Mavzu. Bank inqirozlari


Kuchli fiskal dizbalans valyuta inqirozini keltirib chiqaradi


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/27
Sana29.10.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1733127
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Kuchli fiskal dizbalans valyuta inqirozini keltirib chiqaradi. 
Ko‗rib o‗tganimizdek, kuchli fiskal dizbalans bank balansining 
yomonlashuviga olib keladi, o‗z navbatida yuqorida tasvirlanganidek valyuta 
inqirozini yuzaga kelishiga olib keladi. Fiskal dizbalans bevosita valyuta inqirozini 
keltirib chiqaradi. Davlat byudjeti defitsiti nazoratdan chiqib ketsa, xorijiy va 
maxalliy investorlarda davlat qarzini to‗lash borasida muammolar mavjudligi 
to‗g‗risida shubhalanisha boshlaydi. Bu holat xorijiy va mahalliy investorlar 
tomonidan mamlakatdan pulni olib chiqib ketish va milliy valyutani sotish jarayoni 
boshlanadi. Fiskal holatning nazoratdan tashqarida ekanligini tan olinishi valyutaga 
nisbatan spekulyativ hujumni keltirib chiqaradi. Natija valyutaning sinishiga olib 
keladi.
Uchinchi bosqich. To„liq moliyaviy inqiroz. 
Odatda qarzdorlikni milliy valyutada ifodalovchi ko‗plab rivojlangan 
iqtisodiyotlarga qaramaqarshi rivojlanayotgan davlatlar ko‗pgina qarzdorlik 
shartnomalarini valyuta nomuvofiqligiga olib keluvchi xorijiy valyutada 
ifodalashadi. Rivojlanayotgan davlatlardamilliy valyutaning kutilmaganda qadrini 
oshishi yoki tushishi (masalan, peso)milliy valyutaga nisbatan hisoblanganda 


mahalliy firmalarning qarzdorlik yukini oshiradi. Qiymati dollarda ifodalangan 
qarzlarni qaytarishda ko‗p peso talab qilinadi. Ko‗plab firmalar o‗zlari ishlab 
chiqargan tovar va xizmatlarini milliy valyutada baholashganligi sababli 
firmalarning aktivlari pesoga nisbatan qiymati oshmaydi, balki ularning xorijiy 
valyutadagi qarzlari o‗sadi.Milliy valyuta qadrining pasayishi aktivlarga nisbatan 
qarzlarning qiymatini oshiradi va firmalarning sof qiymati tushadi. Sof qiymatning 
pasayishi ilgari tasvirlangantanlovning qiynlashishiga va psixologik risk 
muammosini murakkablashtiradi.
Biz xozir rivojlanayotgan davlatlarda qarz bozorining institutsional tuzilmasi 
qanchalik darajada valyutaning devalvatsiyasi bilan o‗zaro ta‘sirga ega bo‗lishi 
orqali mamlakatlarni to‗liq masshtabli moliyaviy inqiroz holatiga tushirishini 
ko‗rishimiz mumkin. Valyuta qadrining tushishi natijasida yuzaga keladigan 
valyuta inqirozi firmalarning balansini yomonlashishiga olib keladi va tanlovning 
yomonlashuviga va psixologik risk muammosini kuchaytiradi. Iqtisodchilar teztez 
valyuta inqirozi va moliyaviy inqirozni birgalikda ―egizak inqirozlar‖ deb 
nomlashadi.
Valyutaning sinishi yuqori inflyasiyani keltirib chiqaradi. Ko‗plab 
rivojlanayotgan davlatlarda markaziy banklar rivojlangan davlatlardan farqli 
ravishdainflyasiya 
xurujiga 
nisbatan 
mustahkamlikka 
ega 
emas.Bundan 
ko‗rishimiz mumkinki, valyuta inqirozidan so‗ngmilliy valyutaning keskin qadrini 
tushib ketishi import tovarlar narxiga yuqori darajada bosimni keltirib chiqaradi. 
Haqiqiy va kutilayotgan inflyasiyani keskin ko‗tarilishi bevosita mahalliy foiz 
stavkalarning oshishiga olib keladi. Foizli to‗lovlarning oshishi natijasida 
firmalarning pul oqimini qisqartiradi. Firmalar o‗zlarining investitsion faoliyatini 
moliyalashtirish uchuntashqi moliyalashtirish fondlariga haddan ortiq bog‗liqligi 
yuqori darajada assimetrik ma‘lumotlar muammosini keltirib chiqaradi. 
Assimetrik ma‘lumotlar tahlili ko‗rsatadiki, tanlovning qiyinlashishi va psixologik 
risk muammosi natijasida investitsion va iqtisodiy faoliyat pasayadi.
Bunday shart- sharoitda banklarning bankrotlikka uchrashi bank tizimini 
inqiroz holatiga tushiradi. (Buyuk Depressiya davrida AQSHda bo‗lganidek). Bank 
inqirozi va kredit bozoridagi inqirozni keltirib chiqaruvchi omillar tanlovning 
yomonlashuvi va psixologik risk muammosi, inqirozning salbiy ta‘siri oqibatida 
kreditlash va iqtisodiy faoliyatning xonavayron bo‗lganligini anglatadi.
Biz hozir so‘nggi yillarda rivojlanayotgan davlatlarda sodir bo‗lgan ko‗plab 
moliyaviy 
inqirozlarning 
ikkitasini 
tahlil 
qilamiz. 
Dastlab, 
moliyaviy 
liberallashuv/globallashuv jarayoni noto‗g‗ri boshqarilishi natijasida yuzaga kelgan 
birinchi yo‗lni tasvirlovchi 1997-1998 -yillardagi Janubiy Koreyada sodir bo‗lgan 


moliyaviy inqirozniko‗rib chiqamiz. Ikkinchidan, kuchli fiskal dizbalansning 
ikkinchi yo‗li natijasida yuzaga kelgan 2001-2002- yillardagi Argentinada sodir 
bo‗lgan inqirozni tahlil qilamiz. 

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling