Mavzu: Bankdagi hisob-kitob valyuta schyotini ochish va ular boyicha operatsiyalar hisobini yuritish


Download 0.52 Mb.
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1614408
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bankdagi hisob-kitob valyuta schyotini ochish va ular boyicha operatsiyalar hisobini yuritish.t

Bank hisobvaraqlari yopilayotganda, bankning vakolatli xodimi yopilayotgan bank hisobvarag‘idan mijozga oxirgi marta ko‘chirma berilgan kundan boshlab ushbu bank hisobvarag‘iga kiritilgan barcha yozuvlarni hujjatlar bo‘yicha sinchiklab tekshirishi, ssuda va bank xizmatlari uchun hisoblangan hamda to‘langan foizlarni inobatga olgan holda chiqarilgan oxirgi qoldiqning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishi va yopilayotgan bank hisobvarag‘iga tegishli yozuvlarni kiritib, imzo chekishi shart.

Bank hisobvarag‘i yopilgandan so‘ng, bank mijozga (mijoz tugatilganda — ta’sischilarga) barcha taqdim qilingan talablardan ozod bo‘lgan pul mablag‘larning qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadi.

Banklarning vakillik hisobvaraqlari bankning vakillik munosabatlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra yoki banklarni tugatish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari asosida yopiladi.

Barcha hujjatlar topshirilgandan so‘ng bank xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolanadi va bank boshqaruvchisining buyrug‘i bilan korxonaga tegishli hisob–kitob schyoti raqami belgilanadi va bankning buxgalteriya apparati tomonidan pul mablag‘lari harakatini hisobga olish uchun shaxsiy schyot ochiladi. Boshqa shahar yoki aholi punktlarida joylashgan xo‘jalik hisobida bo‘lmagan filiallar, magazinlar, ishlab chiqarish birligi va boshqa bo‘linmalarga mahalliy bank muassasasida cheklangan operatsiyalarni aks ettirish uchun joriy schyot ochiladi. Bu cheklanish asosiy hisob–kitob schyotini idora qiluvchi bosh korxona tomonidan belgilanadi. Ochilgan hisob–kitob schyotida bo‘sh pul mablag‘lari va mahsulot (ish va xizmat) lar sotishdan tushgan pul, bankdan olingan uzoq va qisqa muddatli kreditlar hamda boshqa tushumlar saqlanadi. Hisob–kitob schyotidan korxonaning olingan materiallar, asosiy vositalar uchun mol yuboruvchiga to‘lanmalari, budjetdan, ijtimoiy sug‘urtadan bo‘lgan qarzni to‘lash, ish haqi berish uchun kassaga olingan pul va boshqa zaruriyatlar uchun to‘langan pul mablag‘lari aks ettiriladi. Odatda bank tomonidan har qanday pul o‘tkazib berish yoki naqd pul berish korxona yoki hisob–kitob schyotini tasarruf etuvchining buyrug‘i yoki u bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Lekin bank quyidagi hollarda korxona roziligini olmay boshqa tashkilotlarning hujjatlari bo‘yicha uning hisob–kitob schyotidan pulni majburiy o‘tkazib beradi: moliya va soliq organlarining buyrug‘i bo‘yicha to‘lanmagan soliq va yig‘imlar, shuningdek ular bo‘yicha jarima va boqimandalar summasini;


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling