Mavzu:Bankdagi hisob-kitob valyuta schyotini ochish va ular boyicha operatsiyalar hisobini yuritish. Reja: Reja: - Bank hisob varaqlarini yuritish tartibi.
- Bank hisob varaqlarini ochish tartibi.
- Asosiy hisobvaraqni boshqa bankka o‘tkazish va bank hisob varaqlarni yopish tartibi.
Imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha shakli, shuningdek tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar va norezident yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilinadigan imzolar namunalari qo‘yilgan varaqchalar soni bankning ichki hujjatlariga muvofiq belgilanadi. - Imzolar namunalari qo‘yilgan varaqchada quyidagilar bo‘lishi kerak:
- mijozning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
- imzo qo‘yish vakolati berilgan shaxslarning — familiyasi, ismi, otasining ismi hamda ularning shaxsan qo‘yilgan imzosi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarda muhr mavjud bo‘lishi talab qilingan taqdirda — muhr izi. Imzolar namunalari qo‘yilgan varaqchada bank ichki hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin. Banklar tomonidan ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishda, ularning imzo namunalari qo‘yilgan varaqchada ko‘rsatilgan rezident jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash raqamli identifikatsiyalash orqali amalga oshirilishi mumkin. Banklar tomonidan ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishda, ularning imzo namunalari qo‘yilgan varaqchada ko‘rsatilgan rezident jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash raqamli identifikatsiyalash orqali amalga oshirilishi mumkin. Imzo namunalari bank mijozining shaxsan o‘zi tomonidan qo‘yilishi shart. Nogironligi bo‘lgan shaxsning faksimil imzosi nogironligi bo‘lgan shaxs tomonidan faqat, agar u o‘zining jismoniy nuqsonlari sababli zarur hujjatlarni imzolash chog‘ida o‘z qo‘li bilan imzo qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, qo‘llanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |