Mavzu: Bank raqami tushunchasi, bank va mijoz orasida vujudga keladigan xuquqiy munosabatlar Reja
Download 24.44 Kb.
|
8-modda. Banklarning mustaqilligi
Banklar moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq qarorlar qabul qilishda mustaqildir. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga banklar faoliyatiga, shu jumladan banklarning kredit portfelini va aktivlarini shakllantirish bilan bogʻliq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarishga, banklarning rahbar xodimlarini tayinlashga aralashish, shuningdek bankning mablagʻlari hisobidan turli xil toʻlovlar va badallar talab qilish taqiqlanadi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno. 9-modda. Davlat va banklar majburiyatlarining chegaralab qoʻyilishi Banklar davlatning majburiyatlari boʻyicha, davlat esa banklarning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, bundan banklarning yoki davlatning oʻzi bunday majburiyatlarni zimmasiga olish hollari mustasno. 10-modda. Banklarning uyushmalari Banklar, agar qonun hujjatlarining talablariga zid kelmasa, oʻzining umumiy manfaatlarini himoya qilish hamda birgalikdagi dasturlarni amalga oshirish maqsadida uyushmalar va boshqa birlashmalar tuzishi mumkin. Banklarning uyushmalari axborot almashish va bank faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa masalalarni birgalikda hal qilishga doir tashkilotlarni tashkil etishi mumkin. Banklarning uyushmalari vakolatli davlat organi tomonidan roʻyxatga olinganidan yoki tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan keyin Markaziy bankni bu haqda oʻn kunlik muddatda xabardor etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling