Mavzu. Bank inqirozlari


B yo„l: Kuchli fiskal dizbalans


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/27
Sana29.10.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1733127
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
B yo„l: Kuchli fiskal dizbalans. Davlat xarajatlarini moliyalashtirishi 
rivojlanayotgan mamlakatlarni moliyaviy inqiroz tomon etaklashi mumkin. 2001-
2002- yildaArgentinada sodir bo‗lgan moliyaviy inqiroz aynan shu turga xos 
bo‗lib, jumladan, 1998- yilda Rossiyada, 1999 -yilda Ekuadorda, 2001 -yilda 
Turkiyada yuzaga moliyaviy inqirozlar aynan shu turdagi inqirozning ba‘zi 
elementlarini aks ettiradi.
Mashhur 
bank 
o‗g‗risi 
Villie 
Suttondan 
nima 
sababdan 
banklarningo‗marganligi so‗ralganda, u shunday jaovb bergan: ―CHunki bu erda 
pul bor‖. Rivojlanayotgan davlatlarning hukumatlari aynan shunday qarashga 
egadirlar. Qachonki ular yirik fiskal dizbalansga yuz tutishsa va o‗zlarining 
qarzlarini qoplay olishmasa, xukumat banklarni dvalat qarzini sotib olishga 
aldashadi yoki majburlashadi. Xukumatningushbu qarzlarni qayta to‗lay olish 
qobiliyatiga ishonchini yo‗qotgan investorlar obligatsiyalarni sotib yuborishadi. 
Natijada obligatsiyalarning narxi tushib ketadi. Ushbu qarzlarni ushlab turgan 
banklar balansining aktiv qismida katta o‗ra hosil bo‗lishi natijasida aktivlarning 
sof qiymati tushib ketadi. Kapital xajmini kamayishi ushbu institutlarning kredit 
resurslarini pasayishiga olib kelishi oqibatida kreditlash hajmi tushadi. Ushbu holat 
yanada yomonroq bo‗lishi, ya‘ni bank kapitalining pasayishi sarosimani keltirib 
chiqarishi natijasida ko‗plab banklar bir vaqtda bankrotlikka uchrashi mumkin. 
Kuchli fiskal dizbalansning bank tizimi kuchsizlanishiga olib kelishi natijasida 
tanlovning yomonlashishi va psixologik risk muammosiga olib keladi.
Qo„shimcha omillar. Moliyaviy inqirozning birinchi bosqichida boshqa 
omillar ham muhim o‗rin egallaydi. Masalan, ba‘zi moliyaviy inqirozlarda 
(masalan Meksika inqirozi) qo‗shimcha yuzaga keltiruvchi omil sifatida xorijiy 
davlatlarning foiz stavkalarini oshishi, darvoqe AQSHda qattiq monetar 
siyosatning amalga oshirilishi xizmat qilgandir.Foiz stavkalarning ko‗tarilishi 
yuqori riskka ega firmalaning baland foiz stavkalarda to‗lovlarni amalga 


oshirishiga olib keladi. Yomonlashgan tanlov muammosi yanada murakkablashadi. 
Jumladan, yuqori foiz stavkalar firmalarning pul oqimini qisqartirib, ularni 
assimetrik muammo chuqurlashgan tashqi kapital bozorlardan fondlarni izlashga 
majbur qiladi.Xorijiy mamlakatlarda foiz stavkalarning oshishi ichki foiz 
stavkalarning ko‗tarilishiga olib keladi. Natijada tanlovning yomonlashishi va 
psixologik risk muammosini chururlashtiradi 
Aktivlar bozori rivojlanayotgan davlatlarda rivojlangan davlatlar singari yirik 
bo‗lmaganligi bois, moliyaviy inqiroz sharoitida past o‗ringa egadir. Qimmatli 
qog‗ozlar bozorida aktivlarning narxi tushishi, shubhasiz, firmalarning sof 
qiymatini pasaytiradi va tanlovning yomonlashuvi muammosini chuqurlashtiradi. 
Firmalarning sof qiymatini tushib ketishi qarz beruvchilar uchun yo‗qotishlar 
o‗rnini qoplash uchun ta‘minotning pastligiva yuqori psixologik riskni 
muammosini yuzaga keltiradi. Firmalarning egalari inqirozdan oldin shug‗ullangan 
riskli faoliyatini cheklashganida ko‗rilishi mumkin bo‗lgan zarar ham kamroq 
bo‗lar edi. Aktivlar narxining tushishi bevosita tanlovning yomonlashishi va 
psixologik risk muammosini yomonlashtiradi va aktivlarning xisobdan 
chiqarilishibanklarning balansi holatini bilvosita yomonlashishigaolib keladi.
Rivojlangan 
davlatlarda 
bo‗lgani 
kabi 
rivojlanayotgan 
davlat 
iqtisodiytushkunlik holatiga tushib qolgan bo‗lsa yoki yirik firmalar bankrotlikka 
uchrasa, odamlarda investitsion loyihalardan oladigan daromadlar to‗g‗risida 
shubhalar paydo bo‗ladi. Rivojlanayotgan davlatlarda sezilarli nobarqaror siyosiy 
tizimning mavjudligi noaniqliklarning yana bir manbasi hisoblanadi. Noaniqliklar 
oshib borsa, qarz beruvchilar uchun yaxshi va yomon kredit riskini ajratib olish va 
pul qarz bergan firmalarning faoliyatini monitoring qilish juda qiyinlashadi. Bu 
holat yanada tanlovning qiynlashishi va psixologik risk muammosini 
chuqurlashishiga olib keladi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling