Mavzu: bank kartalari bilan operatsiyalar va ularning hisobi


Imzo qoʻyishdan avval sizga beriladigan cheklarni tekshiring. Bunday xatti-harakatlar bizga notanish boʻlsa ham, bu VISA kartalaridan foydalanishda standart tartibotdir


Download 0.57 Mb.
bet10/10
Sana03.12.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1800809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Imzo qoʻyishdan avval sizga beriladigan cheklarni tekshiring. Bunday xatti-harakatlar bizga notanish boʻlsa ham, bu VISA kartalaridan foydalanishda standart tartibotdir – hech kim sizning xatti-harakatlaringizni noloyiq yoki sinchkov deb oʻylamaydi.
Shuningdek, kartangizni qarindoshlaringiz yoki doʻstlaringizga bermaslikka harakat qiling. Ular siz javobgar boʻlgan kartadan foydalanish boʻyicha xavfsizlik choralarini buzishi mumkin. Bundan tashqari, ayrim savdo shoxobchalari karta orqali toʻlovni boshqa shaxsdan qabul qilmasligi mumkin. Buning oʻrniga qoʻshimcha karta ochib qoʻying: u ham sizning hisob raqamingizga bogʻlanadi, biroq, ushbu karta orqali shaxsiy maʼlumotdan foydalanish (masalan, xarajatlar tarixi) imkoniyati boʻlmaydi.
Karta oʻzga shaxsda boʻlib qolsa yoki yoʻqolib qolsa, bank bilan mumkin qadar tez bogʻlaning – biz hisob raqamingizni vaqtincha bloklab qoʻyamiz va hech kim mablagʻlaringizdan foydalana olmaydi. Soʻngra yangi kartaga talabnoma qoldiring va xavf-xatar ortda qoldi, deb hisoblashingiz ham mumkin.
Barcha joylarda plastik kartalar tarqatilishi bilan bogʻliq qiziq holat: restoran xodimlariga, resepshnda yoki yoqilgʻi quyish shoxobchasida beriladigan choy puli yuzasidan nimalarni amalga oshirish mumkin? Ayrim mamlakatlarda ushbu holat boʻyicha oʻziga xos qoidalar qabul qilingan, biroq mohiyati har yerda yagona: siz kartadan hisobdan tashqari ofitsiant uchun beriladigan choy pulini yechib qolishni soʻrashingiz mumkin va ushbu choy puli albatta unga beriladi.
Rezyume
VISA kamida yarim asr avval butun sayyora boʻylab naqd pulsiz hisob-kitoblar sinonimiga aylandi. U qogʻoz puldan, shu jumladan valyutadan foydalinishga nisbatan jiddiy afzalliklarni taklif etadi. Agar undan savodli va barcha xavfsizlik normalariga rioya etgan holda foydalanilsa, “Kapitalbank” ATBdan VISA toʻlov masalalarida sizning ishonchli hamrohingiz boʻladi va sizning zamonaviy tendensiyalarga tarafdor ekanligingizni qayd etadi.


Adabiyotlar ro’yxati.
Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling