Mavzu: Bank Turlari


Download 55.3 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi55.3 Kb.
#1360746
Bog'liq
Bank Turlari

Mavzu: Bank Turlari

Qudratov Sh MMT-91i


Kapitalistik tuzumning rivojlanishi turli mulkchilik shakllarining rivojlanishiga, moliyaviy mablag‘larning alohida moliyaviy muassasalar ixtiyorida markazlashuviga olib keladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin ko‘pchilik kapitalistik mamlakatlarda ayrim banklarning milliylashtirilishi yuz berdi. Bu o‘z navbatida banklarning mulkiy, huquqiy funksiyasi, tabiati va boshqa qator mezonlari bo‘yicha tavsiflanishiga sabab bo‘ldi. Zamonaviy iqtisodiyotda banklar quyidagi mezonlar bo‘yicha tavsiflanadi

Bank turlari

  • Mulkiy jihatdan
  • Huquqiy jihatdan
  • Bajaradigan funksiyasi(operatsiya) jihatidan

Mulkiy jihatdan – davlat banki, aksiyadorlik banki, kooperativ bank, xususiy va xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma banklariga bo‘linadi. Banklarni mulkchilik nuqtai nazardan tasniflanganda asosan ularning ustav kapitali tarkibida kimning ulushi 51 foizdan yuqori bo‘lsa, bank shu shaxslarning nomlarini oladi.
Huquqiy jihatdan – banklar ochiq va yopiq turdagi jamiyatlar sifatida tasniflanadi. Banklarning kapitalini asosiy ulushi yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi, ushbu banklar ochiq aksiyadorlik yoki yopiq aksiyadorlik banklari bo‘lishi mumkin
Banklar bajaradigan funksiyasi (operatsiyalari) jihatidan – emission, tijorat, investitsion, ipotekali va jamg‘arma banklar sifatida tasniflanadi. Emission banklar mamlakat iqtisodiyotiga pullarni emissiya qilish, shuningdek, kredit muassasalari faoliyatini tartibga solish va pul-kredit siyosatini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Bunday vazifani hozirgi paytda mamlakat Markaziy banklari bajaradi. Markaziy banklar bevosita mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatmaydi va tijorat faoliyati bilan shug‘ullanishi ta’qiqlanadi.
Tijorat banklari mamlakat bank tizimi va kredit muassasalari tarkibidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan moliyaviy muassasalar hisoblanadi. Ular banklar bajarishi mumkin bo‘lgan barcha operatsiyalarni bajaradi.
Investitsion banklarning asosiy faoliyati passiv operatsiyalari natijasida shakllantirgan moliyaviy mablag‘larini asosiy ulushini qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishdan iborat bo‘ladi. Mamlakatda investitsion banklar faoliyat yuritishi uchun qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlangan va yetarli darajada investitsion muhit yaratilgan bo‘lishi lozim
Ipoteka banklari jismoniy va yuridik shaxslarga garov asosida uzoq muddatli kreditlar berish bilan shug‘ullanadi. Ipoteka atamasi ko‘chmas mulklarni garovga qo‘yish natijasida vujudga keladigan moliyaviy munosabat bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk kredit (qarz) oluvchining tasarrufida qolishidir. Odatda ipoteka banklari faoliyatining asosiy yo‘nalishini ipoteka krediti berishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Biroq, amaliyotda ushbu qoida doimo ham o‘zining isbotini topmaydi, chunki hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan ipoteka banklari kredit portfeli tarkibida nafaqat ipoteka krediti, balki boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan kreditlarning hajmi salmoqli ulushni tashkil etadi.
Jamg‘arma banklarining asosiy mijozlari jismoniy shaxslar bo‘lib, ushbu banklarning asosiy faoliyati aholidan muddatli omonatlarni jalb qilishga qaratilgan bo‘ladi. Jamg‘arma sifatida shakllantirilgan mablag‘larni yirik tijorat banklariga, savdo va qurilish tashkilotlariga investitsiya va kreditlar ko‘rinishida joylashtiradi

E’tiboringiz uchun rahmad


Download 55.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling