Mavzu. Bank inqirozlari
Valyuta inqirozi to„liq masshtabli moliyaviy inqirozni keltirib chiqardi
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Valyuta inqirozi to„liq masshtabli moliyaviy inqirozni keltirib chiqardi.
2002 -yilning iyunigacha 1,00$ qiymatdan 0,30$dan pastroqgachapesoning kursi erkin ravishda pasaydi va keyinchalik 0,33$ atrofida barqarorlashdi. Boshqa inqiroz yuz berayotgan davlatlarga qaraganda Argentinada AQSH dollarida ifodalangan yuqori foizli qarz mavjudligi boispesoning qadrini tushishining ta‘siriayniqsa banklar balansiga juda xalokatli edi.Inqirozdan oldin pesoqadrini uchdan bir martagapasayishi, dollarda ifodalangan barcha qarzlarning pesoda uch barobarga oshib ketishiga olib keldi. Argentinasavdo sektori kichik bo‗lganligi bois, ko‗plab tijoratchilarning ishlab chiqarishi pesoda baholangan edi. Agarda ular barcha dollardagi qarzlarini qaytarishga to‗g‗ri kelib qolsa, deyarli barcha firmalar to‗lovga layoqatsiz bo‗lib qolar edi. CHunki sof qiymat tanlovning yomonlashishi hamda psixologik risk muammosini yumshata olmasligi sababliyaratilgan shunday muhitda moliyaviy bozorlar faoliyat ko‗rsata olishmaydi. Defoltga uchragan xukumat qarzidan yo‗qotishlar va kreditdan yo‗qotishlarning oshishi Argentina banklarining balansini juda yomon ahvolga olib keldi. Keyinchalik, banklarlan depozitlarni talab qilinib olinishiyirik hajmda depozitlarni oqib chiqib ketishiga olib keldi.YAngidan kreditlar ajratish uchun resurslarni etishmasligi banklar tomonidan tanlovning yomonlashuvi va psixologik risk muammosini xal qila olmasligiga olib keldi. Xukumat obligatsiyalarining defolti va Argentina moliya bozorlaridagiholat xorijliklarning ortiq kredit berishini xoxlamasligini va xaqiqatda o‗zlarining pullarini mamlakatdan olib chiqib ketayotganliklarini anglatar edi. Moliyaviy tizim xavfda turganligi bois, moliyaviy oqimni sekinlik bilan to‗xtashiga olib keldi. Kreditlashning pirovard qisqarishi keyinchalik iqtisodiyotni pasayishiga etakladi. Corralito iqtisodiyotni pasayishida muhim rol o‗ynadi. Naqd pul olishning qiyinlashishi Argentinada yirik bo‗lgan va asosan naqd pulda faoliyat yurituvchiyashirin iqtisodiyotning keskin pasayishiga sabab bo‗ldi. (11-rasm) Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling