Mavzu: Bank raqami tushunchasi, bank va mijoz orasida vujudga keladigan xuquqiy munosabatlar
Reja:
Bank va bank faoliyati to’g’risida
Bank hisobi tushunchasi, bank hisob raqamlarining turlari va hisob raqamini berish xususiyatlari Banklarnıng mıjozlar bılan oʻzaro munosabatlar
1.
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi bank faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
bank – bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, toʻlovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablagʻlarini jalb etish, oʻz nomidan kreditlar berish boʻyicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs;
banklar guruhi – moliya institutlarining yuridik shaxs boʻlmagan birlashmasi boʻlib, bunda asosiy bank boshqa moliya institutlarini nazorat qiladi;
bank hisobvaragʻi – bank tomonidan shartnomaga muvofiq mijozga ochilgan hisobvaraq boʻlib, unga koʻra bank mijozning hisobvaragʻiga tushayotgan pul mablagʻlarini qabul qilish va hisobga kiritish, mijozning hisobvaragʻidan tegishli pul mablagʻlarini oʻtkazish hamda berish va hisobvaraq boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi topshiriqlarini bajarish majburiyatini zimmasiga oladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |