Mavzu; Bank krediti va uning rivojlanish bosqichlari Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism


Download 66.29 Kb.
bet8/9
Sana09.01.2022
Hajmi66.29 Kb.
#262479
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bank krediti va uning rivojlanish bosqichlari

III.Xulosa

O'zbekiston Respublikasida kredit siyosatining moliya bozoriga ta'sirini


taxlil etish jarayonida quyidagi ilmiy xulosalar olindi:
1. Monetar siyosatning quyidagi vositalari orqali naqd pul emissiya qilish;
tijorat banklarining markaziy bankda saqlanadigan majburiy zaxiralari miqdorini
kamaytirish; markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasini tushirish;
ochiq bozorda davlat g'azna majburiyatlari miqdorini o'zgartirish orqali pul
massasi oshirilib boriladi;
2. Investitsiya siyosati orqali milliy va xorijiy investorlarga qulay shartsharoitlar yaratish hisobiga iqtisodiyotga ko'shimcha mablag'lar jalb etilib pul
massasi miqdori oshiriladi, moliya bozoridagi operatsiyalar hajmi ortadi;
3. Faol tashqi iqtisodiy siyosat orqali eksportning importdan ortiq bo'lishi
ta'minlangan holda, oltin-valyuta zaxiralari ortishi asosida Markaziy bankning
valyuta bozoriga ta'sir etish qobiliyati kuchayib boradi.
4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida markaziy banklarning pulkredit siyosatida yuz bergan quyidagi muhim o'zgarishlar aniqlandi:
– markaziy banklar tomonidan tijorat banklariga beriladigan markazlashgan
kreditlarning muddati uzaytirildi va hajmi oshirildi;
– markaziy banklarning qayta moliyalash stavkasi pasaytirib borildi;
– markaziy banklar ochiq bozor operatsiyalarining ob'ektlari va lombard
kreditlari garov ta'minotining soni oshirildi;
– qator o'tish iqtisodiyoti mamlakatlarida markaziy banklar tomonidan bank
tizimini shakllantiruvchi etakchi tijorat banklariga subordinar kreditlar berish
amaliyoti joriy qilindi.
5. Milliy valyuta devalvatsiya jarayonining davom etishi milliy valyutada
emissiya qilingan qimmatli qog'ozlarga jalb etilgan xorijiy invsstitsiyalar real
qiymatining pasayishiga olib keladi va qimmatli qog'ozlar bozori rivojlanishiga
salbiy ta'sir ko'rsatadi.
6. Qimmatli qogozlar bozorining rivojlanishi mamlakatdagi pul massasining
ortib borishi bilan to'g'ri mutanosiblikda bo'ladi. Iqtisodiyotdagi ortiqcha pul
massasining mavjudligi uni iste'mol va jamg'arishdan ortgan kisminn moliya
bozorlariga yo'naltirishni ta'minlaydi. Shu jumladan, ortiqcha pulning mavjudlign
esa, portfel investitsiyalar ko'payishiga turtki bo'ladi.
7. Davlat o'zining makroiqgisodiy siyosati orqali pul massasini o'zgartirib
turadi va quyidagi dastaklar yordamida qimmatli qog'ozlar bozori rivojlanishiga
ta'sir etadi:
8. Inflyatsiya darajasi, tijorat banklarining markaziy bankda saqlanuvchi
majburiy zaxira normalari, qayta moliyalashtirish stavkalarining ortishn qimmatli
qog'ozlar bozorining o'sish sur'atlariga teskari mutanosiblikda bo'ladi. Inflyatsiya
darajasiniig yukori bo'lishi, qayta moliyalashtirish stavkasi va unda saqlanuvchi
tijorat banklarining majburiy zaxiira normalarining yuqori bo'lishi qimmatli
qog'ozlar bozori aylanmasi mablag'larining o'sishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining moliya bozoriga ta'siri
samaradorligini oshirish va mamlakatimiz moliya bozori barqaror rivojlanishini
ta'minlash maqsadida Markaziy bankning valyuta siyosati doirasida tijorat
banklariga garovli ssudalar berish va valyutaviy svop operatsiyalaridan doimiy
tarzda foydalanish orqali pul-kredit siyosati ta'sirchanligini oshirish zarur,
shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining diskont va lombard
kreditlari berish amaliyotini rivojlantirish orqali qayta moliyalash siyosati
samaradorligini oshirish lozim. Yuqori kredit reytingiga (kamida VVV) ega
bo'lgan korxonalarning aktsiya va obligatsiyalarini Markaziy bankning ochiq bozor
operatsiyalarining ob'ektiga aylantirish yo'li bilan uning ochiq bozor siyosati orqali
muomaladagi pul massasiga ta'siri darajasini oshirish zarur.


Download 66.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling