Mavzu: Bank tizimining iqtisodiy taraqqiyotdagi o’rni. Mundarija: Kirish. Bank tizimining shakllanishi va ahamiyati


O`zbekistonda bank tizimining amal qilish holati tahlili


Download 32.33 Kb.
bet7/7
Sana17.06.2023
Hajmi32.33 Kb.
#1523077
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bank tizimining iqtisodiy taraqqiyotdagi o’rni.

4.O`zbekistonda bank tizimining amal qilish holati tahlili
So`nggi yillarda mamlakatimiz moliyaviy-iqtisodiy, byudjet va bank kredit tizimining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta`minlash, iqtisodiyotning real sektori korxonalariga yordam ko`rsatish, aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash borasida ko`rilgan chora-tadbirlar o`zining amaliy samarasini berdi. Xususan, iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlar, uning muhim tarmoqlari korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va tehnologik jihatdan yangilashni faol davom ettirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, ichki iste`molni rag`batlantirish, eksport qiluvchi korxonalarni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`yektlarini xar tomonlama qo`llab- quvvatlash yuzasidan ko`rilgan tadbirlar o`tgan yilda iqtisodiy o`sishning barqaror yuqori sur`atlarini ta`minlandi.
O’zbekiston Respublikasi bank tizimining rivojlanishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar dinamikasi, mlrd. so’m
O`zbekistonda muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni, ming dona.
O`zbekistonda to`lov terminallari soni (ming dona) To`lov terminallari orqali amalga oshirilgan to`lovlar hajmi, mlrd.so`mda
Masofadan bank xizmatlar ko`rsatuvni tizimlardan foydalanuvchilar soni (2017 yil 1 yanvar holatiga)
5.O`zbekiston Respublikasida bank tizimini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari
Respublika bank tizimining barqarorligini yanada oshirish va xalqaro andozalarga muvofiq rivojlanishini ta’minlash hamda yuqori iqtisodiy o`sishni ta’minlashdagi rolini kengaytirishga qaratilgan quyidagi chora- tadbirlar amalga oshiriladi: 1.Bank tizimi barqarorligini yanada oshirish bo`yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini xalqaro talablar, jumladan, Bank nazorati bo`yicha Bazel qo`mitasining yangi tavsiyalari asosida yanada takomillashtirish bo`yicha ishlar izchil davom ettiriladi. 2. Respublika moliya-bank tizimi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) to`liq moslashtirish borasidagi tadbirlarni amalga oshirish davom ettiriladi. 3. Tijorat banklari kapitallashuv darajasini yanada oshirish, resurs bazasini mustahkamlash va diversifikasiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettiriladi. Bunda asosiy e’tibor qo`shimcha aksiyalar chiqarish va joylashtirish borasidagi ishlarni jadallashtirish hisobiga banklar kapitallashuv darajasining kamida 20 foizga oshishini ta’minlashga qaratiladi. SHuningdek, bank tizimining umumiy ustav kapitalida nodavlat sektori ulushini oshirish bo`yicha qabul qilingan chora- tadbirlarni amalga oshirish borasida ishlar davom ettiriladi. tijorat banklari resurs bazasini yanada mustahkamlash maqsadida aholi va xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning bo`sh pul mablag`larini uzoq muddatli depozitlarga jalb etishni yanada faollashtirish hisobiga ularning tijorat banklaridagi depozitlari hajmining kamida 30 foizga oshishini ta’minlash rejalashtirilmoqda. 4. Tijorat banklarining ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ish o`rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash davlat dasturlarini amalga oshirish jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish bank tizimi oldidagi muhim vazifalardan biri bo`lib qoladi. tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratiladigan kredit qo`yilmalari hajmining o`sishi prognoz qilinmoqda.
Markaziy bankda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligi va mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta'minlash masalalariga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi.
Bank tizimi vakillari ishtirokida tashkil etilgan mazkur anjumanda O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni tarkib toptirish, xalqimiz uchun farovon hayot barpo etish, xalqaro maydonda munosib o'rnimizni egallashda Bosh Qomusimiz mustahkam poydevor bo'lib xizmat qilayotgani ta'kidlandi.
Sir emas, O'zbekiston barcha jabhalarda erishayotgan yutuqlarda Asosiy qonunimizning qoida va normalariga og'ishmay amal qilinayotgani muhim omil bo'lmoqda. Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan milliy iqtisodiyotning negizini turli mulk shakllari tashkil etishi va ularning teng huquqliligi va bab-baravar muhofaza etilishi, daxlsizligi, mulkdorning tadbirkorlik erkinligi va o'z mulkidan o'z xohishicha tasarruf etish huquqi, bankka qo'yilgan omonatlarning sir tutilishi bank tizimining barqaror rivojlanishini ta'minlayotgan omillardir. Xususiy mulk asosida tashkil etilgan tijorat banklari davlat banklari bilan bir qatorda moliya bozorida faoliyat ko'rsatmoqda. Banklar mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, jamiyat farovonligini oshirishga qaratilgan davlat va hukumat dasturlari ijrosini ta'minlovchi yetakchi tizimga aylandi.
Jahon moliya-iqtisodi retsessiyaga uchragan bir paytda mamlakatimiz moliya-bank tizimi o'zining barqaror va ishonchli ekanini, rivojlanishning to'g'ri va oqilona yo'li tanlaganini dunyo hamjamiyatiga isbotlab berdi.
Bunda Konstitutsiyaning 124-moddasida belgilanganidek Markaziy bankning respublika bank tizimini boshqarish huquqi va bu huquqdan samarali foydalanishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Markaziy bank milliy taraqqiyot va jahon tajribasini e'tiborga olgan holda bank tizimi qonunchilik bazasini mustahkamlash, liberallashtirish va mas'uliyatini oshirish, olib borilayotgan islohotlar izchilligini ta'minlash, banklar va tadbirkorlik tuzilmalari o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan keng ko'lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Bugungi kunda Markaziy bank tizimda qonunchilik va huquqiy tartibni ta'minlash, kredit tashkilotlari va mijozlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan me'yoriy yo'l-yo'riqlarga qat'iy rioya qilinishida nazoratning turli shakllaridan samarali foydalanib kelmoqda.
Prezidentimiz tomonidan taqdim etilgan demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ta'kidlanganidek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning sur'ati va mantiqiy talablaridan kelib chiqqan holda, erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan bir qator qonunlar qabul qilishni hayotning o'zi taqozo etmoqda. Binobarin, xususiy mulkni iqtisodiyotga safarbar etish va uni himoya qilish, bank tizimi infrastrukturasini takomillashtirish, moliya bozori va kichik biznesni rivojlantirish, ko'rsatilayotgan xizmatlarni takomillashtirishga oid bir qator qonunchilik hujjatlariga tegishli o'zgartishlar kiritib borilmoqda.
Jumladan, bank tizimi barqarorligini yanada mustahkamlash, tijorat banklarining investitsion faolligini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, moliyaviy nobarqaror va iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash va ularga strategik investorlarni jalb qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol moliyaviy qo'llab-quvvatlash, bank infratuzilmasini rivojlantirish orqali aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga ko'rsatilayotgan zamonaviy xizmatlar ko'lamini kengaytirishga yo'naltirilgan qator vazifalar belgilab olingan. Ularni ijrosini ta'minlash bank tizimining har bir xodimidan o'z ishiga katta mas'uliyatni his etgan holda yondashishni talab qiladi.
Anjumanda so'zga chiqqanlar Asosiy Qonun va Konsepsiya, ular asosida qabul qilingan direktiv hujjatlar bank tizimi faoliyatini erkinlashtirish va raqobat muhitini rivojlantirish, kredit tashkilotlari faoliyati shaffofligini ta'minlash, tadbirkorlik sub'ektlari huquq va manfaatlarini himoya qilish, pirovardida aholi turmush farovonligini yuksaltirishda mustahkam huquqiy asos bo'lib xizmat qilayotganini ta'kidladilar.


Xulosa.
Mamlakatimizda bank tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlash iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ob’ektiv zaruriyat bo’lib, bu o’z navbatida tijorat banklari faoliyatini doimiy nazorat qilishni va ularni samarali tashkil etish uchun bank tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning daromadliligini oshirish, ushbu operatsiyalarni amalga oshirishda qilinayotgan sarf-xarajatlarni kamaytirish va shu asosda bank foydasini ko’paytirish yo’llarini topishni talab etadi. Hukumatimiz tomonidan bank tizimini rivojlantirish bo’yicha ichzil ravishda amalga oshirilib kelinayotgan islohotlar sohani barqaror rivojlanishi ta’minlanmoqda. Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimining jami kapitali 2016 yilga nisbatan 23,3 foiz ko’payib, 7 trillion 800 milliard so’mga yetdi. Bu ko’rsatkich keyingi 5 yilda 2,4 barobar oshdi. Mazkur yutuqlarimiz natijasida bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi qariyb 24 foizni tashkil qildi. Bu umumiy qabul qilingan xalqaro standartlardan 3 marta, bank likvidligi esa eng yuqori ko’rsatkichlardan 2 marta ko’pdir. Bundan tashqari mamlakatimizdagi barcha banklar dunyoning yetakchi agentliklari tomonidan barqaror deb baholangan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

1.O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015 yil


2.Abdullayev Yo. A. Bank ishi.-T.: Moliya 2014 yil
3.Bank ishi. Darslik.-T.: Fan va texnologiya. 2016 yil
4.Mullajonov F.M. va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi. T.: O`zbekiston 2011
5.Rashidov O. va boshqalar. Pul, kredit va banklar.- T.: Cho`lpon 2011yil
6.http://www.stat.uz - O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy saytihttp://www.stat.uz
7.http://www.cbu.uz- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti
Download 32.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling