Imzo qo‘yish vakolati berilgan shaxslarning imzolari bank xodimi ishtirokida qo‘yiladi, bundan masofadan turib bank hisobvarag‘i ochish hollari mustasno. Rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxslardan birortasi vaqtincha o‘zgarganda, vaqtincha vakolat berilgan shaxsning imzo namunasi qo‘yilib, amal qilish muddati ko‘rsatilgan qo‘shimcha varaqcha taqdim qilinadi. Ushbu qo‘shimcha varaqcha rahbar tomonidan imzolanadi va muhrlanadi (tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan muhr qo‘yish talab etilmaydi). Imzolar namunalari qo‘yilgan varaqchaga yuridik shaxslarning asosiy muhri yoki yuridik shaxs filialining yoxud vakolatxonasining muhr izining namunasi qo‘yilishi shart. To‘lov hujjatlariga aloqador bo‘lmagan, alohida maqsadlar uchun muhrlardan (“Paketlar uchun”, “Ruxsatnomalar uchun”, “Devonxona”, “Ma’lumotlar uchun”, “Guvohnomalar uchun” kabilar) foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Imzolar namunalari qo‘yilgan varaqchaga yuridik shaxslarning asosiy muhri yoki yuridik shaxs filialining yoxud vakolatxonasining muhr izining namunasi qo‘yilishi shart. To‘lov hujjatlariga aloqador bo‘lmagan, alohida maqsadlar uchun muhrlardan (“Paketlar uchun”, “Ruxsatnomalar uchun”, “Devonxona”, “Ma’lumotlar uchun”, “Guvohnomalar uchun” kabilar) foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Muhr almashtirilganda yoki yo‘qolib qolganda, birinchi va ikkinchi imzo huquqi berilgan shaxslar tomonidan imzolangan iltimosnoma asosida bank vakolatli xodimi tomonidan muhr tayyorlatish uchun zarur bo‘lgan muddat beriladi. Ushbu muddat o‘ttiz kalendar kundan oshishi mumkin emas. Bir vaqtning o‘zida bankning vakolatli xodimi (bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari) muhr bo‘lmagan vaqtda to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi, vaziyatdan kelib chiqqan holda hujjatlar muhr izisiz topshirilishiga ruxsat beradi. Tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar hamda budjetdan mablag‘ oluvchilar, rezident yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari, norezident yuridik shaxslar ta’sis hujjatlarida (ta’sis shartnomasida, ustavda) ko‘rsatilgan ma’lumotlar (muassislar, a’zolar yoki boshqa ma’lumotlar) o‘zgargan taqdirda, ular ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning nusxasini uch ish kuni ichida bankka taqdim qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |