishadi va valyutani qadri tushishini oldindan aniqlashib 
sotishadi. Bu holat ularga katta foyda keltiradi. Ammo mamlakat milliy valyutasi 
qadrini saqlab turish uchuno‗z zaxirasini ishlatishi shart. Natijada ushbu sotuvlar 
mamlakat xorijiy valyutadagi zaxirasini tezda emirilishiga olib keladi. Qachondir 
markaziy bank xorijiy valyuta zaxirasini ishlatib bo‗lsa, sikl tugaydi. Markaziy 
bankda resurslar mavjud bo‗lmaganligi boisvalyuta bozorida intervensiyani amalga 
oshira olmasligi oqibatida milliy valyutaning qadrini tushib ketishiga ruxsat berishi 
shart bo‗lib qoladi: bunday vaziyatda hukumat milliy valyutaning devalvatsiyasiga 
rozilik berishi shart. 

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling