Iqtisodiyotda bank inqirozlarining salbiy oqibatlari Kaminskiy va Reynxartlar tomonidan empirik tadqiq etilib, ularning fikricha bank inqirozlarining oqibatlari quyidagilardan iborat Bank inqirozlarining quyidagi turlari mavjud:
Bank inqirozining birinchi turini byudjet xarajatlarining miqdoridan qat’iy nazar mikroiqtisodiy darajadagi inqiroz deyish mumkin. Bunday holatda cheklangan miqdordagi banklarning bankrot bo‘lishi butun moliyaviy tizimga keskin ta’sir ko‘rsatmaydi hamda yirik miqyosdagi makroiqtisodiy pasayish kuzatilmaydi. Bunga misol sifatida AQSh (1984-1991 yy.), Shvetsiya (1990-1993 yy.), Finlandiya (1991-1994 yy.) va Fransiya(1991-1998 yy.)dagi bank inqirozlarini keltirish mumkin.
Bank inqirozining ikkinchi turini o‘ta salbiy oqibatlarga olib keluvchi makroiqtisodiy darajadagi inqiroz deyish mumkin. Misol uchun, Chilida (1981-1984 yy.) yuz bergan bank inqirozi YaIMning 13 % pasayishiga olib keldi. Bank sektorining aksariyat qismi milliylashtirilib, hanuzga qadar davlat xarajatlari to‘la kompensatsiya qilinmagan. Mazkur turdagi inqirozlarni bartaraf etish uchun sarflanadigan mablag‘lar YaIMning 15-20%ini tashkil etishi mumkin.

Bank inqirozining uchinchi turi moliya-byudjet tizimining nobarqarorligi, yuqori inflyatsiya va iqtisodiyotni demonetizatsiya qilish kabi xususiyatlar bilan harakterlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |